Algoritmning bu ko‘rinishda berilishi ham sizga tanish. Masalan, maktabdagi dars jadvali, Pifagorning ko‘paytirish jadvali, lotareya yutuqlar jadvali, Mendeleyev kimyoviy elementlar jadvali. Bunday jadvallardan foydalanish ma’lum bir algoritm qo‘llashni talab etadi.
Biror funksiyaning grafigini chizish uchun ham funksiyaning argument qiymatlariga mos qiymatlar jadvalini hosil qilamiz. Bu ham algoritmning jadval
ko‘rinishiga misol bo‘ladi. Masalan, y=x2 algoritm asosida harakat qilayotgan ijrochi o‘tadigan nuqtalarni ba’zilari ko‘rsatilgan quyidagi jadval bilan matematikadan tanishsiz:
x
-3
-2
-1
0
1
2
3
y
9
4
1
0
1
4
9
Algoritmni grafik shaklda ifodalanishi.
Algoritmning bu ko‘rinishdagi ifodasi bilan matematikadagi funksiyaning grafigi, kerakli uyni oson topish uchun dahalarda o‘rnatilgan uylarning joylashish sxemasi, avtobuslarning yo‘nalish sxemasi orqali sizga tanish.
Algoritmlash asoslarini o‘rganishning yana bir qulay grafik shakli blok-sxema usulidir. Blok-sxemalar yo‘nalish chiziqlari orqali tutashtirilgan ma’lum buyruq yoki ko‘rsatmani aks ettiruvchi maxsus geometrik shakllar – bloklardan tashkil topadi:
Ma’lumki, kompyuter dasturlar asosida ishlaydi va boshqariladi. Siz hozirgacha MS Word, Paint va MS Excel kabi amaliy dasturlar bilan ishladingiz. Shuni ta’kidlash joizki, har bir amaliy dastur ham juda katta va murakkab algoritmning bir ko‘rinishidir. Demak, bu kabi algoritmlar bajarilishi uchun algoritm ijrochisiga, ya’ni kompyuterga tushunarli bo‘lishi lozim.
Odatda, algoritmning kompyuter tushunadigan tilda yozilishi dastur deb ataladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi. Jahonda minglab dasturlash tillari mavjud va yana rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda BASIC, Pascal, VBA, Delphi, C, C++ dasturlash tillari keng tarqalgan va o‘rganish uchun qulay.