KOLLEJDA DARS O’TISH TEXNALOGIYASI. Kirish. 1-BOB Musiqa ta’limini kollejda o’tish texnologiyasi. 1.1 Musiqa ta'limida texnologik resurslardan foydalanish.
1.2 Musiqa ta’limi texnologiyasidan foydalanish va unga munosabatlar.
2-BOB Kollej musiqa ta’limida simsiz tarmoq texnalogiyalaridan foydalanish. 2.1 Musiqa ta'limida sun'iy intellekt texnologiyalari.
2.2 Simsiz tarmoqqa asoslangan musiqa ta'limi arxitekturasi.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda barcha sohalar qatori ta`lim tizimida ham keng qamrovli yangilanishlar va ijobiy o`zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bunga 23.09.2020 yildagi “Ta`lim to`g`risida” gi qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ham huquqiy, ham tashkiliy pedagogik asos bo`lib xizmat qilmoqda.
Ta`lim mazmunini yangilash, takomillashtirish va sifat ko`rsatkichlarini oshirish barobarida o`qituvchi – murabbiylarning malakasini oshirish, ularning ilm – fan taraqqiyoti bilan hamqadam borishini, ayniqsa barcha sohalarga keng kirib kelgan va qo`llanilayotgan axborot texnologiyalari, interfaol usullardan unumli foydalana oladigan, kompyuter bilan erkin muloqot qila oladigan va o`z faoliyatida, dars samaradorligini ta`minlashga tadbiq eta oladigan darajada tayyorlash (qayta tayyorlash) bugungi kunning muhim vazifalaridandir.
O`qitish jarayonining samaradorligini oshirishda ta`limga interfaol usullarni, musiqa ta’limida turli jabhalarda xususan kollejda o’qitish tizimlri usullari, innovatsion pedagogik texnologiyalarni kiritish va ulardan mohirona foydalanish muhim o`rin tutadi. Zero, an`anaviy ta`limda o`quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o`rgatilgan bo`lsalar, rivojlantiruvchi ta`lim mezonlariga muvofiq bilimlarni o`quvchilarning o`zlari o`rganishi, tahlil qila olishi, xulosalarni ham o`zlari keltirib chiqarishiga yo`naltirilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan pedagogika oliy o`quv yurtlarida tashkil etilayotgan ta`lim tizimi bo`lajak o`qituvchilarni o`z faoliyatlarida interfaol uslublardan, ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalana oladigan, ularni amaliyotga ijodiy va erkin qo`llay olish malakalarini shakllantirishga ham e`tibor qaratish lozim.
Musiqa pedagogikasi va metodikasiga oid keyingi yillarda qilingan ilmiy – tadqiqot ishlarini ko`zdan kechirish va tahlil qilish shuni ko`rsatdiki, musiqa darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish muammosi maxsus ilmiy tadqiqot mavzusi sifatida o`rganilmagan. Bu esa bizning magistrlik dissertatsiyamiz mavzusini “Musiqa madaniyati darslari samaradorligini oshirishda interfaol uslublardan foydalanish” nomlanishida tanlashimizga sabab bo`ldi. Tanlangan mavzu muammosini aynan musiqa ta`limi bo`yicha maxsus tadqiq qilinmaganligi uning dolzarblik kasb etishini belgilaydi.