Avvalgi darslarda keltirilgan bir qator misollar inson og‘zaki nutqida ishlatiladigan so‘zlar orqali ifodalangan edi (masalan, choy damlash yoki yig‘indi hisoblash algoritmi). Algoritmning bunday tasvirlash usulida ijrochi uchun ko‘rsatma jumlalar orqali buyruq shaklida beriladi.
1-masala. A=3 va B=5 bo‘lganda Suvchi 1 litr suv o‘lchab olishi uchun algoritm tuzing.
Bu masalaning maqsadga yetkazuvhci algoritmini so‘zlar yordamida tuzish qulay:
Qadamlar
Algoritmdagi ko‘rsatmalar
A idishda
B idishda
1
A ni to‘ldir;
3 litr
0 litr
2
A dan B ga quy;
0 litr
3 litr
3
A ni to‘ldir;
3 litr
3 litr
4
A dan B ga quy.
1 litr
5 litr
Algoritmni formulalar yordamida ifodalanishi.
Bu usul matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi fanlarda ko‘plab foydalaniladi. Yodingizda bo‘lsa so‘zlar yordamida ifodalangan 4-darsdagi 2- misolda algoritmni formula orqali ifodalagan edik. Formuladagi “+”, “”, “·”, “” kabi arifmetik amallarning hisoblash qoidalariga rioya qilgan holda bajarilishi ham
algoritmga misol bo‘ladi. 5-darsda berilgan “ ax2 bx c 0 a 0
ko‘rinishidagi
kvadrat tenglamani yechish” algoritmining quyida keltirilgan formula orqali ifodasi bilan tanishsiz: