Alifbe bayrami senariysi



Yüklə 38,2 Kb.
səhifə1/3
tarix10.01.2023
ölçüsü38,2 Kb.
#78872
  1   2   3
toza ssenariy


ALIFBE BAYRAMI SENARIYSI


Zal bayramona bazatilgan (kuy yangraydi)
1 – boshlavchi: So’zimiz boshi salom
Ish boshidir intizom
Mehmonlarga chin dildan
Deymiz salom assalom.
2 – boshlavchi: Assalom otajonlar
Assalom onajonlar
Salomini yo’llaydi
Sizlarga bolajonlar.
1-boshlovchi:Alifbe bayramimizni ochib berish uchun so’z navbatini maktabimiz direktori Jabborov O’ktam ustozga beramiz:
1-boshlovchi:Rahmat ustoz
2 – boshlavchi: Bugun bizning maktabda
Juda katta tantana
Bilimini namoyish
Qiladi har bir bola
Sahnada chiroyli kiyingan o’quvchilar chiqib kelishadi.Kuy sadosi ostida.
1-Qo’shiq:
1 – boshlavchi: - Salom bolalar!
Bolalar: - Assalomu alaykum!
Xush kelibsiz mehmonlar!
2 – boshlavchi: Ona yerda muhabbat
Yosh avlodning dilida
Madhiyamiz yangraydi
Bolalarning tilida
2-Qo’shiq:Madhiya
(Bolalar ho’r bo’lib madhiya aytadilar)
Aziz bolajonlar, bugungi bayramimizga uzoq o‘rmonlardan mehmon tashrif buyurgan. Bu mehmon kim qani topinglarchi?
O’quvchilar:Qorbobo
2-boshlovchi:Kelinglar, birgalashib chaqiramiz: “Qorbobo! Qorbobo! Qorbobo!”
1-boshlovchi: Qorbobojon, davramizga xush kelibsiz! Endiki tabriklash uchun so‘z navbati sizga, marhamat.
Qorbobo: Salom, aziz bolajonlar! Men sizlarni savodxonlik bayramingiz bilan tabriklash uchun keldim. Siz aqlli, dono o‘quvchilarga o‘xshaysiz. Bolajonlar, chiroyli raqslar, qo‘shiq, she’rlar bilan meni xursand qilinglar.
O’quvchilar chiqib she’r aytishadi
Nargiza:Harflarni tanidim
Yetib oldim siriga
So’zlar tuzsa bo’larkan
Birin qo’shib biriga
Yusufboy:Qancha unli,undosh bor
Hammasini bilaman
To’plab bilim zehnimni
Sizni xursand qilaman.
Yulduz:Alifboni tugatdim
Endi o’qiy olaman
So’zlarni qo’shib birga
Jumla to’qiy olaman.

Yüklə 38,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin