Tadqiqotning maqsadi: Umumta`lim maktablarida “Musiqa madaniyati”
darslarini interfaol uslublardan foydalangan holda tashkil etishning pedagogik
shart – sharoitlarini o`rganish va ilmiy – metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot vazifalari: -
Umumta`lim maktablarida musiqa madaniyati darslarini ilg`or
pedagogik
texnologiyalar
asosida tashkil etishning ahvoli va pedagogik shart –
sharoitlarini o`rganish;
-
Umumta`lim maktablari musiqa o`qituvchilari, musiqa pedagogikasi
bo`yicha pedagog - olimlar bilan suhbatlar o`tkazish;
-
Musiqa darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish
bo`yicha to`plangan tajribalarni o`rganish;
-
Musiqa darslarida ilg`or pedagogik
texnologiyalarni qo`llash shkl va
usullarini aniqlash;
-
Ilg`or pedagogik texnologiyalarning ta`limsamaradorligini oshirish
ko`rsatkichlarini baholash mezonlarini ishlab chiqish;
-
Musiqa darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish
orqali dars samaradorligiga erishishga oid ilmiy – metodik tavsiyalarni ishlab
chiqish.
Tadqiqot ob`ekti: Umumta`lim maktablari “Musiqa madaniyati”
darslarini ilg`or pedagogik texnologiyalar orqali tashkil etish jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Umumta`limmaktablarida “Musiqa madaniyati”
darslarini interfaol metodlar orqali tashkil etish mazmuni, tamoillari, bosqichlari.
Tadqiqot metodlari: Mavzuga doir ilmiy, uslubiy, musiqashunoslik,
pedagogik va psixologik adabiyotlarni o`rganish, tahlil qilish, pedagogik kuzatish,
ilg`or ish tajribalarni o`rganish, qiyoslash, umumlashtirish, savol – javob, anketa –
so`rov, tajriba – sinov ishlari va matematik statistika.