Ishning yozilishida qo’lanilgan metod
Albatta, boshlang’ich ta’lim maktablarining 1-2-3-4 sinf «O’qish kitobi» darsliklariga kiritilgan mavzular, xususan Safar Barnoyev, Miraziz A’zam Tursunboy Adashboyev asarlarini, she’rlarini o’qish va o’rganish, mustaqil ishlar tashkil qilish o’qituvchi tomonidan uning rahbarligi ostida o’tkaziladi. Bu o’z navbatida, o’qituvchi tomonidan puxta o’ylangan, rejalashtirilgan, ma’lum sistemaga solingan va mazmunli bo’lishi talab qilinadi.
Biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizni Past Darg’om tumanidagi 53 umum ta’lim maktabining 4 sinfda o’tkazgan tajribamiz asosida yoritishga lozim topdik.
4 – sinfimizda hozirgi kunda 42 talaba tahsil olayapti. Bilim va tajribamizga tayangan holda, shuningdek, pedagogik amaliyot o’tgan maktabdagi o’qituvchilarning ish tajribasiga suyangan holda yoritishda harakat qildik.
Dostları ilə paylaş: |