Alisher Navoiy (1441 -1501)



Yüklə 31,48 Kb.
səhifə3/6
tarix03.02.2022
ölçüsü31,48 Kb.
#52028
1   2   3   4   5   6
Alisher Navoiy

SHER BILAN DURROJ

Bor edi bir beshada bir tund sher,

Vahshat aro ko‘k asadidek daler.

Chun bo‘lur erdi bolalab zavqnok,

Mo‘r bolasin qilur erdi halok.

Tishlabon ul moyai (moyayi) payvandini,

Og‘zida asrar edi farzandini.

Bor edi durroje o‘shul beshada,

Sheri jayon vahmidin andeshada.

Sherki tishlab bolasin dam-badam,

Beshada har yon qo‘yar erdi qadam.

Yetgach aning boshi uza nogahon,

Fir eta uchsa edi ul notavon.

Vahm ila seskanmak o‘lub sher ishi,

O‘lturur erdi bolasig‘a tishi.

Tish bila aylab bolasi yorasin,

Yora etib o‘z jigari porasin.

Doyim anga bu g‘am aro g‘am edi,

Ham neki (G’am neki) , motam uza motam edi.

Ko‘ngli bu ishdin bo‘lub ozorliq,

Boshladi durroj bila yorliq.

Dediki: mendin sanga yo‘q qasd-u kiyn,

Emin o‘l-u bil meni dog‘i amin.

Vahmni qo‘y, hamdam-u hamrozim o‘l,

Aysh-u tarab vaqti navosozim o‘l.

Men dog‘i lahning eshitib shod o‘lay,

Nag‘mang ila qayg‘udin ozod o‘lay.

Shart bukim, yetsa gazande sanga,

Solsa falak hiylasi bande sanga.

Lutf qo‘lin holinga hamdast etay,

Xasmni bir panja bila past etay.

Ko‘rguzub ixlos ishida ixtisos,

Seni aduv domidin aylay xalos.

Sher ko‘p afsun bila chun qildi jahd,

Sidq ila durroj dog‘i qildi ahd.

Andoq aro yerda ayon bo‘ldi mehr,

Kim hasad eltur edi andin sipehr (andin sirehr) .

Qaydaki orom tutub sharza sher,

Girdida durroj uchubon daler,

Boshig‘a parvoz ila gardishnamoy (ila gardish namoy),

O‘ylaki sulton boshi uzra humoy.

Sher eshitib aning ilhonini,

Fahm qilib savtida yolg‘onini,

Der edi, yolg‘on demakim shum erur,

Kizb tuz el ollida mazmum erur.

Pand eshitmas edi durroji mast,

Kizbdin etmas edi afg‘onni past.

Bir kun aning qasdig‘a bir saydgar,

Hodisa domin yoyib erdi magar.

Dona bila suv sari qilg‘och xirom,

Tortti sayyod aning ustiga dom.

Qichqiribon dom aro ul mubtalo,

Necha dedi, tot, meni tuttilo.

Sher qulog‘ig‘a yetib ul maqol,

Savtini doyimg‘idek etti xayol.

Ko‘p eshitib erdi bu yolg‘onini,

O‘yla gumon etti chin afg‘onini.

Har nechakim rost fig‘on ayladi,

Sidqini ham kizb gumon ayladi.

Maxlasiga (Maxlasig’a) aylamadi iltifot,

Toki anga munqati o‘ldi hayot.

Har kishikim rostni bexost der,

Aytsa yolg‘on dog‘i el rost der.

So‘zda, Navoiy, ne desang, chin degil,

Rost navo nag‘mag‘a tahsin degil.


Yüklə 31,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin