Ziynati andokqi, badan paykari, Vus’ati andokqi, ko'ngid kishvari. Aytma kishvar, deki bog‘i Emm, Demti Eram, aytki Baytidharam. Hirotning davrini yuz yilda ham kezib chiqish mahol. Qo‘rg‘onining ko‘rinishi shunchalik balandki, osmon ham uning oldida uyaladi. Arki to‘qqiz osmondan buyukroq. Devon kunguridagi mehr kabi dumaloq teshiklar go‘yo barcha farishta ahliga mehroblar. Tili falak kirgucha darvozasi. Chuqur xandaqlari uni yerning ostki pardasidan ajratib turarli darajada. To‘rt tarafida bozor jadvali, kirgan barcha odamlar unga xaridor. Kirsa chiqar yo‘lini topolmay barchaning aqli shoshadi. Masjidi Jome’ - yana bir olam, shahar bir jahon bo‘lsa, masjid bilan shahar bir-birining ichida nihon. Masjidining minbari Mushtariygacha yetadi. Oy bu ajoyib shaharni qavsi kuzax hay’ati kabi yoritib turadi. Shahar ichida binolar behisob, qal’asining tashqarisida esa sonsiz-sanoqsiz uylar ko‘pligidan ularni mahallalarga ajratib, ularning otini ham Hirot deb qo‘yganlar. Bunday shaharchalar ham yuz shahr keladi. Bu aytilganlar Xuroson ta’rifining o4ndan biri, xolos. Mamlakat shoh iksofi tufayli shunday sharaf topdi, uning sifatlaridan aqllar lol qoladi. Hech so‘zsiz, Xisravi G‘ozi - Husayn Boyqaro adolatiga hamma lol. Uning adolatini Anishirvon o‘rgansa, shogirdlikni havas qilib, yuz ishidan bir ishinigina - adolatnigina o‘rganardi, lekin islomni olrganmasdi. Odamzod aro nomi qolib, oti yuzlarcha shohlar otidek qolsa ajab emas. Olam bani Odam bilan, bani odam olam ichinda ekan, adl bilan olam yuzin obod qil: