|
Suhrob:A’lo o’qish vazifam,
Tolmayman o’rganishdan
Olimlar ham ilmni
Boshlagan Alifbedan.
Shirinoy
|
səhifə | 2/3 | tarix | 10.01.2023 | ölçüsü | 38,2 Kb. | | #78872 |
| toza ssenariy
Suhrob:A’lo o’qish vazifam,
Tolmayman o’rganishdan
Olimlar ham ilmni
Boshlagan Alifbedan.
Shirinoy:Rahmat aziz ustozim
Mehringiz dilimizda
Yoshlikda olgan bilim
Nur sochar yo’limizda.
3-Qo’shiq:Inglizcha qo’shiq”
Asaloy,Bibixonim,Nargiza,Yulduz,Bahriya,Gulhayo
Munisbek,Hamrobek,Rajabboy,Javohir
Yana 4ta o’quvchi chiqib she’r aytadi
Muhammadsharif:O’stirdingiz onajon
Oq yuvib oppoq tarab
Sho’x bulbulday sayrayman
Zavq bilan yayrab-yayrab
Asaloy:Ichga sig’mas quvonchim
Maktabim bag’rin ochdi
Alifbejon kitobim
Oftob kabi nur sochdi.
Xudoybergan:Murg’ak qalbim angladi
Bitmas ustoz she’rini
Yuragimga joyladim
Vatan,ona mehrini.
Bibixonim:Alifboni yod oldim
Harflar tilsim go’yo
Ona ,bola, vatan, non,
Mazmuni ungsiz dunyo
2-boshlovchi:Ma’noli shirin so’zi
Oftobday nurli yuzi
Bilmaysizmi bolalar
Qani alifbe o’zi?
Endi davramizga Alifbeni chorlaymiz
Hamma:Alifbejon kel tezroq
Do’stlaring senga mushtoq.
Alifbe: Assalom bolajonlar
Aqli soz bilag‘onlar
Bugun shodlik muborak
Savodxonlik muborak.
Bibixonim:Chindan qadrdon bo’lding
Sen Alifbe kitobim
Ko’zga go’yo nur bo’lding
Charaqlagan oftobim.
Alifbe:Siz mendan nimalarni o’rgandingiz?
Bahriya:Eng avvalo assalomni
Tildan chiqqan kalomni
Joyni bilin so’zlashni
Yaxshilikni ko’zlashni
Suhrob:Dunyoning yorug’ligi
Ulug’bekni oftobni
Vatanning qutlug’ligi
Aziz ekan kitobni
Alifbe kitobi:Balli ey dili poklar
Fanga bilimga chaqqqonlar
Minnatdorman sizlardan
Baxtli o’g’il qizlardan.
4-Qo’shiq : “ Yulduzlarmiz yulduzlar”
5-qo’shiq O’rgatadi,o’rgatadi qo’shig’i
1.Nargiza 4.Ruxshon
2.Yaqitjon 5.Bibixonim
3.Asaloy 6.Yulduz.
Dostları ilə paylaş: |
|
|