Ishning ilmiy – amaliy ahamiyati:
1.
Musiqa darslari samaradorligini oshirishda interfaol usullardan
foydalanish muammosi musiqa pedagogikasida birinchi bor tadqiq etildi.
2.
Umumta`lim
maktablarida
faoliyat
yuritayotgan
musiqa
o`qituvchilarini darslarni interfaol metodlardan foydalangan holda tashkil etish
bo`yicha ilmiy – uslubiy manbaadan foydalanish imkoniyatlari yaratildi.
3.
Musiqa darslarini interfaol usullar yordamida tashkil etish bo`yicha
ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Dissertatsiyaning tarkibiy tuzilishi:
Dissertatsiya Kirish, 3 bob, 6 paragraf, Umumiy xulosalar va foydalanilgan
adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, umumiy hajmi sahifani tashkil etdi.
9
I BOB: Ta`lim samaradorligini oshirishda ilg`or pedagogik
texnologiyalarning o`rni va ahamiyati.
1.1. Ta`lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy etishning
ilmiy nazariy asoslari.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro`yobga chiqarishning hozirgi kunda
hal qiluvchi bosqichida ko`zda tutilgan sifat va samaradorlik ko`rsatkichlariga
erishish uchun ta`lim – tarbiya jarayonini tashkil etishni modernizatsiya qilish va
uning innovatsion shakl va usullarini amaliyotga joriy qilish shu kunning
kechiktirib bol`lmas dolzarb masalasi bo`lib turibdi. Shuning uchun ilg`or
pedagogik texnologiyalarning obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari nimalardan
iborat va ularni ta`lim jarayoniga tadbiq etish qanday natija beradi va ta`lim
mazmunini takomillashishiga qanday ta`sir ko`rsatadi degan savol har bir fanni
o`qitilishida ko`ndalang qo`yilayotganligi bejiz emas. Fan, texnika va axborot
uzatish, almashish texnologiyalarini aql bovar qilmaydigan darajada tez va
shiddatli rivojlanish jarayoni o`z navbatida ta`lim sohasida ham an`anaviy
metodlarni yangicha zamonaviy va interfaol metodlar bilan boyitib borishni taqozo
etmoqda. Xo`sh, interfaol, modellashtirilgan metodlar qaysi jihatlari bilan ustunlik
kasb etmoqda? Uning qanday turlari, tarkibiy tuzilishi, o`quv jarayonlarini tashkil
etish shakl va vositalari, ilgari mavjud bo’lgan o’qitish (Ta’lim) metodlaridan
nimasi bilan farqlanadi, uning samarasi nimalarda o’z isbotini topadi va uning
monitoringi,
baholash tizimi qanday olib boriladi degan savollarga har bir
o’quvchi-murabbiy va pedagoglar
tayyor bo’lishlari ular oldiga qo’yilayotgan eng
muhim
ijtimoiy
buyurtma ekanligini anglash va bu savollarga javob berishga
to’g’ri keladi.
“Ta`lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da
ta`limni modernizatsiya qilish bo`yicha belgilangan vazifalarni amalgam
oshirishning asosiy me`yoriy, dasturiy xujjatlari bo`lmish o`quv rejalari namunaviy
fan dasturlari, yangi avlod darsliklari, o`quv uslubiy qo`llanmalar ta`lim mazmuni
10
va darajasiga qo`yiladigan talablarni aks ettiruvchi Davlat ta`lim standartlari fan va
ta`limning eng so`nggi yutuqlari asosida qanchalik takomillashtirilmasin o`quv
jarayoni va uni tashkil etishning moddiy texnik ta`minoti qanchalik
mustahkamlanmasin, modernizatsiya qilinmasin, olinadigan pirovard natija oxir
oqibat ta`lim jarayonini tashkil etuvchi, dars mazmuni va sifat samaradorligini
ta`minlovchi o`qituvchi – murabbiylarning kasbiy bilimi, ko`nikma malakasiga,
ijodkorligiga, tashabbuskorligi, pedagogik mahorati va intelektual salohiyatiga,
o`quvchilarni fan bo`yicha bilimlarni egallashiga qiziqtira olishi va eng zarur
intilish qobiliyatlarini ro`yobga chiqara olish salohiyatlariga bog`liq bo`lib
qolaveradi.
Shu narsani ta`kidlash joizki ta`lim – tarbiyaning sifati va samaradorligini
ta`minlash o`quvchi yoki talabaning o`quv mazmunini o`zlashtirishiga
yo`naltirilgan o`quv jarayonining to`g`ri, mazmunli, qiziqarli tashkil etilishi, bu
jarayonda o`quvchi – talabalarni darsda oddiy tinglovchi emas, mashg`ulotni faol
ishtirok etuvchisi, mustaqil top[shiriqlarni bajaruvchi, mustaqil va ijodiy
fikrlovchi, o`z fikr mulohazalarini erkin ifoda eta oluvchi, o`z fikrlarini himoya
qila oladigan faol shaxsga aylanishi muhim rol o`ynaydi.
Ko`rinib turibdiki ta`lim jarayonini bunday tashkil etish eng avvalo,
bo`lg`usi o`qituvchilarni oily dargohlarda kasbga tayyorlash jarayonida inobatga
olishni taqozo etadi. Shuning uchun oily ta`limda faoliyat olib boruvchi professor –
o`qituvchilar
o`zi
dars
berayotgan
fan
bo`yicha
mashg`ulotlarni
texnologiyalashtirilgan shaklda olib borishi, shogirdlarini mazkur faoliyatga
tayyorlab borishilozim bo`ladi.
Ta`limga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish bo`yicha amaliy
tajribalarni o`rganish, kuzatish va tahlil qilish shuni ko`rsatmoqdaki, ta`limning
deyarli barcha bo`g`inlarida mashg`ulotlarni interfaol metodlar asosida tashkil
etish keng tus olmoqda. Bizningcha bu har bir darsda pedagogik texnologiyaning u
yoki bu turini qo`llash kerak degan xulosani bermasligi kerak. Ilg`or pedagogik
texnologiya qachon samarali bo`ladi, u o`quvchilar uchun qiziqarli, ularni
faollashtiruvchi, mustaqil va ijodiy fikrlashga, mushohada qilishga yo`naltira olsa.
11
Buning uchun o`qituvchi pedagogik texnologiyani tanlashda dars mavzusi,
tuzilishi, o`quvchilarni qiziqishi, agar musiqa darslari bo`lsa ularni nazariy, amliy,
ijrochilik imkoniyatlarini hisobga olgan holda qo`llashiga to`gri keladi.
Pedagogik texnologiyalarni qo`llashdan ko`zlangan asosiy maqsad va
vazifalar quyidagilarni ko`zda tutadi: Tashkil etish, hamkorlikda ( O`qituvchi va
o`quvchi o`zaro munosabatlari ) ishlash, guruh bo`lib, yakka holda ishlash, har bir
o`quvchining faolligini ta`minlash, takomillashtirish, tahlil qilish, qiyoslash,
umumlashtirish, xulosa chiqarish, nazorat qilish, baholash va hokazo.
Fanlarni o`qitish jarayonida har bir o`qituvchi pedagogik texnologiyalarni
qo`llash uchun quyidagi tayyorgarlik tizimi bo`yicha ish tutishi maqsadga muvofiq
bo`ladi:
Mavzuni aniqlash;
Maqsadni to`g`ri qo`yish, belgilash;
Mavzu yuzasidan o`zlashtirish lozim bo`lgan kalit so`zlarni belgilash;
Vazifalarni 1,2,3,4…. belgilab olish;
Texnologik jarayon senariysini tuzib olish;
1.
Individual ishlash;
2.
Guruh ( kichik guruh ) va jamoa bo`lib ishlash;
3.
Butun jamoa bilan savol – javob, munozara, klaster, aqliy
hujum va boshqalar.
Reglament;
Baholash;
Xulosalash;
Tayyor holdagi texnologiyalar avval tajriba – sinovdan o`tgan va ijobiy
(yuqori) samara berganlari o`quv jarayoniga tadbiq etiladi.
Hozirgi vaqtda o`quv mashg`ulotlarini loyihalashtirish va ayrim fanlargagina
xos texnologiyalarni qo`llashga ham e`tibor kuchaymoqda. Xuddi shunday holatni
musiqa mashg`ulotlarini texnologiyalashtirish tajribasida ko`rish mumkin. Bunga
misol qilib ilg`or pedagoglar tomonidan qo`llanilayotgan “Konsert darslari”,
12
“Viktorina darslari”, “Quvnoqlar va zukkolar darsi”, “Musiqiy sayohat”, “Men
dirijyor” kabi texnologiyalarni ko`rsatish mumkin.
Mashg`ulotlarni loyihalashtirish deganda nimalar ko`zda tutiladi va bunda
nimalarga asoslaniladi? Quyida mashg`ulot jarayonini loyihalashtirish asosida
tashkil etish bosqichlarini keltiramiz:
Dars mavzusiga oid materiallarni to`plash (O`qituvchining mavzu bo`yicha
tayyorgarligi);
Mavzuni o`rganish maqsadi va vazifalarni aniqlab olish;
Dars turi, shakli, metod va vositalarini tanlash;
Loyihada ko`zda tutilgan tushuncha, bilim, ko`nikma, malakalarni
o`zlashtirish jarayonida sarflanadigan vaqt hajmini (Masalan, musiqa
darslarida har bir faoliyatga ajratiladigan vaqt me`yorini rejalashtirish)
hisobga olish;
Har bir bosqichda erishiladigan natijalarni asosini tashkil etuvchi
(topshiriq, amaliy ko`rsatib berish) mashq, misollar;
Mashg`ulotni tashkiliy tuzilmasi va yakuni, xulosalar;
Darsning qaysi qismi, uning turi (ma`ruza, amaliy, seminar, musiqa
darslarida esa qo`shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodxonligi) da
qo`llanishidan qat`iy nazar o`quvchilarni psixologik, fiziologik xususiyatlari,
tayyorgarlik darajalari (ovoz diapozoni, kuylash imkoniyatlari, yosh xususiyatlari)
hisobga olinishi lozim. Bu jarayonda asosiy e`tabor o`quvchilar faolligini oshirish,
mustaqil fikrlashga o`rgatish, ijodiy fikrlay olish, ijrochilik malakalarini o`stirish,
ehtiyoj va qiziqishlariga ko`ra ish yuritish, ularni ichki imkoniyat va iqtidorlarini
ishga solish, o`z – o`zini nazorat qilish, mustaqil bilim olish ko`nikmalarini
o`stirishga qaratilishi lozim.
Shu o`rinda ilg`or pedagogik texnologiyalarni o`quv sharoitiga tadbiq
etishning e`tiborga molik xususiyatlariga alohida to`xtalib o`tamiz:
Har qanday fanni o`rganishda o`quvchi – talabalar nafaqat o`qitiladi,
mustaqil o`qish, o`rganishga o`rgatilib boriladi;
13
O`quvchilarga beriladigan bilim, tushunchalar tayyor holda berilmaydi,
balki o`uvchilar mustaqil ravishda manbalardan foydalangan holda
mavzuga oid ma`lumot, axborotlarni yig`ish va o`rganishga o`rgatib
boriladi;
O`quv dasturi, darslik, qo`llanmalar, ma`ruza matnlari bilan ishlash
ko`nikmalari hosil qilinadi;
O`quvchi o`z fikrini bildira olish, himoya qila olish, isbotlashga
odatlantirib boriladi;
Hozirgi kunda respublikamizning barcha ta`lim tizimida, ayniqsa oliy
pedagogik ta`lim tizimida pedagog – kadrlar tayyorlashning sifat va
samaradorligini yuqori ko`tarishga katta ahamiyat berilmoqda va bu borada turli
pedagogik izlanishlar olib borilmoqda. Bu izlanishlarning aksariyati o`qitish
maqsadi va uning yuqori natijalariga erishishida ta`limga ilg`or pedagogik
texnologiyalarni kiritish orqali ta`lim samaradorligini oshirishga yo`naltirilgan
bo`lib, ta`limni texnologiyalashtirish eng muhim vazifalardan bo`lib turibdi.
O`qituvchining yuksak pedagogik mahorati, bilim darajasi shubhasiz ta`lim–
tarbiyaning muhim omillaridan biridir. Pedagogik mahorati yuqori, tajribali
o`qituvchi darsni shunchaki bayon qilib bermaydi. Buni musiqa darslari misolida
izohlaydigan bo`lsak, o`qituvchi avvalo o`zining so`z mahorati, cholg`u asbobida
chalish, qo`shiq kuylash, turli ko`rgazmali, texnik vositalardan foydalanishi darsni
qiziqarli va mazmunli kechishida katta rol o`ynaydi.
Musiqa darslarida aksariyat o`quvchilar o`qituvchiga taqlid qilib kuylashadi,
unga ergashadi, andoza oladi, o`qituvchining shaxsiy “namunasi” muhim ahamiyat
kasb etadi. Chunki darsda amaliy ijrochilik yetakchi o`rin tutadi, quruq bayonchilik
uslubi bilan hech qanday maqsadga erishib bo`lmaydi.
Puxta
tashkillashtirilgan
ilmiy
-
pedagogik
tayyorgarlik
ta`lim
samaradorligini ta`minlaydigan asosiy omillardan biri sanaladi. Ush bu jarayonda
faol ishtirok etuvchi o`qituvchilar muntazam ravishda o`zlarining pedagogik
mahoratlarini orttirib boradilar hamda ta`lim – tarbiya samaradorligini
ta`minlashda, kelajak uchun mas`ul barkamol avlodni kamolga yetkazishda
14
boshqalarga o`rnak bo`lib xizmat qiladilar. Demak har bir ta`lim bo`g`inida shu
jumladan umumta`lim maktablarida “Musiqa madaniyati” darslarini olib boruvchi
ilg`or
pedagoglarning
innovatsion
faoliyatlari
va
tajribalarini
doimiy
takomillashtirib, rag`batlantirib borish orqali yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Innovatsion faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish munosabati bilan ta`lim
jarayoniga ilg`or pedagogik texnologiyalarni kiritishda eng muhimi o`quvchilarni
ushbu faoliyatga tayyorgarligi va qiziqishlarini inobatga olish va kerakli
texnologiyani tanlash hisoblanadi.
O`quv muassasasi u maktabmi, kollejmi, oliy o`quv yurtimi u yerda asosiy
maqsad o`quvchi yoki talabaga bilim berish hisoblanadi. O`qituvchi bilim
berishdan tashqari bilim berishning eng qulay, samarali yo`llarini izlab, ta`lim
jarayonini qiziqarli va mazmunli o`tishini tashkil etadi. Bunday faoliyatning o`zini
ta`lim texnologiyasi deb atash mumkin. Ta`lim texnologiyasi (yunoncha “tehne” –
mahorat, san`at, “logos” – tushuncha, ta`limot ma`nolarini anglatadi) yoki
pedagogik texnologiyada pedagogik ta`lim berishning turli yo`l, usullarini o`z
faoliyatiga joriy etish bilan birga bu jarayonning natija berishiga ishonch hosil
qilish kerak.
Pedagogik
texnologiya
uchun
pedagogik
mashg`ulot
jarayonini
belgilashdagi muhim vaziyat va holatlar: o`quvchi yoki talaba bilim olish
jarayonida duch keladigan vazifalarni oldindan aniqlash, o’qitishning har bir
bosqichida ta’limning mazmuni (o’quv rejasi, dasturi, mavzu mohiyati, o’quv –
uslubiy manbalarni mavjudligi) ni belgilash, bilim va tushunchalar, ularn
murakkablik darajasi va hajmini o’quvchining bilim va malakalariga moslik
darajasini aniqlash, ta’lim – tarbiya shakllari va vositalari (qo’shimcha manbaalar,
savol-javob, munozara, test savollari, ko’rgazmaliliklar, texnik vositalar yordamida
eshitish, tinglash manbalari) ni tayyorlash; ta’limning natijasi va o’zlashtirish
darajasi sifatini baholash mezonlariga mos ravishda o’quvchining egallagan bilim
va malakalarini obyektiv baholash uchun dars va darsdan tashqari o’quvchiga
beriladigan vazifalarni rejalashtirish kabilar pedagogik texnologiyalarning
vazifalari hisoblanadi.
15
Pedagogika oliy o’quv yurtlarida bo’lg’usi o’qituvchilarni pedagogik
faoliyatga tayyorlash bo’yicha quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
1.
Texnologik
yondashuv
asosida
faoliyat
ko’rsatayotgan
o’qituvchilarning yangicha va samarali ish sirlari tajribalarini o’rganish;
2.
Pedagoglarning texnologik yondashuv faolligini oshirish va aksincha
unda to’sqinlik qilayotgan muammolar sabablarini aniqlash texnologik
yondashuv asosida ishlashning yanada samaraliroq yo’llarini izlash;
3.
Tajribali
o’qituvchilarning
darslarini
ilg’or
pedagogik
texnologiyalarini qo’llab o’tish borasidagi o’ziga xos usullari, ularni farqli
va o’xshash jihatlarini kamchilik va yutuqlarini aniqlab o’z faoliyatida
tadbiq etishga o’rganish.
Hozirgi davrda har bir o’qituvchi egallashi lozim bo’lgan ko’nikmalardan
biri – darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish va o’tkaza olish
ko’nikmasidir. O’z tarkibiga ko’ra bu ko’nikma ham serqirra va murakkabdir.
Ushbu yo’nalishdagi kuzatuvchilarimiz, tajribali pedagog o’qituvchilar bilan
suhbat va mavzuga oid o’quv uslubiy va ilmiy manbaalarni o’rganish natijasida
quyidagi xulosalarga keldik.
darslarni pedagogik texnologiya asosida tashkil etish uchun avvalo
o’quv mashg’ulotlari jarayonidan unumli foydalanish darsga nazariy va amaliy
tomondan puxta tayyorgarlik ko’rish lozim;
o’qituvchi o’quv mashg’ulotlari davomida egallagan va yanada
mustahkamlab borishi lozim bo’lgan nazariy, pedagogik –psixologik va metodik
bilimlarni amaliyotga ongli va samarali qo’llay olish;
pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish va aniq maqsad, loyiha
asosida tizimli olib borilishiga erishish;
Xullas, pedagogik texnologiya – ta’lim usuli, ma’lum ma’noda ta’lim
jarayoni, vositalari shakl va metodlari majmui. O’quv materiallarini tanlash, qayta
ishlab, o’quvchilarni kuchi imkoniyatlari, fanni o’zlashtirish darajasi fanni spesifik
tuzilishi xususiyatiga moslab shakli va hajmini o’zgartirish ham ta’lim
16
texnologiyasiga daxldor. O’qituvchining ta’lim jarayoni texnologik metodlar
asosida tashkil etishi ko’p jihatdan uning o’ziga bog’liqligi, bilimi ularni har birini
tashkiliy tuzilishi xususiyatlarini yaxshi bilishi ta’lim samaradorligi ta’minlashning
muhim kafolati bo’ladi. O`qituvchining pedagogik texnologiyalrini qo`llashida
ularni mazmunli va samarali tashkil etishga oid bilimlardan yaxshi habardor
bo`lishi qo`llanilgan texnologiyalarni dars samaradorligiga ijobiy ta’siri va
natijalarni tahlil qilish baholay olish, tegiushli xulosalar chiqara olishi, o`z
faoliyatiga tanqidiy munosabatda bo`lishi, o`zgalar nazari bilan baholash o`z
bilimlarini amaliy faoliyat bilan bog`lash o`quvchilarni darsda faol ishtirokini
ta’minlay olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ilg`or, interfaol
texnologiyalardan barcha fan o`qituvchilari, shu jumladan musiqa o`qituvchilari
yaxshi habardor bo`lishlari zarur. Chunki, ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va
vazifalari fan taraqqiyoti natijasida kengayib bormoqda. Shu jarayonda
o`qitishning shakl va usullari ha takomillashib bormoqda. Natijada inson
faoliyatining asosiy yo`nalishlari ya’ni ta’lim tizimida ta’lim va tarbiyadan ko`zda
tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatlarini beruvchi yaxlit tizimga,
ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda.
Shuni nazarda tutish kerakki, pedagogik texnologiya – bu jamiyat
ehtiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarini
samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo`naltirilgan o`quv jarayonini tizim
sifatida qarab, uni tashkil qiluvchilar, ya’ni o`qituvchining o`qitish vositalari
yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir sharoitda muayyan ketma-ketlikda
jo`rsatgan ta’sirini va ta’lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi
texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir.
Hozir ta’lim-tarbiya sohasidagi rivojlanib borayotgan yo`nalishlardan biri –
zamonaviy, ilg`or pedagogik texnologiyalarni o`quv jarayoniga qo`llash bo`lib,
uni amalgam oshirish bilan ta’lim sifatini oshirish eng dolzarb talab va
vazifalardandir.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o`z bilim va
tajribalarini o`sib kelayotgan avlodga o`rgatishdan iborat bo`lib, bu jarayonda
17
asosan, inson hayoti uchun zarur axborot (bilim, malaka, tajribalarni) avloddan
avlodga uzatish yo`lida amalgam oshiriladi. Ushbu aytilganlar asosida pedagogik
texnologiyaning quyidagi eng asosiy umumlashtirilgan ta’rifini keltirishimiz
mumkin: “Pedagogok texnologiya – barkamol insonni shakllantirish faoliyati”.
Pedagogik texnologiya axborotlarni o`zlashtirish, ulardan amalda foydalanish,
ulardagi yangi ma’no-mazmunni hamda axborotlar orasidagi turli bog`liqliklarni
ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o`rgatish jarayonidan iborat.
Demak, pedagogik texnologiya insonga oldindan belgilangan maqsad
bo`yicha ta’sir o`tkazish faoliyatidfan iborat. Shuningdek, o`quvchini mustaqil
fikrlash, mushohada qilish, bilim olish, darsning faol ishtirokchisiga aylanishini
o`rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
|