Alishe r navoiy nom idagi sam arqand davlat uni versiteti


Musiqiy ta`limda ilg`or pedagogik texnologiyalarni qo`llash tizimi va  uning samaradorligi. 3.2



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/31
tarix20.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#187227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Kitob 6781 uzsmart.uz

3.1.
Musiqiy ta`limda ilg`or pedagogik texnologiyalarni qo`llash tizimi va 
uning samaradorligi.
3.2.
Tajriba – sinov ishlari natijalari tahlili.
Umumiy xulosalar.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Ilovalar.


4
Kirish
 
Mavzuning dolzarbligi:
Mamlakatimizda barcha sohalar qatori ta`lim tizimida ham keng qamrovli 
yangilanishlar va ijobiy o`zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bunga “Ta`lim 
to`g`risida” gi qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ham huquqiy, ham 
tashkiliy pedagogik asos bo`lib xizmat qilmoqda.
Ta`lim mazmunini yangilash, takomillashtirish va sifat ko`rsatkichlarini 
oshirish barobarida o`qituvchi – murabbiylarning malakasini oshirish, ularning ilm 
– fan taraqqiyoti bilan hamqadam borishini, ayniqsa barcha sohalarga keng kirib 
kelgan va qo`llanilayotgan axborot texnologiyalari, interfaol usullardan unumli 
foydalana oladigan, kompyuter bilan erkin muloqot qila oladigan va o`z 
faoliyatida, dars samaradorligini ta`minlashga tadbiq eta oladigan darajada 
tayyorlash (qayta tayyorlash) bugungi kunning muhim vazifalaridandir.
O`qitish jarayonining samaradorligini oshirishda ta`limga interfaol 
usullarni, innovatsion pedagogik texnologiyalarni kiritish va ulardan mohirona 
foydalanish muhim o`rin tutadi. Zero, an`anaviy ta`limda o`quvchilar faqat tayyor 
bilimlarni egallashga o`rgatilgan bo`lsalar, rivojlantiruvchi ta`lim mezonlariga 
muvofiq bilimlarni o`quvchilarning o`zlari o`rganishi, tahlil qila olishi, xulosalarni 
ham o`zlari keltirib chiqarishiga yo`naltirilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shunday ekan pedagogika oliy o`quv yurtlarida tashkil etilayotgan ta`lim tizimi 
bo`lajak o`qituvchilarni o`z faoliyatlarida interfaol uslublardan, ilg`or pedagogik 
texnologiyalardan foydalana oladigan, ularni amaliyotga ijodiy va erkin qo`llay 
olish malakalarini shakllantirishga ham e`tibor qaratish lozim.
Hozirgi kunda ta`limning barcha bo`g`inlarida fanlarning o`qitilishi, 
mashg`ulotlarni ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanib tashkil etish 
bo`yicha ko`plab o`quv – uslubiy qo`llanmalar, tavsiyanomalar, ko`rsatmalar va 
pedagogik texnologiyalarni qo`llashning mazmun va mohiyati yoritilgan


5
adabiyotlar ko`plab yaratilmoqda. Bu borada ayniqsa fanlar bo`yicha 
“Uzviylashtirilgan Davlat Ta`lim Standarti va o`quv dasturlari” ning yaratilishi 
e`tiborga molik ish bo`ldi. Ta`limga pedagogik texnologiyalarni joriy etish 
yuzasidan nashr qilingan muhim adabiyotlar va ilmiy – uslubiy ishlar jumlasiga 
Yo`ldoshev Sh, Usmonov S, R. Ishmuhammedov, A. Abduqodirov, A. Pardayev
O`. Tolipov, Tojiyevlarning ishlarini ko`rsatib o`tish mumkin. Ta`lim jarayoniga 
pedagogik texnologiyalarni joriy etish bilan ta`lim samaradorligini oshirish 
bo`yicha 
bajarilgan 
ilmiy 
– 
tadqiqot 
ishlariga 
M. 
Yunusova, 
O. 
Do`stmuhammedova, G. Iskandarovalarning ilmiy izlanishlarini misol keltirish 
mumkin. Ushbu ishlar mazmunida ta`lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni 
joriy etish, shuningdek ona tili va adabiyoti, botanika, matematika, fizika, 
geografiya, rus tili va adabiyoti fanlarini pedagogik texnologiyalar yordamida 
tashkil etish masalalari, uning pedagogik, metodik, tashkiliy jihatlari ilmiy tadqiq 
qilingan.
Musaiqa ta`limi sohasida esa M. Abramova, D. Soliyevalar tomonidan 
nashr qilingan umumta`lim maktablari 2 – sinfi uchun darslarni pedagogik 
texnologiyalar asosida tashkil etish bo`yicha chiqarilgan o`quv – metodik 
qo`llanmadan bo`lak alohida ilmiy – uslubiy, va tadqiqot ishlari qilinmagan. Bu 
qo`llanma ham tavsiyanoma xarakterida bo`lib, dars jarayonida qo`llash mumkin 
bo`lgan ayrim texnologiyalarga tavsif berish bilan cheklangan.
Musiqa pedagogikasi va metodikasiga oid keyingi yillarda qilingan ilmiy – 
tadqiqot ishlarini ko`zdan kechirish va tahlil qilish shuni ko`rsatdiki, musiqa 
darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish muammosi maxsus 
ilmiy tadqiqot mavzusi sifatida o`rganilmagan. Bu esa bizning magistrlik 
dissertatsiyamiz mavzusini “Musiqa madaniyati darslari samaradorligini oshirishda 
interfaol uslublardan foydalanish” nomlanishida tanlashimizga sabab bo`ldi. 
Tanlangan mavzu muammosini aynan musiqa ta`limi bo`yicha maxsus tadqiq 
qilinmaganligi uning dolzarblik kasb etishini belgilaydi.


6

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin