4
Kirish
Mavzuning dolzarbligi:
Mamlakatimizda barcha sohalar qatori ta`lim
tizimida ham keng qamrovli
yangilanishlar va ijobiy o`zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bunga “Ta`lim
to`g`risida” gi qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ham huquqiy, ham
tashkiliy pedagogik asos bo`lib xizmat qilmoqda.
Ta`lim mazmunini yangilash, takomillashtirish va sifat ko`rsatkichlarini
oshirish barobarida o`qituvchi – murabbiylarning malakasini oshirish, ularning ilm
– fan taraqqiyoti bilan hamqadam borishini, ayniqsa barcha sohalarga keng kirib
kelgan va qo`llanilayotgan
axborot texnologiyalari, interfaol usullardan unumli
foydalana oladigan, kompyuter bilan erkin muloqot qila oladigan va o`z
faoliyatida, dars samaradorligini ta`minlashga tadbiq eta oladigan darajada
tayyorlash (qayta tayyorlash) bugungi kunning muhim vazifalaridandir.
O`qitish jarayonining samaradorligini oshirishda ta`limga interfaol
usullarni, innovatsion pedagogik texnologiyalarni kiritish
va ulardan mohirona
foydalanish muhim o`rin tutadi. Zero, an`anaviy ta`limda o`quvchilar faqat tayyor
bilimlarni egallashga o`rgatilgan bo`lsalar, rivojlantiruvchi ta`lim mezonlariga
muvofiq bilimlarni o`quvchilarning o`zlari o`rganishi, tahlil qila olishi, xulosalarni
ham o`zlari keltirib chiqarishiga yo`naltirilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday ekan pedagogika oliy o`quv yurtlarida tashkil etilayotgan ta`lim tizimi
bo`lajak o`qituvchilarni o`z faoliyatlarida interfaol uslublardan, ilg`or
pedagogik
texnologiyalardan foydalana oladigan, ularni amaliyotga ijodiy va erkin qo`llay
olish malakalarini shakllantirishga ham e`tibor qaratish lozim.
Hozirgi kunda ta`limning barcha bo`g`inlarida fanlarning o`qitilishi,
mashg`ulotlarni ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanib tashkil etish
bo`yicha ko`plab o`quv – uslubiy qo`llanmalar, tavsiyanomalar, ko`rsatmalar va
pedagogik texnologiyalarni qo`llashning mazmun va mohiyati yoritilgan
5
adabiyotlar ko`plab yaratilmoqda. Bu borada ayniqsa fanlar bo`yicha
“Uzviylashtirilgan Davlat Ta`lim Standarti va o`quv dasturlari” ning yaratilishi
e`tiborga molik ish bo`ldi. Ta`limga pedagogik texnologiyalarni
joriy etish
yuzasidan nashr qilingan muhim adabiyotlar va ilmiy – uslubiy ishlar jumlasiga
Yo`ldoshev Sh, Usmonov S, R. Ishmuhammedov, A. Abduqodirov, A.
Pardayev,
O`. Tolipov, Tojiyevlarning ishlarini ko`rsatib o`tish mumkin. Ta`lim jarayoniga
pedagogik texnologiyalarni joriy etish bilan ta`lim samaradorligini oshirish
bo`yicha
bajarilgan
ilmiy
–
tadqiqot
ishlariga
M.
Yunusova,
O.
Do`stmuhammedova, G. Iskandarovalarning ilmiy izlanishlarini misol keltirish
mumkin. Ushbu ishlar mazmunida ta`lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni
joriy etish, shuningdek
ona tili va adabiyoti, botanika, matematika, fizika,
geografiya, rus tili va adabiyoti fanlarini pedagogik texnologiyalar yordamida
tashkil etish masalalari,
uning pedagogik, metodik, tashkiliy jihatlari ilmiy tadqiq
qilingan.
Musaiqa ta`limi sohasida esa M. Abramova, D. Soliyevalar tomonidan
nashr qilingan umumta`lim maktablari 2 – sinfi uchun darslarni pedagogik
texnologiyalar asosida tashkil etish bo`yicha chiqarilgan o`quv –
metodik
qo`llanmadan bo`lak alohida ilmiy – uslubiy, va tadqiqot ishlari qilinmagan. Bu
qo`llanma ham tavsiyanoma xarakterida bo`lib, dars jarayonida qo`llash mumkin
bo`lgan ayrim texnologiyalarga tavsif berish bilan cheklangan.
Musiqa pedagogikasi va metodikasiga oid keyingi yillarda qilingan ilmiy –
tadqiqot ishlarini ko`zdan kechirish va tahlil qilish shuni ko`rsatdiki, musiqa
darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish muammosi maxsus
ilmiy tadqiqot mavzusi sifatida o`rganilmagan. Bu esa bizning magistrlik
dissertatsiyamiz mavzusini “Musiqa madaniyati darslari samaradorligini oshirishda
interfaol uslublardan foydalanish” nomlanishida tanlashimizga sabab bo`ldi.
Tanlangan mavzu muammosini aynan musiqa ta`limi bo`yicha maxsus tadqiq
qilinmaganligi uning dolzarblik kasb etishini belgilaydi.