Alishe r navoiy nom idagi sam arqand davlat uni versiteti


 Musiqa ta`limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/31
tarix20.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#187227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Kitob 6781 uzsmart.uz

1.2. Musiqa ta`limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish 
imkoniyatlari. 
Mamlakatimizda yangilangan, jahon andozalariga mos keladigan ta`lim 
mazmuni o`z - o`zidan emas, balki, ilg`or pedagog – olimlar, metodist 
o`qituvchilar va jahon miqiyosida orttirilgan pedagogika fani yutuqlari orqali 
takomillashib boradi. Shu bois ham ta`limni hozirgi bosqichida uni isloh qilish 
vazifalari yangicha fikrlovchi, shiddatli axborot va axborot texnologiyalari, 
kompyuterlashgan modelli o`qitish tez rivojlanayotgan sharoitda yosh avlod ta`lim 
tarbiyasi uchun mas`ul ijodkor o`qituvchilarni shakllantirish vazifasini asosiy 
o`ringa qo`ymoqda.
Mavjud 
tajribalar 
shuni 
ko`rsatadiki, 
ta`lim 
mazmuni 
qanchalik 
yangilanmasin, mukammal o`quv dasturlari, darsliklar yaratilmasin, o`quv – 
tarbiya jarayonining samaradorligini ta`minlashda o`qituvchining pedagogik 
mahorati, yangi ta`lim texnologiyalarini o`zlashtirishi va ulardan ta`lim jarayonida 
unumli va o`rinli foydalana olishiga bog`liq bo`ladi.
Hozirgi kunda respublikamiz ta`lim tizimida “Ta`lim to`g`risida” gi qonun 
va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning eng asosiy sifat bosqichida belgilangan 
vazifalarni 
ro`yobga 
chiqarish 
bo`yicha 
chuqur 
o`zgarishlar 
amalgam 
oshirilmoqda. Milliy dasturda ko`zda tutilganidek, zamonaviy axborot 
texnologiyalari 
va 
kompyuterlar 
tarmoqlari 
negizida 
ta`lim 
jarayonini 
texnologiyalashtirish hamda axborot tizimi bilan ta`minlash jadal rivojlanmoqda. 
Fan va t a`limning moddiy, uslubiy bazasi mustahkamlanib, o`quv – uslubiy, ilmiy, 
innovatsion, zamonaviy vositalar mukammallashib o`quv jarayoniga tadbiq 
qilinmoqda.
Ma`lumki, didaktikaning predmeti o`rgatish, o`rganish hamda ta`lim 
mazmunidan iborat. Bu uchala komponentdan birortasini e’tiborda tutmaslik 
ta’lim mazmunini yo’qqa chiqaradi. O’rgatish ham, o’rganish ham ularning oxirgi 
natijasi ham ta’lim mazmuniga bog’liqdir. Ta’lim jarayonida har-xil mavzularni 
o’ziga hos usullar bilan o’rganish uni o’ziga xosligi va mazmunidan kelib 


19
chiqadi, bu esa asosan o’rganishni tashkil etuvchi, yani o’rgatuvchiga (Pedagog 
o’qituvchiga) bog`liq.
Xar qanday fanni, shu jumladan musiqa fanini o’qitish jarayonida ham 
faollashtiradigan, ularni darsning faol ishtirokchilariga, mustaqil fkirlovchi 
mushohada qiluvchi o’z fikrlarini bildira oluvchi o’quvchi sifatida namoyon 
qilishi uchun imkoniyat yaratuvchi – bu o’qituvchidir. O’qituvchi o’zi va 
o’rganuvchi o’quvchilar uchun qulay va qiziqarli bo’lgan o’qitish usullari, 
yo’llari, shakillari, vositalari ulardan foydalanish shart-sharoitlarini belgilaydi
ilg’or pedagogik texnologiyalar yordamida o’quv jarayoni samaradorligini 
oshirishga harakat qiladi.
Shu boisdan ham pedagogik texnologiya, didaktik texnologiya, ta’lim 
texnologiyalariga o’quv jarayonidagi eng samarali vositalar sifatida qaralmoqda. 
Ulardan bugungi kunda jahon pedagogikasi amaliyotida keng foydalanilmoqda.
Pedagogik texnologiya hozirgi kunda eng rivojlangan mamlakatlar ta’lim 
tizimida bo’lgani kabi bizning respubliksmizda ham ta’lim jarayonini tashkil
qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog’liq ishlarda ustuvor o’rini 
egallamoqda. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalardan barcha pedagoglar 
yaxshi xabardor bo’lishi, ta’lim jarayonida ularni qo’llab dars o’tishlariga muhim 
e’tibor berilmoqda. Bu aynan jamiyat taraqqiyotining obyektiv qonuniyatlariga
mos bo’lib, jamiyat taraqqiy etishi bilan ta’lim – tarbiya mazmuni, maqsad va 
vazifalari shunga mos ravishda takomillashib borishi bilan bog’liqdir. Hozirgi 
sharoitda inson faoliyatining asosiy yo`nalishlari taraqqiyotga mos maqsadlarni 
to`liq amalga oshirish imkoniyatlarini beruvchi modelli tizimga, ya`ni ta`limni 
texnologiyalashtirishga aylanib bormoqda. Shu tufayli fan sohalarining barchasida 
bo`lgani kabi musiqiy ta`limda ham yangi texnologiyalarga e`tibor kuchayib 
bormoqda.
O`zbekistonning “Ta`lim to`g`risida”gi qonuniga ko`ra 9+3 yillik majburiy 
umumiy va o`rta maxsus ta`lim joriy etildi. Ta`limni demokratlashtirish, 
individuallashtirish, tabaqalashtirish, mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olish 
tamoillari asosida barcha o`quv predmetlari qatori musiqa predmeti bo’yicha ham 


20
o’qitish Konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unda musiqiy ta’lim mazmunini milliy 
negizda shakllantirish, milliy musiqiy merosdan to’laqonli foydalanish, xalq kuy – 
qo’shiqlari, doston, mumtoz va maqom hamda ularning ta’sirida yaratilgan 
zamonaviy musiqalar vositasida o’quvchi yoshlarni milliy qadryatlarimizni teran 
anglaydigan, vatanga, o’z xalqiga, tilimizga, dinimizga, tariximizga, san’atimizga 
ongli munosabatda bo’ladigan va unga vorislik qila oladigan ma’nan yetuk, 
barkamol shaxsni tarbiyalash asosiy maqsad va vazifa sifatida ko’rsatilgan. 
Ta`lim jarayonida o`quvchilar musiqa san`atini butun nafosati bilan 
o`rganishlari, idrok etishlari ommaviy musiqa faoliyatlari: musiqa tinglash, tahlil 
qilish, jamoa bo’lib qo’shiq kuylash, nazariy bilimlarni o’zlashtirish (musiqa 
savodxonligi) raqsga tushish, bolalar cholg’u asboblarida chalish va musiqa ritmek 
jo’r bo’lish masalalarini shakllantirish musiqiy ta’limning asosiy mazmunini 
tashkil etadi.
Pedagogik texnologiyalarni barcha turlarida birdek qo’llaniladigan va ta’lim-
tarbiya jarayonini tadrijiy tarkib topishida va rivojlanib borishida hal qiluvchi 
omillar hamda tarkibiy elementlar uch xil faoliyatdan iborat bo’lib, ular so’zlash, 
ko’rsatish va mashqlar bajarishdan iborat bo’lib musiqa darslariga uni tadbiq 
etilganda quyidagicha ketma-ketlik va bog’liqlikda amal qiladi:


21

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin