Algoritmlash asoslari. Algoritmlarni grafik tasvirlash (blok-sxema)



Yüklə 98,09 Kb.
səhifə1/5
tarix25.09.2023
ölçüsü98,09 Kb.
#148533
  1   2   3   4   5
1-laboratoriya mashg‘ulot. Algoritmlash asoslari. Algoritmlarni

Algoritmlash asoslari. Algoritmlarni grafik tasvirlash (blok-sxema)


Mashg‘ulotning maqsadi. Talabalarga algoritm, algoritm ijrochisi, ijrochini ko‘rsatmalari tizimi haqida tushuncha berish va algoritmning asosiy xossalarini o‘rgatish.

Vazifa:


  1. Algoritmning natijaviylik xossasini misollar asosida tushuntiring.

  2. Natijaviylik xossasi bajarilmaydigan ko‘rsatmalar ketma-ketligiga misol keltiring.

  3. Algoritmning ommaviylik xossasini misollar asosida tushuntiring.

  4. Evklid algoritmi yordamida bir nechta natija oling.

  5. Algoritmni tasvirlash usullari haqida ma’lumot bering.

  6. Algoritmni so‘zlar orqali ifoda etilishiga hayotiy misollar keltiring.

  7. Algoritmni formulalar orqali ifoda etilishiga fizika fanidan misollar keltiring.

  8. Algoritmni jadval ko‘rinishida berilishiga misollar keltiring.

  9. Algoritmni grafik shaklda berilishiga misollar keltiring.

  10. Blok-sxema nima?



Laboratoriya mashg‘ulotning qisqacha mavzu bayoni


Inson hayoti davomida katta-yu kichik vazifalar yoki masalalarni hal etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Odatda, u o‘z maqsadiga erishishi uchun bajarishi lozim bo‘lgan amal yoki ishlarini hayotiy tajribasi yoki o‘zlashtirgan bilimiga asoslanib ma’lum bir tartibga keltiradi. Bunga hilma-xil misollar keltirish mumkin. 1-misol. Eni N metr va bo‘yi M metr bo‘lgan joyni to‘ldirishga 12  25 santimetrli (eni 12 santimetr va bo‘yi 25 santimetr) g‘ishtdan necha dona sotib olinishini topish kerak bo‘lsin. Hisoblayotgan kishi geometriya fanidan olgan
bilimiga asoslanib quyidagi ketma-ketlikdagi amallarni bajaradi:

  1. joyning yuzasi Sjoy santimetr o‘lchov birligida topilsin;

  2. bir dona g‘ishtning yuzasi Sg‘isht santimetr o‘lchov birligida topilsin;

  3. g‘ishtlar soni Sson joyning yuzasini g‘ishtning yuzasiga nisbati deb olinsin.

Bu amallar ketma-ketligini quyidagi matematik formula bilan ifodalash mumkin:

Sson
S joy
Sg 'isht
N 100 M 100 .
12 25

Yuqoridagi misolda keltirilgan amallar ketma-ketligi, boshqacha aytganda, ko‘rsatmalar yoki buyruqlar ketma-ketligi biror kishi tomonidan bajarilgach, ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Hayotimizda har kuni va har soatda uchrab turadigan turli qoidalar ichida biror zaruriy natijaga erishishga olib keladigan amallarni ketma-ket bajarishni talab etadigan qoidalar informatikaning asosiy tushunchalaridan biri algoritm so‘zi bilan ifodalanadi.
Algoritm so‘zi IX asrda yashab (783 - 850) o‘z ilmiy ishlari xazinasi bilan dunyoga tanilgan vatandoshimiz buyuk astronom, matematik va geograf Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. Al- Xorazmiyning arifmetikaga bag‘ishlangan risolasi XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. Bu tarjimaning XIV asrda ko‘chirilgan yagona qo‘lyozma nusxasi Kembrij universitetining kutubxonasida saqlanmoqda. Risola lotin tilida “Dixit Algorithmi”, ya’ni “Dediki Alxorazmiy” iborasi bilan boshlanadi.
Algoritmdagi har bir ko‘rsatma yoki buyruq biror amalni bajarishni ko‘zda tutadi. Algoritmdagi amallarni bajaradigan obyektni ijrochi tushunchasi bilan bog‘laymiz. Har qanday algoritm – bu amallarni belgilovchi qoida bo‘lib, ularning zanjiri natijasida berilgan qiymatlardan izlangan natijaga kelinadi. Bunday amallar zanjiri algoritmik jarayon, har bir amal algoritmning qadami deb ataladi.



Yüklə 98,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin