Algoritmlash asoslari. Algoritmlarni grafik tasvirlash (blok-sxema)


Algoritmni jadval yordamida ifodalanishi



Yüklə 98,09 Kb.
səhifə5/5
tarix25.09.2023
ölçüsü98,09 Kb.
#148533
1   2   3   4   5
1-laboratoriya mashg‘ulot. Algoritmlash asoslari. Algoritmlarni

Algoritmni jadval yordamida ifodalanishi.


Algoritmning bu ko‘rinishda berilishi ham sizga tanish. Masalan, maktabdagi dars jadvali, Pifagorning ko‘paytirish jadvali, lotareya yutuqlar jadvali, Mendeleyev kimyoviy elementlar jadvali. Bunday jadvallardan foydalanish ma’lum bir algoritm qo‘llashni talab etadi.
Biror funksiyaning grafigini chizish uchun ham funksiyaning argument qiymatlariga mos qiymatlar jadvalini hosil qilamiz. Bu ham algoritmning jadval













ko‘rinishiga misol bo‘ladi. Masalan, y=x2 algoritm asosida harakat qilayotgan ijrochi o‘tadigan nuqtalarni ba’zilari ko‘rsatilgan quyidagi jadval bilan matematikadan tanishsiz:

x

-3

-2

-1

0

1

2

3

y

9

4

1

0

1

4

9



  1. Algoritmni grafik shaklda ifodalanishi.


Algoritmning bu ko‘rinishdagi ifodasi bilan matematikadagi funksiyaning grafigi, kerakli uyni oson topish uchun dahalarda o‘rnatilgan uylarning joylashish sxemasi, avtobuslarning yo‘nalish sxemasi orqali sizga tanish.
Algoritmlash asoslarini o‘rganishning yana bir qulay grafik shakli blok-sxema usulidir. Blok-sxemalar yo‘nalish chiziqlari orqali tutashtirilgan ma’lum buyruq yoki ko‘rsatmani aks ettiruvchi maxsus geometrik shakllar – bloklardan tashkil topadi:






algoritmning boshlanishini va
tugallanganligini bildiradi





ma’lumotlarni kiritishni bildiradi





ma’lumotlarni chiqarishni bildiradi







oddiy harakatni, ya’ni qiymat berish
yoki tegishli ko‘rsatmalar berishni bildiradi

ha yo‘q

shart tekshirilishini bildiradi





takrorlanish boshlanishini bildiradi




yordamchi algoritmga murojaatni bildiradi





sxemadagi harakat yo‘nalishini




bildiradi

:=

qiymat berish ko‘rsatmasi



  1. Algoritmni dastur shaklida ifodalanishi.


Ma’lumki, kompyuter dasturlar asosida ishlaydi va boshqariladi. Siz hozirgacha MS Word, Paint va MS Excel kabi amaliy dasturlar bilan ishladingiz. Shuni ta’kidlash joizki, har bir amaliy dastur ham juda katta va murakkab algoritmning bir ko‘rinishidir. Demak, bu kabi algoritmlar bajarilishi uchun algoritm ijrochisiga, ya’ni kompyuterga tushunarli bo‘lishi lozim.
Odatda, algoritmning kompyuter tushunadigan tilda yozilishi dastur deb ataladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi. Jahonda minglab dasturlash tillari mavjud va yana rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda BASIC, Pascal, VBA, Delphi, C, C++ dasturlash tillari keng tarqalgan va o‘rganish uchun qulay.


Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar


    1. Algoritm deganda nimani tushunasiz?

    2. Algoritmga OTM hayotidan misollar keltiring.

    3. Kompyuterni ishga tushirish algoritmini tuzing.

    4. Algoritm ijrochisi haqida nimalarni bilasiz?

    5. Qanday ko‘rsatmalarni ijrochi bajara olmaydi?

    6. Algoritmning qanday asosiy xossalari bor?

    7. Tushunarlilik xossasi bajariladigan va bajarilmaydigan ko‘rsatmaga misol keltiring.

    8. Ko‘rsatmalar ijrochiga tushunarli bo‘lishi uchun qanday sistemadan olinishi kerak?

    9. Ijrochi algoritmni mexanik ravishda bajarishi uchun qanday xossa ahamiyatli?

    10. Algoritmning diskretlilik xossasini misollar asosida tushuntiring.






Yüklə 98,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin