Alisher navoiy h ayrat ul-abror


Yaxshiroq ul umrdin o ‘Imoq yiroq



Yüklə 204,58 Kb.
səhifə35/50
tarix20.10.2022
ölçüsü204,58 Kb.
#65635
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
Yaxshiroq ul umrdin o ‘Imoq yiroq,
Umr nekim, an din ollum yaxshiroq.
0‘n sakkizinchi maqolat FALAK G‘AMXONASI HAQIDA
Aqlli kishilar uchun olam bir zindondir, unga maftun boigan kishi esa nodondir. 0‘z qobiliyatingni bu nomaiumlik bilan band etma. Bu yumaloq dunyo hammani oxiri tuproq ostiga jo qiladi. Shunday ekan o‘sha g‘amdan iztirobga tushib, o‘zingni oiimdan burun halok etishingning zaruriyati bormi? Oiimni o‘ylab muncha motam tutishing nimasi? Motamni senga amakiyu tog‘alaring tutaverishadi. Shunday ekan, joningga alam solib, bir g'amning o‘miga ikki g‘am yemagil. 0‘y-tikrlaring bilan jismingni azobga tashlama, bir ranjingni ikki ranj aylama. Ko‘ksingdagi dog‘ iztirobini kamaytirish o‘rniga dog‘ ustiga dog‘ qo‘yib nima qilasan?
Falakdan yetgan jafolarni unut, nimaki mushkul, og‘ir boisa - oson tut. Bu olamda g‘am yemay yashaydiganlarni shod deb bil, chunki bu dahr ishi g‘am yeyishga arzimaydi. Chunki jahon bog‘i vafosiz, undagi umr guli baqosiz, vaqtincha. 0‘zining atirguliga vafo boimagan bog‘da atirgul ham bunday boqqa vafodor bo‘larmidi? Shunday bog‘ orom olishga loyiqmi? Bunday guldan dimog‘ muattar boiarmidi? Bu umrning o‘tgan ishlari maqtanarli emas, o‘tgan narsa uchun g‘am chekish ham ortiqcha.
Oqil odain bu dunyoga kelish sababini ayta olmaydi, chunki ma’luni boimagan narsa haqida gapirishning iloji yo‘q. Kelishingu ketmagingni bilish ilojsiz ekan, holingga ralim aylagin-u, azob chekaverma. Xursand boiish uchun (jachon bir pavtni topsang, g‘animat bilib undan foydalanaber.
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
Har nafasing chiroyli bir javhardir. 0‘sha bir nafas sening yaqin bir dotting. U hayot nafasigina emas, inson javhari, javhar emas, hayot suvi ushbudir.
Shu bir nafas boimasa, el qayoqdan tirik boiardi? Barcha zot uning bilan tirikdir, uni hayot suvi desam xato boimaydi. Demak, uni muqaddas nafas degil, balki muqaddasgina emas, aqdas, ya’ni eng muqaddas narsa deb bil.
Shunday g‘animat narsa senga hamnafas, biron nafas ham sen usiz boiolmaysan. Sening saboting - barqarorliging, yurish-turishingu sening xayoling shu bir nafas tufaylidir. Sen uni ranju g‘am bilan o'tkazib, yuz alamu motam ila o‘tkazib, e’tiborsizlik bilan uni xor qilib, har xil so‘zlarga sarf etib yurding. Kel, endi bu johillikdan voz kechib, aqling bilan ish ko‘r. Nafasingga boshqa zulm berma! Shunday ulug‘ ne’matni Alloh senga yaxshilik qilib berib qo‘ygan ekan, bir nafas nasihatlariga quloq tutuvchi bo‘1.
Ko‘rgin, Haq senga qanday ajoyib ne’matlar baxsh etdi, qanchalik ehsonu armug‘onlar berdi? Biri buki, olam sohibi seni hayvon yo o‘simlik, yo biron jonsiz tabiat parchasi qilib yaratmadi. U senga yaxshilikni ravo ko‘rib, inson qilib, din yoiida musulmon qilib yaratdi. Ko‘rar ko‘z, eshitur quloq, aytur til, atimi anglash uchun dimog4 berdi; ovqat ushlash uchun qo‘l, yurish uchun oyoq berdi. Yemoq-ichmog‘ing uchun yuz xil ne’mat berib, ularning har birisiga ta’mu shakl baxsh etdi. Sen uchun shuncha rango-rang liboslar berdiki, ularning sanogiga ham yetib boimaydi. Shuningdek, dala-qirlar, tog‘u cho‘qqilarda minib yurish uchun turli markablar yaratdi. Oqar suvlarga serob boigan jannat misol bogiami ham senga armug‘on etdi.
Bu in’omu va atolar bir boidi-yu, aql javhari yana bir taraf boidi.

Yüklə 204,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin