Alishe r navoiy nom idagi sam arqand davlat uni versiteti


III BOB. Ilg`or pedagogik texnologiyalar vositasida ta`lim



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/31
tarix20.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#187227
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Kitob 6781 uzsmart.uz

III BOB. Ilg`or pedagogik texnologiyalar vositasida ta`lim 
samaradorligini ta`minlash yuzasidan amaliy tajribalar mohiyati. 
3.1. Musiqa ta`limida ilg`or texnologiyalarni qo`llash tizimi 
va uning samaradorligi. 
Biz mazkur ilmiy tadqiqotimizni olib borish jarayonida ta`limni 
texnologik yondashuvlar asosida tashkil etishga oid ilmiy – pedagogik 
adabiyotlarni o`rganish davomida va ushbu muammo yuzasidan amaliy tajriba 
sinov ishlarini olib boorish paytida asosiy e`tibor tadqiq etilayotgan 
muammoning amaliy jihatlariga qaratilishi lozimligini aniqladik va biz ham 
shunday yo`l tutishimiz to`g`ri bo`lishiga ishonch hosil qildik. 
Ta`lim berish davridagi amaliy pedagogik faoliyat ta`lim beruvchi 
(O`qituvchi - pedagog) hamda ta`lim oluvchi (o`quvchi) o`rtasida ro`y beruvchi 
va o`zida didaktik xususiyatlarni namoyon etuvchi amaliy faoliyat mazmunini 
yorituvchi jarayondir. Nazariy – pedagogik g`oyalar, har qanday ta`limga tadbiq 
etilayotgan ish shakl, usul, vositalar, bevosita amaliyotda ta`lim va tarbiyaviy 
jarayon mohiyatini o`rganish, tahlil etish, uumumlashtirish asosida qaror topadi. 
Shuning uchun ham pedagogik va ilmiy izlanish jarayonida tajriba – sinov 
ishlarini tashkil etish shu jarayonning o`zagi sifatida namoyon bo`ladi.
Tadqiqiy izlanish natijalarini aniqlash maqsadida tashkil etiladigan 
tajriba – sinov ishlari ma`lum va aniq maqsadga yo`naltirilgan reja va dasturga 
asoslanishi ishlarni tizimli va aniq bo`lishini ta`minlaydi. Shunga ko`ra biz ham 
musiqa darslariga ilg’or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishning ta’lim sifati 
va samaradorligini oshirishini isbotlash bo’yicha tajriba-sinov ishlarini olib 
borishda ta’kidlab o’tilgan fikrlarga tayangan holda eng avvalo tajriba-sinov 
ishlarini olib borish bo’yicha o’z dasturimizni ishlab chiqdik. Unda musiqa 
darslarini olib borish jarayonida ta’lim texnologiyalarini qo’llash o’quvchilarni 
musiqiy-nazariy 
bilish, 
qiziqish 
qobilyatlarini, 
musiqa 
madaniyatini 
shakllanishiga samarali ta’sirini kuzatish imkonini beruvchi muayyan 
bosqichlari, ularni o’ziga xos xususiyatlari (har bir bosqichda amalga 


63
oshiriladigan vazifalar), shuningdek ularning obyektiv shart-sharoitlari, statistik 
tahlilning o’tkazilishi shartlari, baholash mezonlari kabilar e’tiborda tutildi.
Pedagogik faoliyatni texnologik yondashuv asosida tashkil etishning 
samaradorligi birinchi navbatda o’qituvchining ushbu yo’nalishdagi tayyorgarlik 
mahoratiga bog’liq. Bu mashg’ulotlarni mavzusi, mazmuni sinf,guruhning 
imkoniyati, mavjud shart-sharoitlarini aniq va to’g’ri baholagan holda, o’zining 
pedagogik texnologiyalarni qo’llashdagi imkoniyatlarini tanqidiy baholashiga 
bog’liqdir. 
Shunga ko’ra ta’kidlovchi kuzatish ishlari Jizzax va Samarqand 
shahridagi 
umumta’lim 
maktablarida 
2011-2012 
yilllarda 
o’tkazildi. 
Avvalambor umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi musiqa ta’limining pedagogik 
va metodik jihatdan to’g’ri yo’lga qo`yilganligi, o’qituvchining pedagogik 
texnologiyalarini qo’llash bo’yicha tajribasi, bu faoliyatga munosabatini 
aniqlashga to’g’ri keldi. Kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, aksariyat musiqa
o’qituvchilarining musiqa o’qitish metodikasi bo’yicha, shunga muvofiq tarzda 
pedogogik texnologiyalarni qo’llash bo’yicha bilim, malakaviy tayyorgarlik 
darajalari ancha past.
Bu ko’rsatkichlarni o’quvchilarning pedagogik texnologiyalar, musiqali 
o’yinlar, ritmik-raqs harakatlarini darsda qo’llashga munosabatlari bilimi 
haqidagi so’rovlarimiz natijalari bilan taqqoslaganimizda bu xolatda vaziyat biz 
kutganchalik emasligi ma’lum bo’ldi. Olingan natijalar tahlilidan ma’lum 
bo’ldiki musiqa o’qituvchilarini birinchi galda pedagogik faoliyatga texnologik 
tayyorlash zarur yoki ularni ushbu yo’nalishda malaka oshirishlarini ta’minlash, 
qisqa kurslarda o’qishlariga imkon yaratish lozim.
Shundan so’ng texnologiyalashtirilgan ta’limni an’anaviy uslubdagi
mashg’ulotlarga nisbatan afzallik jihatlarini aniqlash bo`yicha o`zimiz ishlab 
chiqqan dastur asosida tajriba – sinov ishlarini shakllantiruvchi bosqichidagi 
vazifalarni amalga oshirishga kirishdik.


64
Shunga ko`ra Samarqand va Jizzax shahridagi ikkitadan umumta`lim 
maktabining bir xil (4 - sinflar) sinflaridan ikkitadan (biri tajriba sinfi, biri 
nazorat sinfi) jami 4 ta sinf tanlab olindi.
Tadqiqot muammosi doirasida tashkil etilgan amaliy tajriba – sinov ishlari 
jarayonida o`quv 
mashg`ulotlarini 
ilg`or pedagogik texnologiyalardan 
foydalangan 
holda 
tashkil 
etish 
(tajriba 
sinflarida), 
qo`llanilayotgan 
texnologiyalarni o`quv mashg`ulotlari, mavzulari, mashg`ulot vaqti, sinf 
o`quvchilarining qiziqish va qobilyatlari, mavjud shart – sharoitlarni hisobga 
olgan holda uyushtirishga asosiy e`tiborni qaratdik.
O`quv mashg`ulotlarining mazmuni, mohiyati va musiqiy faoliyatlarning 
o`ziga xoslik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularga mos texnologiya va 
pedagogik metodlardan o`z o`rnida foydalanildi. Interfaol metodlardan “Aqliy 
hujum”, “Klaster” (tarmoqlash), “Blits so`rov”, “Piramida”, “Bumerang”, 
“Skarabey”, “Bahs - munozara”, “Doira stol atrofida”, “O`yla, izla, top”, “Kuyni 
top”, “Men dirijyor”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Konsert dars”, “Viktorina 
darslari”, amaliy metodlardan “Savol - javob”, “suhbat”, “hikoya”, 
“tushuntirish”, “uqtirish” va ko`rgazmali, texnik vositalar yordamida namoyish 
qilish, ko`rsatish kabi uslublarga keng o`rin berildi.
Bahs – munozara, savol – javob, erkin muloqotga asoslangan, 
o`quvchilarni darsda faol ishtirok etishga, erkin fikrlashga, turli xil harakatlarni 
bajarishga, o`z munosabatini bildirishi, bahslashishga undovchi tadbirlar 
samarali va qiziqarli kechishi kuzatildi.
Tajriba – sinov ishlari jarayonida darslarni interfaol va o`z o`rnida amaliy 
(an`anaviy) metodlardan foydalanish darslarni samarali kechishiga olib kelishida 
obyektiv 
va 
subyektiv 
omillarni 
e`tiborga 
olinishi 
bu 
boradagi 
izlanishlarimizning eng muhim jihatlaridan ekanligi ma`lum bo`ldi. Bu:
1.
Musiqa darslari jarayonida 4 – sinf (tajriba sinflari) o`quvchilarida 
musiqiy – nazariy bilim va malakalarni rivojlanganligi, musiqiy 
madaniyatini shakllantirishning dastur talablari darajasida amalgam 


65
oshirishga qaratilgan faoliyatning asosiy muhim sabablaridan deb 
e`tirof etilganligi;
2.
O`quvchilarning musiqiy bilim, tushunchalari, amaliy ijrochilik 
malakalarini egallashga bo`lgan qiziqishlarini muayyan darajadagi 
o`zgarishlarning kuzatilganligi;
3.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida darslarni ilg`or pedagogik 
texnologiyalarga tayangan holda tashkil etuvchi mutaxasis – 
pedagoglarning ushbu faoliyatga yetarli darajada tayyor ekanligi;
4.
O`quvchilarning ta`lim jarayonidagi faolliklari va ushbu faollikni 
yuzaga keltiruvchi texnologik yondashuvlar hamda o`quvchilarning o`z 
ustida ishlash, mustaqil fikrlashiga imkoniyat yaratilganligi;
5.
O`qituvchilarning darsda o`rganilishi lozim bo`lgan mavzular 
mazmuniga tarbiyaviy maqsadlarni singdirib borish mahorati; 
6.
Musiqa mashg`ulotlari jarayonida o`quvchilarni musiqiy bilim, 
tushuncha, ko`nikma va malakalarini shakllantirish yuzasidan 
qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalarni tizimli, uzluksiz hamda 
izchil amalga oshirish. 
Tajriba – sinov davrida o`quvchilarni darslarga munosabati, mavzularni 
o`zlashtirishga intilishlari, o`qituvchiga berayotgan savollari, o`z ustida 
ishlashlari, berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarishlari har bir sinfda bir xil 
bo`lmasa –da ma`lum darajada yaqin ko`rinishga olib keldi. Shu o`rinda bir 
sinfdagi sifat o`zgarishlari ayrim muddatda tez rivojlansa, ayrim muddatda 
sekinroq kechishi ham kuzatildi.
Bunda o`quvchilarni mavzu bo`yicha bilim, tushunchalarni, asarlarni 
tinglash, tahlil qilish, o`rganish, kuylash, o`z tushuncha va amaliy ijrolarini 
namoyon eta olishlariga e`tiborni kuchaytirish zarur. Bu ayniqsa, o`quvchilarni 
maqsadni anglashga, shu maqsadni ta`lim jarayonida nechog`li amalga 
oshganligini, ya`ni: mavzu doirasidagi bilimlarni nechog`li o`zlashtirilganligini 
anglash, o`zi va o`zgalar faoliyatiga baho bera olishga o`rgatish muhim ahamiyat 
kasb etadi. 


66
Musiqa darslari jarayonida ta`limni texnologik tashkil etish ta`limni 
zamonaviy talablar asosida, amaliy tarzda, o`qituvchi va oquvchilarning o`zaro 
muloqoti tarzida tashkil etishini talab etadi. Faqat shundagina dars samaradorligi 
ta`minlanadi. 
Umumiy orta ta`lim maktablaridagi ta`limtizimining mazmuni, hozirgi 
darajasi ta`limtexnologiyalaridan talab darajasida foydalanish, ya`ni t a`lim – 
tarbiya jarayonini texnologik asosda tashkil etishga tayyorlashda yetarli 
imkoniyatlarga ega emas. Umumuta`lim maktablaridagi ta`lim – tarbiya 
jarayonini texnologik asosda tashkil rtishda oliy o`quv yurtlari bilan mustahkam 
va izchil aloqani yo`lga qo`yish zarur.
Buning 
uchun 
musiqa 
o`qituvchilarini 
va 
bo`lg`usi 
musiqa 
o`qituvchilarini maktab faoliyatiga tayyorlashni qanday yo`nalishda amalgam 
oshirishni belgilash uchun rivojlangan mamlakatlar ta`lim tizimida to`plangan 
tajribalarga xos unumli va texnologik yondashuv asosida ishlashning ancha 
taraqqiy etgan shakllari haqida ma`lumotga ega bo`lishi lozim. Shundagina 
darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishning samarali yo`llarini 
aniqlash mumkin. Bizning fikrimizcha yangicha texnologik yondashuv asosidagi 
pedagogik mahoratni egallshda quyidagilarga e`tibor qaratish lozim:
1.
Texnologik 
yondashuv 
asaosida 
faoliyat 
ko`rsatayotgan 
o`qituvchilar 
kontengentining 
yangicha 
va 
samarali 
ishlash 
tajribalarini o`rganish, keng ommalashtirish; 
2.
Pedagog – o`qituvchilarning texnologik faoliyatga tayyorgarligi va 
faolligini oshirish va aksincha, unga to`sqinlik qilayotgan sabablarni 
aniqlash, texnologik yondashuv asosida ishlashning yanada samarador 
yo`llarini va bizning mahalliy mintaqamizga mos yo`llarini izlash;
3.
Tajribali o`qituvchilarning texnologik yondashuv asosida ishlash 
amaliyotining o`ziga xosligi, tashkiliy – tuzilish xususiyatlari, farqli 
jihatlarini o`rganish. Buni bilish o`qituvchining texnologik yondashuv 
faoliyatiningmotivli asosini “tasvirlab” berishga kasbiga qiziqishning 
va darslarni qiziqarli va to`g`ri tashkil etishga yordam beradi.


67
Tadqiqot muammosi doirasidagi tajriba – sinov ishlarimiz uch bosqichda 
amalga oshirildi:
1.
Tayyorgarlik (tashkiliy) bosqich; 
2.
Ishlab chiqilgan metodikani amalga oshirish (amaliy) bosqichi; 
3.
Natijalarni umumlashtirish va tahlil qilish (yakunlovchi) bosqich. 
Ishlab chiqilgan dastur asosida musiqa darslarini interfaol metodlarni qo`llash 
orqali tashkil etish va o`quvchilarning musiqiy – nazariy bilimlarini, musiqiy 
madaniyatini shakllanganlik darajasidagi o`zgarishlarni aniqlashga kirishdik. 
Buning uchun tajriba boshida o`quvchilarni musiqiy – nazaroy bilimlari, 
musiqani idrok etish unga tavsif berish, baholash, tahlil qilish, ijro etish 
ko`nikma va malakalarini aniqlab olish lozim tiopildi. Mazkur ko`nikma malaka 
va amaliy ijrochilik bo`yicha o`quvchilarning musiqiy madaniyatini belgilovchi 
mezonlar ishlab chiqildi va dastlab, tanlab olingan tajriba va sinov guruhlarida 
(sinflarda) test sinovlari, amaliy so`rov va o`quvchilarni ijrochilik (kuylash) 
malakalarini aniqlovchi o`ziga xos “sinov”lar o`tkazildi.


68

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin