Oshiq ani bilki, erur dardnok, Ham tili, ham ko'ziyu ham ko'ngli pok. Ishq oshiqni o‘zligidan poklagan boiib, balki fano o‘tiga xashak etgan boisa, dardini yashirganidan yuzi sarg‘ayib, ko‘z yoshini oqizaverganidan ko‘zi arig4 boisa, dard yukidan qaddi egilib, qaddi 44dol” harfiga o4xshab qolgan bo‘lsa, xayolidan boshqalar xayolini chiqarib, jonini faqat jononi xayoli bilan toidirgan boisa, yor nomidan boshqa so‘zi boimasa, jonida jonon g4amidan o4zga g4am bo4lmasa, har tarafga qaraganda, faqat yori jamolinigina ko4rsa, ana shunday oshiqnigina haqiqiy oshiq sanash mumkin. Hatto o4zligi ham bartaraf bo‘lib, ko4z tashlaganda faqat yorni ko4rsa, sevgida shu tarzda mag4lub boigan oshiqqina muhabbatda sodiq boia Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi oladi. Shunday muhabbatgina unga o‘zligini unuttira oladi. Bunday oshiq o'zlig’ini unutib, uydan tashqari chiqqisi kelmay qoladi. Shunda uning do‘stlari uydan tashqari chiqmayotgani uchun malomat qilsalar, jannat va’dasi bilan ovutib, ishq o‘tidan ko'nglini sovutsalar, u guzaru xiyobon sari yo‘l olib, dashtda to‘p-to‘p odamlarni ko‘rib, o‘sha odamlar ichidagi go‘zal chehrali sohibjamol o‘zining parivash husni bilan uni o‘ziga rom qiladi. May o‘ti ruxsoridan yuz gul ochilib, birini dastoriga qistirib olgan, husni o‘ti shu’lasi gulzorga o‘xshaydi. Gulzorining har tomonida gulnor ko‘rinadi. Qoshlari oy ustidagi hilolni eslatadi, ul hilollar oshiq ahlini devona qiladi. Haligi qoshlar ulusni qatl qilinoq uchun boshqalarini yaqinlashtirib maslahat ko‘radilar. Zulfining sunbullari ustma-ust tushgan. 0‘tli ko‘zlari noz bilan har yonga boqadi. Lablarida hayot qatrasi qotib qolgandek, yo‘q, balo chashmasidan jon tomib turgandek ko‘rinadi. Bu qanday jamol namoyishi, ey ko‘ngul? Balki gulistoni Xalil, ey ko‘ngil. Shunday jamol bilan javlon qilib oshiq boshiga yetib kelsa, tuproq o‘lishdan boshqa chorasi qolmaydi oshiqning. Ustidagi odam o‘ldiruvchi xalqni devona qilib oldirishi muqarrar. Ul chog‘ Shibliyu Zunnun bo‘lsa ham, ko‘plarni majnun qiladi. Din ularning motamiga hoy-hoy chekib, aql piri bolalardek borlig‘ini tishlab qoladi. Ruhul-amin, ya’ni Azroil ham unga boqib, og‘zidan so‘lakayi oqadi. Ko‘rmagan el bu o‘tdan omon qoladi-yu, ko‘rib kul bo‘lmoq ham yomon emas. Kimki kirlangan, nopok bo‘lsa, bu tozalovchi o‘t orasiga kirsa, pokroq bo‘lib chiqadi. Kimga bu xil kuyish odat bo‘lsa, dunyoda saodat topadi. Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi