Algoritmlash asoslari. Algoritmlarni grafik tasvirlash (blok-sxema)


Algoritm deganda biror maqsadga erishishga qaratilgan, ijrochi



Yüklə 98,09 Kb.
səhifə2/5
tarix25.09.2023
ölçüsü98,09 Kb.
#148533
1   2   3   4   5
1-laboratoriya mashg‘ulot. Algoritmlash asoslari. Algoritmlarni

Algoritm deganda biror maqsadga erishishga qaratilgan, ijrochi bajarishi uchun mo‘ljallangan buyruqlarning ketma-ketligi tushuniladi.

Demak, yuqorida keltirilgan misollardagi buyruqlar (yoki ko‘rsatmalar) ketma- ketligi algoritm va bu algoritmlarni bajarayotgan inson – ijrochi bo‘lar ekan. Birinchi misoldagi ko‘rsatmalar “Choy damlash algoritmi” deb ataladi. Bundan shunday hulosaga kelamiz: inson hayotida ko‘zlagan maqsadiga erishishi uchun ijrochi sifatida ko‘plab algoritmlarni bajaradi. Ko‘pgina algoritmlar inson uchun odat bo‘lib qoladi. Masalan, taom tayyorlash, ovqatlanish, tartibli kiyinish, honadan chiqish, yozish, bir joydan ikkinchi joyga borish va hokazo.


Odatda algoritmlardagi ko‘rsatmalar ijrochiga tushunarli bo‘lishi uchun sodda amallardan iborat bo‘ladi. Ikkinchi misoldagi algoritmning birinchi ko‘rsatmasini quyidagi uch ko‘rsatmaga ajratish mumkin:
1a) joy eni N metr santimetr o‘lchov birligiga o‘tkazilsin; 1b) joy bo‘yi M metr santimetr o‘lchov birligiga o‘tkazilsin; 1d) joyning yuzasi Sjoy topilsin.
Algoritm ijrochisi faqat insonmi, degan savol berishingiz tabiiy. Bu savolga javob quyidagicha:


Algoritm ijrochisi – algoritmda ko‘rsatilgan buyruq yoki ko‘rsatmalarni bajara oladigan abstrakt yoki real (texnik yoki biologik) sistema.

Ijrochi bajara olishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatma yoki buyruqlar to‘plami ijrochinining ko‘rsatmalar sistemasi (qisqacha, IKS) deyiladi. Masalan, “16 sonidan kvadrat ildiz chiqarilsin” ko‘rsatmasi 2-sinf o‘quvchisining ko‘rsatmalar sistemasiga tegishli bo‘lmaydi, lekin 8-sinf o‘quvchisining ko‘rsatmalar sistemasiga tegishli bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, informatikada algoritmning asosiy ijrochisi bo‘lib kompyuter xizmat qiladi.


Endi algoritmning asosiy xossalari bilan kengroq tanishtiramiz:

  1. Tushunarlilik. Algoritm ijrochiga tushunarli bo‘lishi uchun ijrochining imkoniyatlarini bilish lozim. Agar ijrochi inson bo‘lsa, u holda algoritm insonning imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak. Bunda ko‘zlangan maqsad va algoritmdan kelib chiqib inson tushunadigan til, insonning bilimi, hayotiy tajribasi, kasbiy malakasi, yoshi, qolaversa, jismoniy imkoniyatlari hisobga olinishi zarur. Agar ijrochi texnik vosita (masalan, kompyuter, elektron soat, dastgohlar) bo‘lsa, u holda algoritm shu texnik vositaning imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak.

Demak, berilayotgan har qanday ko‘rsatma ijrochinining ko‘rsatmalar sistemasidan olinishi, ya’ni ijrochi uni qanday bajarishni bilishi kerak ekan.

  1. Aniqlik. Algoritmdagi barcha amallar, ko‘rsatmalar yoki buyruqlar bir ma’noli va aniq bo‘lishi kerak. Masalan, “ozgina tuz solinsin” ( bir osh qoshiqmi yoki bir choy qoshiqmi yoki bir piyolami?), “keragicha suv quyilsin” (kerak deganda qancha suv nazarda tutildi: 1 litrmi, 100 litrmi, 1 tonnami?), “insho yozib kelinsin” (qaysi mavzuga oid?) kabi ko‘rsatmalar har xil (ko‘pincha keraksiz) natijalarga olib keladi.


  2. Yüklə 98,09 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin