Alisher navoiy h ayrat ul-abror



Yüklə 204,58 Kb.
səhifə17/50
tarix20.10.2022
ölçüsü204,58 Kb.
#65635
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Ey Navoiy, xudo senga shunday yor bersa,
Sen ham unga boshing bilan joningni fido qilgin.
Unga Porso laqab bo‘lib kelgan, o‘zi esa asr nodiri bo‘lsa, uning o‘g‘li Xoja Abu Nasr edi. Otasi dunyoni sevmaslikda eng pokiza shohlardan bo‘lsa, o‘g‘li xuddi shunday pokiza shahzoda edi.
Xoja Makka tomon yo‘l olgach, Xoja Abu Nasr ham u bilan birga borishga jazm qildi. Ota soliki atvor - lasawuf peshvolaridan shayxlik bilan shug‘ullansa, o‘g‘li unga mahrami asrorlik qilardi. Ota sahroda qaysi tomonga qarab bir qadain tashlasa, o‘g‘il ham shunday bir qadam tashlab borardi.
Bir necha kun sahroda kezishgach, ko‘zlagan maqsadlarig’a yetdilar. Xalq haj arkonlarini tamomlagach, yaxshiyu yomon, murshidu solik bir ulug‘ kishining xalq istaklarini ado etib,
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
barcha xaloyiqni duo qilishni istadilar. To‘planganlarning barchasi Xojaga ko‘z tikdilar. Bu ish Xoja zimniasiga yuklatilgach, Xoja Abu Nasrga ishora qilib aytdiki: “U menga ilmda teng, lekin bu xil baland ish unga loyiqdir. Yo‘lda rahbari boMmagan har kishi adashishi mumkin. Men hamrohsiz edim, Tangri menga uni yoMdosh ayladi. U yo‘l bo‘yi meni parvarishlab keldi. Qiyin yo‘llarimni osonlashtirib, bexatar ayladi. Men hayotimdan xavotir olsam, u men haqimda tashvish chekib, o‘zida Haqni ham, meni ham fikrlar edi”. Shunday dedi-da, u eliga ishorat qildi, uzr uchun yo‘l qoldirmadi. Sham’ kabi ko‘z yoshi to‘kib, ichi kuygan arordek bo‘lib, rahmatu aiv istagini bayon qilib, Xoja o‘rnidan turib omin qilib turardi. So‘nggi duo bu bo‘ldikim: “Yo Iloh, senga uyalganimdan panoh so‘rab iltijo qilyapman, men tilak tilash ilmini bilmasam, mening ominimni zoye’ aylama. Bunda otamdek kishi zimmamga bu ishni yukladi”.

Yüklə 204,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin