Alishe r navoiy nom idagi sam arqand davlat uni versiteti


Ishning ilmiy – amaliy ahamiyati



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/31
tarix20.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#187227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Kitob 6781 uzsmart.uz

Ishning ilmiy – amaliy ahamiyati: 
1.
 
Musiqa darslari samaradorligini oshirishda interfaol usullardan 
foydalanish muammosi musiqa pedagogikasida birinchi bor tadqiq etildi.
2.
 
Umumta`lim 
maktablarida 
faoliyat 
yuritayotgan 
musiqa 
o`qituvchilarini darslarni interfaol metodlardan foydalangan holda tashkil etish 
bo`yicha ilmiy – uslubiy manbaadan foydalanish imkoniyatlari yaratildi.
3.
 
Musiqa darslarini interfaol usullar yordamida tashkil etish bo`yicha 
ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi: 

Dissertatsiya Kirish, 3 bob, 6 paragraf, Umumiy xulosalar va foydalanilgan 


adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, umumiy hajmi sahifani tashkil etdi.


9
I BOB: Ta`lim samaradorligini oshirishda ilg`or pedagogik
texnologiyalarning o`rni va ahamiyati. 
1.1. Ta`lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy etishning 
ilmiy nazariy asoslari. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro`yobga chiqarishning hozirgi kunda 
hal qiluvchi bosqichida ko`zda tutilgan sifat va samaradorlik ko`rsatkichlariga 
erishish uchun ta`lim – tarbiya jarayonini tashkil etishni modernizatsiya qilish va 
uning innovatsion shakl va usullarini amaliyotga joriy qilish shu kunning 
kechiktirib bol`lmas dolzarb masalasi bo`lib turibdi. Shuning uchun ilg`or 
pedagogik texnologiyalarning obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari nimalardan 
iborat va ularni ta`lim jarayoniga tadbiq etish qanday natija beradi va ta`lim 
mazmunini takomillashishiga qanday ta`sir ko`rsatadi degan savol har bir fanni 
o`qitilishida ko`ndalang qo`yilayotganligi bejiz emas. Fan, texnika va axborot 
uzatish, almashish texnologiyalarini aql bovar qilmaydigan darajada tez va 
shiddatli rivojlanish jarayoni o`z navbatida ta`lim sohasida ham an`anaviy 
metodlarni yangicha zamonaviy va interfaol metodlar bilan boyitib borishni taqozo 
etmoqda. Xo`sh, interfaol, modellashtirilgan metodlar qaysi jihatlari bilan ustunlik 
kasb etmoqda? Uning qanday turlari, tarkibiy tuzilishi, o`quv jarayonlarini tashkil 
etish shakl va vositalari, ilgari mavjud bo’lgan o’qitish (Ta’lim) metodlaridan 
nimasi bilan farqlanadi, uning samarasi nimalarda o’z isbotini topadi va uning 
monitoringi,
baholash tizimi qanday olib boriladi degan savollarga har bir 
o’quvchi-murabbiy va pedagoglar 
tayyor bo’lishlari ular oldiga qo’yilayotgan eng
muhim
ijtimoiy 
buyurtma ekanligini anglash va bu savollarga javob berishga
to’g’ri keladi. 
“Ta`lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da 
ta`limni modernizatsiya qilish bo`yicha belgilangan vazifalarni amalgam 
oshirishning asosiy me`yoriy, dasturiy xujjatlari bo`lmish o`quv rejalari namunaviy 
fan dasturlari, yangi avlod darsliklari, o`quv uslubiy qo`llanmalar ta`lim mazmuni 


10
va darajasiga qo`yiladigan talablarni aks ettiruvchi Davlat ta`lim standartlari fan va 
ta`limning eng so`nggi yutuqlari asosida qanchalik takomillashtirilmasin o`quv 
jarayoni va uni tashkil etishning moddiy texnik ta`minoti qanchalik 
mustahkamlanmasin, modernizatsiya qilinmasin, olinadigan pirovard natija oxir 
oqibat ta`lim jarayonini tashkil etuvchi, dars mazmuni va sifat samaradorligini 
ta`minlovchi o`qituvchi – murabbiylarning kasbiy bilimi, ko`nikma malakasiga, 
ijodkorligiga, tashabbuskorligi, pedagogik mahorati va intelektual salohiyatiga, 
o`quvchilarni fan bo`yicha bilimlarni egallashiga qiziqtira olishi va eng zarur 
intilish qobiliyatlarini ro`yobga chiqara olish salohiyatlariga bog`liq bo`lib 
qolaveradi.
Shu narsani ta`kidlash joizki ta`lim – tarbiyaning sifati va samaradorligini 
ta`minlash o`quvchi yoki talabaning o`quv mazmunini o`zlashtirishiga 
yo`naltirilgan o`quv jarayonining to`g`ri, mazmunli, qiziqarli tashkil etilishi, bu 
jarayonda o`quvchi – talabalarni darsda oddiy tinglovchi emas, mashg`ulotni faol 
ishtirok etuvchisi, mustaqil top[shiriqlarni bajaruvchi, mustaqil va ijodiy 
fikrlovchi, o`z fikr mulohazalarini erkin ifoda eta oluvchi, o`z fikrlarini himoya 
qila oladigan faol shaxsga aylanishi muhim rol o`ynaydi.
Ko`rinib turibdiki ta`lim jarayonini bunday tashkil etish eng avvalo, 
bo`lg`usi o`qituvchilarni oily dargohlarda kasbga tayyorlash jarayonida inobatga 
olishni taqozo etadi. Shuning uchun oily ta`limda faoliyat olib boruvchi professor – 
o`qituvchilar 
o`zi 
dars 
berayotgan 
fan 
bo`yicha 
mashg`ulotlarni 
texnologiyalashtirilgan shaklda olib borishi, shogirdlarini mazkur faoliyatga 
tayyorlab borishilozim bo`ladi.
Ta`limga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish bo`yicha amaliy 
tajribalarni o`rganish, kuzatish va tahlil qilish shuni ko`rsatmoqdaki, ta`limning 
deyarli barcha bo`g`inlarida mashg`ulotlarni interfaol metodlar asosida tashkil 
etish keng tus olmoqda. Bizningcha bu har bir darsda pedagogik texnologiyaning u 
yoki bu turini qo`llash kerak degan xulosani bermasligi kerak. Ilg`or pedagogik 
texnologiya qachon samarali bo`ladi, u o`quvchilar uchun qiziqarli, ularni 
faollashtiruvchi, mustaqil va ijodiy fikrlashga, mushohada qilishga yo`naltira olsa.


11
Buning uchun o`qituvchi pedagogik texnologiyani tanlashda dars mavzusi, 
tuzilishi, o`quvchilarni qiziqishi, agar musiqa darslari bo`lsa ularni nazariy, amliy, 
ijrochilik imkoniyatlarini hisobga olgan holda qo`llashiga to`gri keladi.
Pedagogik texnologiyalarni qo`llashdan ko`zlangan asosiy maqsad va 
vazifalar quyidagilarni ko`zda tutadi: Tashkil etish, hamkorlikda ( O`qituvchi va 
o`quvchi o`zaro munosabatlari ) ishlash, guruh bo`lib, yakka holda ishlash, har bir 
o`quvchining faolligini ta`minlash, takomillashtirish, tahlil qilish, qiyoslash, 
umumlashtirish, xulosa chiqarish, nazorat qilish, baholash va hokazo.
Fanlarni o`qitish jarayonida har bir o`qituvchi pedagogik texnologiyalarni 
qo`llash uchun quyidagi tayyorgarlik tizimi bo`yicha ish tutishi maqsadga muvofiq 
bo`ladi:
Mavzuni aniqlash;
Maqsadni to`g`ri qo`yish, belgilash;
Mavzu yuzasidan o`zlashtirish lozim bo`lgan kalit so`zlarni belgilash;
Vazifalarni 1,2,3,4…. belgilab olish; 
Texnologik jarayon senariysini tuzib olish; 
1.
Individual ishlash;
2.
Guruh ( kichik guruh ) va jamoa bo`lib ishlash;
3.
Butun jamoa bilan savol – javob, munozara, klaster, aqliy 
hujum va boshqalar.
Reglament;
Baholash; 
Xulosalash; 
Tayyor holdagi texnologiyalar avval tajriba – sinovdan o`tgan va ijobiy 
(yuqori) samara berganlari o`quv jarayoniga tadbiq etiladi.
Hozirgi vaqtda o`quv mashg`ulotlarini loyihalashtirish va ayrim fanlargagina 
xos texnologiyalarni qo`llashga ham e`tibor kuchaymoqda. Xuddi shunday holatni 
musiqa mashg`ulotlarini texnologiyalashtirish tajribasida ko`rish mumkin. Bunga 
misol qilib ilg`or pedagoglar tomonidan qo`llanilayotgan “Konsert darslari”, 


12
“Viktorina darslari”, “Quvnoqlar va zukkolar darsi”, “Musiqiy sayohat”, “Men 
dirijyor” kabi texnologiyalarni ko`rsatish mumkin.
Mashg`ulotlarni loyihalashtirish deganda nimalar ko`zda tutiladi va bunda 
nimalarga asoslaniladi? Quyida mashg`ulot jarayonini loyihalashtirish asosida 
tashkil etish bosqichlarini keltiramiz:

Dars mavzusiga oid materiallarni to`plash (O`qituvchining mavzu bo`yicha 
tayyorgarligi);

Mavzuni o`rganish maqsadi va vazifalarni aniqlab olish;

Dars turi, shakli, metod va vositalarini tanlash;

Loyihada ko`zda tutilgan tushuncha, bilim, ko`nikma, malakalarni 
o`zlashtirish jarayonida sarflanadigan vaqt hajmini (Masalan, musiqa 
darslarida har bir faoliyatga ajratiladigan vaqt me`yorini rejalashtirish) 
hisobga olish;

Har bir bosqichda erishiladigan natijalarni asosini tashkil etuvchi 
(topshiriq, amaliy ko`rsatib berish) mashq, misollar;

Mashg`ulotni tashkiliy tuzilmasi va yakuni, xulosalar;
Darsning qaysi qismi, uning turi (ma`ruza, amaliy, seminar, musiqa 
darslarida esa qo`shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodxonligi) da 
qo`llanishidan qat`iy nazar o`quvchilarni psixologik, fiziologik xususiyatlari, 
tayyorgarlik darajalari (ovoz diapozoni, kuylash imkoniyatlari, yosh xususiyatlari) 
hisobga olinishi lozim. Bu jarayonda asosiy e`tabor o`quvchilar faolligini oshirish, 
mustaqil fikrlashga o`rgatish, ijodiy fikrlay olish, ijrochilik malakalarini o`stirish, 
ehtiyoj va qiziqishlariga ko`ra ish yuritish, ularni ichki imkoniyat va iqtidorlarini 
ishga solish, o`z – o`zini nazorat qilish, mustaqil bilim olish ko`nikmalarini 
o`stirishga qaratilishi lozim.
Shu o`rinda ilg`or pedagogik texnologiyalarni o`quv sharoitiga tadbiq 
etishning e`tiborga molik xususiyatlariga alohida to`xtalib o`tamiz:
Har qanday fanni o`rganishda o`quvchi – talabalar nafaqat o`qitiladi, 
mustaqil o`qish, o`rganishga o`rgatilib boriladi;


13
O`quvchilarga beriladigan bilim, tushunchalar tayyor holda berilmaydi, 
balki o`uvchilar mustaqil ravishda manbalardan foydalangan holda 
mavzuga oid ma`lumot, axborotlarni yig`ish va o`rganishga o`rgatib 
boriladi;
O`quv dasturi, darslik, qo`llanmalar, ma`ruza matnlari bilan ishlash 
ko`nikmalari hosil qilinadi;
O`quvchi o`z fikrini bildira olish, himoya qila olish, isbotlashga 
odatlantirib boriladi;
Hozirgi kunda respublikamizning barcha ta`lim tizimida, ayniqsa oliy 
pedagogik ta`lim tizimida pedagog – kadrlar tayyorlashning sifat va 
samaradorligini yuqori ko`tarishga katta ahamiyat berilmoqda va bu borada turli 
pedagogik izlanishlar olib borilmoqda. Bu izlanishlarning aksariyati o`qitish 
maqsadi va uning yuqori natijalariga erishishida ta`limga ilg`or pedagogik 
texnologiyalarni kiritish orqali ta`lim samaradorligini oshirishga yo`naltirilgan 
bo`lib, ta`limni texnologiyalashtirish eng muhim vazifalardan bo`lib turibdi.
O`qituvchining yuksak pedagogik mahorati, bilim darajasi shubhasiz ta`lim–
tarbiyaning muhim omillaridan biridir. Pedagogik mahorati yuqori, tajribali 
o`qituvchi darsni shunchaki bayon qilib bermaydi. Buni musiqa darslari misolida 
izohlaydigan bo`lsak, o`qituvchi avvalo o`zining so`z mahorati, cholg`u asbobida 
chalish, qo`shiq kuylash, turli ko`rgazmali, texnik vositalardan foydalanishi darsni 
qiziqarli va mazmunli kechishida katta rol o`ynaydi.
Musiqa darslarida aksariyat o`quvchilar o`qituvchiga taqlid qilib kuylashadi, 
unga ergashadi, andoza oladi, o`qituvchining shaxsiy “namunasi” muhim ahamiyat 
kasb etadi. Chunki darsda amaliy ijrochilik yetakchi o`rin tutadi, quruq bayonchilik 
uslubi bilan hech qanday maqsadga erishib bo`lmaydi.
Puxta 
tashkillashtirilgan 
ilmiy 

pedagogik 
tayyorgarlik 
ta`lim 
samaradorligini ta`minlaydigan asosiy omillardan biri sanaladi. Ushbu jarayonda 
faol ishtirok etuvchi o`qituvchilar muntazam ravishda o`zlarining pedagogik 
mahoratlarini orttirib boradilar hamda ta`lim – tarbiya samaradorligini 
ta`minlashda, kelajak uchun mas`ul barkamol avlodni kamolga yetkazishda 


14
boshqalarga o`rnak bo`lib xizmat qiladilar. Demak har bir ta`lim bo`g`inida shu 
jumladan umumta`lim maktablarida “Musiqa madaniyati” darslarini olib boruvchi 
ilg`or 
pedagoglarning 
innovatsion 
faoliyatlari 
va 
tajribalarini 
doimiy 
takomillashtirib, rag`batlantirib borish orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Innovatsion faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish munosabati bilan ta`lim 
jarayoniga ilg`or pedagogik texnologiyalarni kiritishda eng muhimi o`quvchilarni 
ushbu faoliyatga tayyorgarligi va qiziqishlarini inobatga olish va kerakli 
texnologiyani tanlash hisoblanadi. 
O`quv muassasasi u maktabmi, kollejmi, oliy o`quv yurtimi u yerda asosiy 
maqsad o`quvchi yoki talabaga bilim berish hisoblanadi. O`qituvchi bilim 
berishdan tashqari bilim berishning eng qulay, samarali yo`llarini izlab, ta`lim 
jarayonini qiziqarli va mazmunli o`tishini tashkil etadi. Bunday faoliyatning o`zini 
ta`lim texnologiyasi deb atash mumkin. Ta`lim texnologiyasi (yunoncha “tehne” – 
mahorat, san`at, “logos” – tushuncha, ta`limot ma`nolarini anglatadi) yoki 
pedagogik texnologiyada pedagogik ta`lim berishning turli yo`l, usullarini o`z 
faoliyatiga joriy etish bilan birga bu jarayonning natija berishiga ishonch hosil 
qilish kerak.
Pedagogik 
texnologiya 
uchun 
pedagogik 
mashg`ulot 
jarayonini 
belgilashdagi muhim vaziyat va holatlar: o`quvchi yoki talaba bilim olish 
jarayonida duch keladigan vazifalarni oldindan aniqlash, o’qitishning har bir 
bosqichida ta’limning mazmuni (o’quv rejasi, dasturi, mavzu mohiyati, o’quv – 
uslubiy manbalarni mavjudligi) ni belgilash, bilim va tushunchalar, ularn 
murakkablik darajasi va hajmini o’quvchining bilim va malakalariga moslik 
darajasini aniqlash, ta’lim – tarbiya shakllari va vositalari (qo’shimcha manbaalar, 
savol-javob, munozara, test savollari, ko’rgazmaliliklar, texnik vositalar yordamida 
eshitish, tinglash manbalari) ni tayyorlash; ta’limning natijasi va o’zlashtirish 
darajasi sifatini baholash mezonlariga mos ravishda o’quvchining egallagan bilim 
va malakalarini obyektiv baholash uchun dars va darsdan tashqari o’quvchiga 
beriladigan vazifalarni rejalashtirish kabilar pedagogik texnologiyalarning 
vazifalari hisoblanadi. 


15
Pedagogika oliy o’quv yurtlarida bo’lg’usi o’qituvchilarni pedagogik 
faoliyatga tayyorlash bo’yicha quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: 
1.
Texnologik 
yondashuv 
asosida 
faoliyat 
ko’rsatayotgan 
o’qituvchilarning yangicha va samarali ish sirlari tajribalarini o’rganish; 
2.
Pedagoglarning texnologik yondashuv faolligini oshirish va aksincha 
unda to’sqinlik qilayotgan muammolar sabablarini aniqlash texnologik 
yondashuv asosida ishlashning yanada samaraliroq yo’llarini izlash; 
3.
Tajribali 
o’qituvchilarning 
darslarini 
ilg’or 
pedagogik 
texnologiyalarini qo’llab o’tish borasidagi o’ziga xos usullari, ularni farqli 
va o’xshash jihatlarini kamchilik va yutuqlarini aniqlab o’z faoliyatida 
tadbiq etishga o’rganish. 
Hozirgi davrda har bir o’qituvchi egallashi lozim bo’lgan ko’nikmalardan 
biri – darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish va o’tkaza olish 
ko’nikmasidir. O’z tarkibiga ko’ra bu ko’nikma ham serqirra va murakkabdir. 
Ushbu yo’nalishdagi kuzatuvchilarimiz, tajribali pedagog o’qituvchilar bilan 
suhbat va mavzuga oid o’quv uslubiy va ilmiy manbaalarni o’rganish natijasida 
quyidagi xulosalarga keldik. 
darslarni pedagogik texnologiya asosida tashkil etish uchun avvalo 
o’quv mashg’ulotlari jarayonidan unumli foydalanish darsga nazariy va amaliy 
tomondan puxta tayyorgarlik ko’rish lozim; 
o’qituvchi o’quv mashg’ulotlari davomida egallagan va yanada 
mustahkamlab borishi lozim bo’lgan nazariy, pedagogik –psixologik va metodik 
bilimlarni amaliyotga ongli va samarali qo’llay olish; 
pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish va aniq maqsad, loyiha 
asosida tizimli olib borilishiga erishish; 
Xullas, pedagogik texnologiya – ta’lim usuli, ma’lum ma’noda ta’lim 
jarayoni, vositalari shakl va metodlari majmui. O’quv materiallarini tanlash, qayta 
ishlab, o’quvchilarni kuchi imkoniyatlari, fanni o’zlashtirish darajasi fanni spesifik 
tuzilishi xususiyatiga moslab shakli va hajmini o’zgartirish ham ta’lim 


16
texnologiyasiga daxldor. O’qituvchining ta’lim jarayoni texnologik metodlar 
asosida tashkil etishi ko’p jihatdan uning o’ziga bog’liqligi, bilimi ularni har birini 
tashkiliy tuzilishi xususiyatlarini yaxshi bilishi ta’lim samaradorligi ta’minlashning 
muhim kafolati bo’ladi. O`qituvchining pedagogik texnologiyalrini qo`llashida 
ularni mazmunli va samarali tashkil etishga oid bilimlardan yaxshi habardor 
bo`lishi qo`llanilgan texnologiyalarni dars samaradorligiga ijobiy ta’siri va 
natijalarni tahlil qilish baholay olish, tegiushli xulosalar chiqara olishi, o`z 
faoliyatiga tanqidiy munosabatda bo`lishi, o`zgalar nazari bilan baholash o`z 
bilimlarini amaliy faoliyat bilan bog`lash o`quvchilarni darsda faol ishtirokini 
ta’minlay olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ilg`or, interfaol 
texnologiyalardan barcha fan o`qituvchilari, shu jumladan musiqa o`qituvchilari 
yaxshi habardor bo`lishlari zarur. Chunki, ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va 
vazifalari fan taraqqiyoti natijasida kengayib bormoqda. Shu jarayonda 
o`qitishning shakl va usullari ha takomillashib bormoqda. Natijada inson 
faoliyatining asosiy yo`nalishlari ya’ni ta’lim tizimida ta’lim va tarbiyadan ko`zda 
tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatlarini beruvchi yaxlit tizimga, 
ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda.
Shuni nazarda tutish kerakki, pedagogik texnologiya – bu jamiyat 
ehtiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarini 
samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo`naltirilgan o`quv jarayonini tizim 
sifatida qarab, uni tashkil qiluvchilar, ya’ni o`qituvchining o`qitish vositalari 
yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda 
jo`rsatgan ta’sirini va ta’lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi 
texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir.
Hozir ta’lim-tarbiya sohasidagi rivojlanib borayotgan yo`nalishlardan biri – 
zamonaviy, ilg`or pedagogik texnologiyalarni o`quv jarayoniga qo`llash bo`lib, 
uni amalgam oshirish bilan ta’lim sifatini oshirish eng dolzarb talab va 
vazifalardandir.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o`z bilim va 
tajribalarini o`sib kelayotgan avlodga o`rgatishdan iborat bo`lib, bu jarayonda 


17
asosan, inson hayoti uchun zarur axborot (bilim, malaka, tajribalarni) avloddan 
avlodga uzatish yo`lida amalgam oshiriladi. Ushbu aytilganlar asosida pedagogik 
texnologiyaning quyidagi eng asosiy umumlashtirilgan ta’rifini keltirishimiz 
mumkin: “Pedagogok texnologiya – barkamol insonni shakllantirish faoliyati”. 
Pedagogik texnologiya axborotlarni o`zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, 
ulardagi yangi ma’no-mazmunni hamda axborotlar orasidagi turli bog`liqliklarni 
ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o`rgatish jarayonidan iborat. 
Demak, pedagogik texnologiya insonga oldindan belgilangan maqsad 
bo`yicha ta’sir o`tkazish faoliyatidfan iborat. Shuningdek, o`quvchini mustaqil 
fikrlash, mushohada qilish, bilim olish, darsning faol ishtirokchisiga aylanishini 
o`rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.


18

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin