Alishe r navoiy nom idagi sam arqand davlat uni versiteti


 Musiqa darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalarni tadbiq



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/31
tarix20.12.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#187227
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Kitob 6781 uzsmart.uz

2.2. Musiqa darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalarni tadbiq 
etish texnologiyasi. 
Umumta`lim maktablari “musiqa madaniyati” darslarida musiqa ta`limi 
va tarbiyasini amalga oshira borar ekanmiz,o`qituvchi oldida o`quvchilarni eng 
avvalo musiqa san`atiga, o`zi o`tayotgan darsga, berilayotgan bilimlar, 
o`rganilayotgan kuy – qo`shiqlarga qiziqish va havas uyg`otish vazifasi turmog`i 
lozim. Maktabda, ayniqsa boshlang`ich sinflarda qo`shiq aytish,musiqa 
tinglashga bo`lgan qiziqish va moyillik, asta – sekin yoshlarning musiqa 
san`atiga bo`lgan ijobiy munosabatlari, qolaversa ehtiyojlarining rivojlanib, 
shakllanib borishida muhim o`rin tutadi.
Musiqa darsi o`z tabiatiga ko`ra ham san`at, ham tarbiya darsidir. Uni 
rang –barang, sermazmun va qiziqarli tashkil qilish har bir o`qituvchidan katta 
pedagogik va professional mahorat talab qiladai . “Bolalarni san`atga o`rgatish 
nihoyatda murakkab” – deb ta`kidlaydi taniqli kompozitor – pedagog 
D.B.Kabalevskiy, - hamma murakkabligi shundaki, ularni emotsional tarzda 
qiziqtirmay turib chinakam san`atga o`rgatish mutlaqo mumkin emas.
Bu o`rinda musiqiy mashg`ulotlar jarayonida o`quvchilarning ijodiy 
faolligini ta`minlash alohida ahamiyatga molik. Musiqani tushunish, uning 
hissiy - emotsional ta`siridan bahramand bo`lish bilim, malaka va ko`nikmalar 
qatori emotsional his – tuyg`ularning ishtirokiga ham bog`liq. Asarni ijro va 
idrok etishda his – tuyg`ular qanchalik faol va chuqur bo`lsa, ularni tushunish va 
o`zlashtirish, ta`sirlanish shuncha ongli va samarali bo`ladi. Bu holatlar esa o`z 
o`rnida ijodiy faollik natijasida sodir bo`ladigan jarayondir. Zero, zerikarli va bir 
xillik sinfda jonli hissiyot holatini vujudga keltira olmaydi. O`quvchilarni darsga 
qiziqtirish birinchi navbatda tinglash va ijro etish uchun tanlanadigan repertuar 
va uslublarga (an`anaviy yoki interfaol metodlar) bog`liq.Boshlang`ich sinflar 
uchun tanlanadigan asarlar repertuarining asosiy mezoni ularning yoshi, 
qiziqishi, bilim va malakalari, ko`nikmalari darajasiga bog`liq.
Shunga muvofiq qo`llaniladigan metodlar ham ko`proq o`yin xarakterida 
bo`lishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Sho`x, o`yinbop, raqs ishtirokida turli 


40
musobaqa tarzida uyushtiriladigan va tematikasi bolalar dunyosiga mos ertak 
qahramonlari, hayvonlar, parrandalar, o`simliklar, tabiat manzaralari, qushlar 
obrazlari bilan bog`liq asarlar o`quvchilarda darsga nisbatan qiziqish va havas 
uyg`ota oladi, estetik hissiyotlarini, musiqiy qobilyatlarini o`stirib boradi. Bu 
o`rinda zamonaviy qo`shiqlar qatori xalq qo`shiqlaridan, qardosh xalqlar va 
kompozitorlari asarlaridan foydalanish darslarni yanada sermazmun va faol 
bo`lishini ta`minlaydi, yoshlarda xalq musiqa merosiga bo`lgan mehr va 
muhabbat tuyg`ularini shakllanishiga kuchli ta`sir etadi. Har bir darsda ijodiy 
faollik yuzaga keladi.
Zamonaviy musiqa madaniyati darslarini badiiy – pedagogik asar deb 
hisoblash mumkin. Chunki uni o`qituvchi o`z individual ijodidan va tajribasidan 
kelib chiqqan holda yaratadi. Darsning kompozitsiyasi va dramaturgiyasi, uning 
badiiy – pedagogik g`oyasi, maqsad va vazifalari, shakllari, metodik usullari va 
texnologiyalari ham o`quvchilarda musiqaga, o`quv materiallariga qiziqishni 
o`stirish, ularga musiqa san`ati va madaniyatining ma`naviy mazmunini 
singdirish, zamonaviy musiqali ijodiy faoliyatni anglashi – bularning hammasi 
o`qituvchining ijodiy yondashuvchanligining mahsuli hisoblanadi.
O`qituvchi musiqa darsini (bir soatlik) rejasini tuzganda maqsad, 
vazifasini, mavzusini, turini va o`qitish shakllarini, musiqiy faoliyatlarni va ular 
mazmunida o`quvchilarga beriladigan bilimlar, qo`llaniladigan uslublar, 
texnologiyalarni aniqlab, so`ng darsning senariysini yaratadi. Darsning har bir 
faoliyati: musiqa tinglash, jamoa bo`lib kuylash, musiqa savodi, ritmik 
harakatlar, musiqa cholg`u asboblarida jo`r bo`lish, o`yinlar – bir – biri bilan 
bog`lanib , uzviylashtirilgan bo`lishi kerak. Bunda o`quvchilarni darsga faol 
qatnashtirish uchun turli xil texnologiyalar, vositalar, metod va usullar 
qo`llaniladi.
Ma`lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta`limning yangi loyihasini 
rivojlantiruvchi ta`lim tamoillariga asoslangan bo`lib, o`quvchi shaxsiga 
yo`naltirilgan bo`lishi kerak. O`qituvchi va o`quvchi, o`quvchilar va 
o`qituvchining hamkorligi o`zaro muloqot, bir – biriga ko`rsatadigan ta`siri 


41
zamonaviy talablar asosida tashkil topishi lozim. Bunday jarayonda o`quvchilar 
bilan hamkorlikda ishlash malakalari shakllanadi. O`quvchilarning faol, samarali 
faoliyat ko`rsatishiga yo`naltirilgan ta`lim jarayonining metodik ishlanmasidan 
farqli ravishda, ta`limning pedagogik texnologiyasi ta`lim oluvchilarga 
qaratiladi, shuningdek,ularning shaxsiy va o`qituvchi bilan birgalikdagi 
faoliyatini hisobga olgan holda o`quv materialini o`zlashtirishiga sharoit 
yaratadi.
Pedagogik texnologiya turini tanlash dars va mashg`ulotlarda qaysi 
darajadagi bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirish nazarda tutilganligiga bog`liqdir.
O`qitish jarayonida qo`llaniladigan texnologiyalar juda ko`p. Bu texnologiyalar 
o`quvchilarning yosh xususiyatiga, ko`pchilikni o`qitishga yoki individual 
mashg`ulotlarga mo`ljallangan bo`ladi.
Hozirgai kunda yangi pedagogik texnologiyalarni o`quv jarayoniga 
tadbiq etishga bo`lgan qiziqish kundan – kunga kuchayib bormoqda. Chunki, 
pedagogik texnologiya va interfaol metodlar o`quvchi yoshlarni puxta bilim va 
malakalarni egallashlarini yengillashtiradi, qulaylik tug`diradi. Shu o`rinda biz 
o`zimizning amaliy tajribamizda qo`llagan ayrim texnologiyalarga qisqacha 
to`xtalib o`tamiz.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin