Alisher navoiy h ayrat ul-abror


Asm} Navoiy, bu nafas mug‘tanam



Yüklə 204,58 Kb.
səhifə38/50
tarix20.10.2022
ölçüsü204,58 Kb.
#65635
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
Asm} Navoiy, bu nafas mug‘tanam,
Lek dcgil, har nafase shukr ham.
Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi
0‘n to‘qqizinchi maqolat
XUROSON BAYONIDA
Alloh jahon ashyosini vujudga keltirgach, charx - olamni paydoyu nihon ayladi. Yetti falakni yumaloq qilib yasadi-yu, har birini bir sham’ bilan yoritdi. Oltitasi gar sham’ porlab turuvchi bo‘lsa, lekin biri nurli mash’aldir. Uchtasini quyiga, uchtasini yuqoriga joylashtirdi. Mash-alani esa to‘rtinchi uyga joylashtirdi. Mash’ala emas, porloq dur, durgina emas, yaltiroq quyosh degil. Ko‘kning yetti iqlimida sulton ham ul, boshqalari tan bo‘lsa, jon ham uldir.
Xuddi yulduzlar yetti taqsim qilingandek, jahon ham yetti iqlimga bo‘lingan. Ular bir-birlaridan quwat oladilar, bir- birlarini. tarbiya ham qiladilar. Quyosh bu olti duraxshandaga fotiq - rahbar hisoblanib, iqlimi ham o‘ziga xosdir. Quyosh o‘z nurin orom aylasa, yulduz ko‘zga ko‘rinadimi? To‘rtinchi charx - ma’vosidir, o‘sha iqlimning murabbosidir. Yerda bu iqlim yoqimli bo‘lib, ko‘kda quyosh gumbazidek tengsizdir.
Yer o‘lchashni ham alohida bir fan - masohat fani del) ataydilar, shuning uchun to‘rtinchi iqlim deyishadi uni.
Go‘zallikda jannat bog‘idir u, jannat bog‘ini ham qo‘yaver, mulki Xurosondir u: maydoni to‘rtinchi falakdan kengroq, darajasi yettinchi osmondan yuksakroq. Hududida shahr son- sanoqsiz, har birining bezaklari haddan tashqari ko‘p. Shaharlari go'zallikda jannatning o‘zginasi. Yaxshi odamlari u jannat bog‘idagi hurlarning o‘zginasi.
Tog‘lari oldida falak sodda bir dashtga o‘xshaydi, barchasining ko‘ksida yuz xil kon, u konlarni rang-barang javohirlar o‘ziga makon qilib olgandi, chashmasidagi suvni ko‘rib ham bo‘lmaydi, bu suvlar kondan oqib chiqqani uchun ham javohirga aylangandir.

Yüklə 204,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin