Alishe r navoiy nom idagi sam arqand davlat uni versiteti


II BOB: Musiqa madaniyati darslariga ilg`or pedagogik



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/31
tarix20.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#187227
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Kitob 6781 uzsmart.uz

II BOB: Musiqa madaniyati darslariga ilg`or pedagogik 
texnologiyalarni. tadbiq etish yo`llari. 
 
2.1. Musiqa o`qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash 
mazmuni. 
O`zbekiston Respublikasining taraqqiyoti va istiqbolini ta`minlash 
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalarda bo`layotgan o`zgarishlarga 
bog`liq bo`lib, bunday o`zgarishlarda faol ishtirok etish uchun kasbiy soha 
egalaridan yuqori darajadagi umumiy va maxsus bilimlar, intelektual salohiyat, 
keng dunyoqarash va axborot kommunikatsiyalaridan ustalik bilan foydalanish 
malakalariga ega bo`lishlik talab etiladi. Ana shu talablar asosida pedagog 
kadrlarni tayyorlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ta`kidlaganidek: “Bugungi kunda 
oldimizga qo`ygan buyuk maqsadlarimiz, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, 
jamiyatimizning yangilanib borishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli 
amalga oshirayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi, taqdiri, bularning 
barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan, yuqori malakali,ongli 
mutaxasis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog`liqligini 
barchamiz anglab yetmoqdamiz
1
”! 
Shuning uchun ham “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” maqsad va vazifalarini 
amalgam oshirishning birinchi bosqichida “Pedagog va ilmiy pedagog kadrlar 
tayyorlash hamda ularning malskasini oshirishni zamon talablariga javob 
berdigan darajada tashkil etish” belgilangan. 
Ikkinchi bosqichda ta`lim muassasalarining texnika va axborot bazasini
mustahkamlash davom ettiriladi, o’quv –tarbiya jarayoni yuqori sifatli o’quv 
adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlanadi. Shu ma’noda 
ilg’or pedagogik texnologiyalarni amalga joriy etish ham muhim ahamiyat kasb 
etadi. Shuning uchun ham o’qituvchi kasb mahoratini yanada takomillashtirish
pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil 
1
I. Karimov. Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.- Toshkent, Sharq, 1997. 5-bet


31
etish bilan bo’lg’usi o’qituvchilarni mazkur faoliyatga tayyorlash bugungi 
kunning muhim talablaridan biridir. 
Ta’limga texnologik yondashuv pedagogik jarayonga faol ta’sir etuvchi 
va uning samaradorligi, bir butunligi va muvoffaqiyatini belgilab beruvchi 
omillardan biri bo’lib hisoblanadi. 
Oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan bo’lajak o’qituvchilarni shu 
jumladan musiqa o’qituvchilarini ham, xozirgi zamon talablari asosida puxta 
kasbiy tayyorgarlikga ega, o’z kasbining mohir ustasi bo’lib yetishlariga asosiy 
e’tiborini qaratmoq fan va ta’lim qolaversa kadrlar tayyorlash tizimi oldiga 
qo’yilayogann eng dolzarb vazifalardandir. 
O’qituvchi qanchalik bilimdon o’z kasbini puxta egallagan va zamonaviy 
pedagogik texnologiyalardan mahironi foydalana oladigan bo’lsa, u kelajak 
avlodni ham shunchalik bilimdon har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalay 
oladi. Oliy pedagogik ta’limda bo’lajak musiqa o’qituvchilarni pedagogik 
faoliyatga tayyorlashda va musiqiy fanlardan –musiqa o’qitish metodikasi, 
musiqa nazariyasi va taxlili, xor va xorshunoslik, dirijyorlik, solfedjio kabilardan 
bilim va malakalari va eng muhimi o’z tanlagan kasblariga munosabati muhim 
o’rin tutadi. Bu borada musiqiy ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarni 
bilim, saviya, musiqiy tayyorganrlik va kasbga munosabatlari turlicha bo’lishini 
ham ta’kidlab o’tishi joiz. Bu o’rinda ularni uch toifaga ajratish mumkin: 
1.
Musiqa bo’yicha bazaviy ma’lumotga ega bo’lgan, kasbini 
sevadigan, kelgusida o’qituvchi bo’lish orzulari amalga oshishi uchun zarur 
bilim, ko’nikma va malakalarni chuqur egallashga astoydil intilib o’qiydigan 
talabalar; 
2.
Musiqaga ixtidori va qobiliyati mavjud, lekin, barcha fanlarga ham 
astoydil qiziqavermaydigan va o’zlarini kelajak faoliyatida zarurligini his 
qilmaydigan talabalar. Bular pedagogik faoliyatning turli tomonlarini puxta 
o’zlashtirib ololmaydilar. 
3.
Bu toifadagi talabalar o’quv yurtiga o’z xoxish – istaklariga qarshi 
majburan kirib qolgan bo’lib, bu ularni o’qishiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Ular 


32
pedagoglik kasbida o’qib turib kelajakda bu sohada ishlashni asosiy maqsad 
qilib qo’ymaydi. 
Bo’lajak o’qituvchilarni o’qish davomida innovasion faoliyatga 
tayyorlash ularni pedagogik faoliyatga tayyorlash ishlari bilan yaxlit bir 
butunlikda olib borilsagina bu faoliyat samarali va maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Musiqiy ta’lim yo’nalishida fanlar integrasiyasi shunday ko’rinish kasb etadiki 
har bir fan o’z navbatida ikkinchi, uchinchi va h.k. barcha musiqiy, amaliy – 
nazariy bilimlar jamlanmasini o’zida mujassamlashtirgan holda kerakli 
ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishni taqozo etadi. Masalan cholg’u asbobida 
ijrochilik mahoratini egallash uchun musiqa nazariyasi (musiqani ifoda 
vositalari), solfedjio, (nota o’qish) musiqa asarlari tahlilini, xor va xorshunoslik 
fanida esa vokal kuylash, nazariy savodxonlik, dirijyorlik, xor aranjirovkasi, 
asarlar tahlili bo’yicha ma’lum bilimlar zahirasi talab qilinadi. Shu bois har bir 
fan o’qituvchisi o’zi dars berayotgan fanning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib 
chiqib talabalarni pedagogik texnologiya faoliyatiga tayyorlab borishi kerak 
bo’ladi. Hozirgi kunda oily ta`lim tizimida buy o`nalishdagi ishlarni kuzatish va 
tahlil qilish shuni ko`rsatadiki musiqiy ta`limy o`nalishida faoliyat yuritayorgan 
professor – o`qituvchilarni aksariyati talabalarni texnologik faoliyatga 
tayyorlashga o`zini hech bir aloqasi yo`q deb biladi. Bu ish bilan shug`ullanishni 
“Pedagogika” fani yoki “Musiqa o`qitish nazariyasi va metodikasi” fani 
o`qituvchilarining ishi deb qarashadi, yoki umuman bu ishga e`tibor 
berishmaydi. Bunga sabab birinchidan professor – o`qituvchilarni o`zlarini 
ushbu faoliyatga tayyor emasliklari bo`lsa, ikkinchidan bo`lg`usi pedagog – 
kadrlarni texnologik faoliyatga tayyorlab borishning ijtimoiy, siyosiy zarurat 
sifatidagi mohiyatini tushunmasligidir. 
Bo`lajak musiqa o`qituvchilarini texnologik faoliyatga tayyorlash bir fan 
doirasida emas, barcha fanlarni o`qitilishida yaxlit tizim asosida tashkil 
etilsagina kutilgan natijaga erishish mumkin. Ya`ni musiqani xor va 
xorshunoslik, dirijyorlik, vocal ijrochiligi, cholg`u ijrochiligi, musiqa tarixi, 


33
musiqiy asarlar tahlili, musiqa o`qitish metodikasi (bu fanlar talabaning 
kelajakdagi musiqa o`qituvchilik faoliyatida muhim o`rin tutuvchi fanlar 
hisoblanadi) kabi fanlar o`qitilishi jarayonida kasbga tayyorlash va texnologik 
jarayonga tayyorlash ishlari bir – biri bilan uzviy bog`liq holda amalga oshirilsa 
va tadbirlarning (mashg`ulotlarning) har biri bosqichma – bosqich bo`lajak 
o`qituvchilarni ta`lim jarayonini mohirona ilg`or pedagogik texnologiya asosida 
tashkil etishga tayyorlasagina u bir butun tizim sifatida samaradorlik kasb etadi.
Bo`lajak o`qituvchilarni ta`lim jarayonida texnologik yondashuvga 
tayyorlashda ayniqsa pedagogik amaliyot muhim o`rin egallaydi. Hozirgi kunda 
musiqiy 
ta`lim 
ixtisosligining 
har 
bir 
bosqichida 
talabalar 
o`quv, 
malakaviyamaliyotga chiqadilar. Birinchi kursda 2 hafta, 2-3-kurslarda 4 
haftalik, 4 – kursda esa 14 haftalik pedagogik amaliyotlar ularni kasbga 
tayyorlashda muhim davrni tashkil etadi. Agar mana shu jarayonda talabalarni 
pedagogik texnologik tayyorgarligiga e`tabor qilinmasa, u holda xuddi biz 
yuqorida ta`kidlaganimizdek muammo vujudga keladi. Chunki amaliy ish 
faoliyatidagiga nisbatan talabalik davrida pedagogik texnologiyalar va ularni 
dars jarayonida qo`llash, tadbiq etish malakalarini egallash ancha qulay, samarali 
va zamonaviy talablarga mos bo`ladi.
Pedagogik amaliyotlar jarayonida talabalar o`zlarida yetishmayotgan 
kamchiliklarni aniqlaydilar, ularni tuzatish ustida ishlaydilar, bu jarayon ular 
uchun obrazli qilib aytganda “katta konsart oldidan generalniy repetitsiya” 
vazifasini o`taydi. Bu jarayonda ular erkin holda o`zlarini sinab ko`radilar, 
ularning kasbiy tayyorgarligi, pedagogic faoliyatni ilg`or pedagogik 
texnologiyalar bilan bog`liqlikda olib bora olishi yoki yo`qligi masalasi 
oydinlashadi. Shu bilan birga talabalar faqat pedagogik amaliyot jarayonidagina 
o`qituvchilik kasbining turli – tuman, qiyin va ijodiy tomonlarini bevosita ko`rib, 
boshdan kechiradilar.
Kuzatuvlarimiz yaxshi tashkil etilgan pedagogik amaliyot jarayonida 
bo`lajak o`qituvchilarni kasbiy shakllanishi yanada faol kechishini ko`rsatdi. 
Chunki, doimiy ravishda ilg`or, tajribali o`qituvchilar bilan bo`lgan aloqa, 


34
ularning ijodiy ishlarini bevosita kuzatish, o`rganish, eng yaxshi tajribalarni 
egallashlari va o`zlashtirishlariga yordam beradi.
Hozirgi davrda har bir o`qituvchi egallashi lozim bo`lgan eng muhim 
ko`nikmalardan biri darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish va 
o`tkaza olish ko`nikmasidir. O`z tarkibiga ko`ra bu ko`nikma anchagina 
murakkabdir. Buning uchun: 
Talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlash va unga oid ko`nikma 
va malakalarni shakllantirish uchun avvalo o`quv – biluv faoliyatidan unumli 
foydalana bilish, talabalarni har bir fan o`qitilishida pedagogik texnologiyalarni 
qo`llay olish mahoratlarini egallab borishlariga erishish zarur. Masalan, 
dirijyorlik mashg`ulotlari jarayonida “Talaba treningi”, “Men dirijyor”, 
“Klaster”, Musiqa nazariyasi fanini o`tishda “Aqliy hujum”, “Skarabey”, “Bahs - 
munozara”, “Muloqot”, “Guruh bo`lib ishlash”, Xor va xorshunoslik asoslari 
mashg`ulotlarida “Kichik guruhlar holiday ishlash”, “Individual ishlash”, 
“Differensial guruhlarga bo`lish”, “Multimedia texnologiyasi”, “Konsert darsi”, 
Musiqa tarixi fanini o`tishda “Muammoli vaziyat”, “Viktorina darsi”, “Savol - 
javob”, Cholg`u ijrochiligi darsini o`qitishda “Kuyni davom ettir”, “Dars 
sayohat”, “Konkurs darslar” texnologiyalarini qo`llash va talabalarni bunday 
faoliyatga tayyorlab borish mumkin.
Pedagogik faoliyatga texnologik jihatdan talabalarni tayyorlash 
talaba o`quv mashg`ulotlari davomida egallagan va amaliy mashg`ulotlar, 
pedagogik amaliyotlar davomida mustahkamlab borish lozim bo`lgan nazariy 
psixologik, pedagogik va metodik bilimlarni amalda ongli, ishonchli va 
muvaffaqqiyatli qo`llay olishiga ko`p jihatdan bog`liqdir. 


35

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin