O’qishning o’ziga xos turlari.
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarni o`qishning bir necha turlari yani, ongli, tez, to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatib boriladi. O`qituvchi ongli tez, to`g`ri, ifodali o`qishga o`rganishda ulgurmayotgan o`quvchilar bilan qanday ishlar olib borish kerak?
To`g`ri o`qish tushinarli qilib xatosiz o`qishdir. Ma`lumki ayrim o`quvchilar ko`pincha ba`zi xarflarni tushurib, bog`inlar, so`zlarning o`rnini o`zgartirib o`qiydilar. Bunday xatolarga yo`l qo`ymasliklari uchun qiynalib o`qiydigan o`quvchilarga katta xajmdagi matnlarni qismlarga bo`lib o`qishni tavsiya qilish anchagina yengillik yaratadi. To`g`ri o`qishga o`rgatish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish mumkin:
-dastlab 3-4 bo`g`inli so`zlarni o`qish , 5-6 bo`ginli so`zlarni esa bo`g`inlarga bo`lgan xolda o`qish;
-tanish matnlarni o`qitishda o`qish surati biroz oshiriladi. Shunday qilinganda bolalar notanish matnlarni ham tutilmay o`qish malakasiga ega bo`ladilar;
-to`g`ri o`qishni bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar o`zlashtirishi uchun tovush, bo`g`in va so`zlarni to`g`ri, aniq, sof talaffuz etish katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, talaffuzda p yozuvda esa b yoziladigan so`zlarni to`g`ri o`qushga o`rgatish (oftob,serob); r tovushini l, y deb (bayroq,-bayloq,o`rtoq-o`ytoq) talaffuz etishlarining oldini olish uchun bunday so`zlar yo`zilgan ko`rgazmalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: |