Olloh-olloh, ne Hiri, bu Hiri, Bir-biridun turfa uning har bin. Ikkita turg‘un yulduzi falakidan nishon bo‘lsa, ikki xiyoboni - ikki tomon yo‘li. Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi Madrasalari biri birisidan ulug‘vor. Mudarrislari ajoyibotlaryaratishga mohir. Guli - ba’zi qarshisida kun aksi go‘yo ko‘k gumbazi ichidagi quyoshdek ko‘rinadi. Bog'larining har biri jannat misol, har manzil shodligu xursandchilik manzilidir. Barcha chamanlar gulu gulzorlik, har chamanining yo‘li guldir. Har girihida gulu gulshan dog‘i bo‘lib, musaddas emas, musamman tarzidadir. Gullarining navini sanash ham qiyin, ularning turlarini sanay olgancha sanash mumkin-da! Naxlini dehqonlar doim parvarish qilishadi, bir shoxining o‘ziga yuz mevani payvand etishadi. Har daraxt yuz xil gul ochadi, mevasi ham yuz turli bo‘ladi. Har bir daraxt, yuz xil gul chiqarib, har gulining atri bir yog‘och masofaga boradi. Qushlari yuz nav’-u, barchasi xush ilhom, barchasi sabzau gullar ustini qoplab oladi. Suv shodiyona bir ovoz chiqarib shunday kuy chalib oqadiki, xuddi bulbul ovoziga o‘xshaydi. Qasrlari barchasi yuksak va mustahkam. Janub tomonida bir ajoyib hovuz bo‘lib, hovuz emas, yashil charxning bir qismiga o‘xshaydi. Shimol tomonidan esa ikki daryo oqib oUadi, ulardan shahar suvga serob bo‘ladi. Ikkala daryoda ham hayot zulolining ta’mi bo‘lib, jannat bog‘idagi to‘rt narsa undan uyatli. Ariqlarida Xizr suvidek zilol suvlar oqib tursa, suvdan esib turadigan mayin shamol Masih nutqini eslatadi. Misr bilan Samarqand unga go‘zallikda teng kelishi amri mahol, Hirot zimnida yuzta Misru Samarqand bor desak xato bo4maydi. Uni Haq barcha ofatlardan asrasin, balolardan o‘zi himoya qilsin. Sabzasiga ko‘kimtir osmon rashk qilsa, tufrog‘idan toza anbari rashk qiladi. Yetti falagi boyliklarining xazinasi u, yetti iqlim tana bo‘lsa, siyna - ul! Unga jahon ko‘ksi sifat bo‘lib kelgan, unda ko‘ngil xittai poki-poytaxti - Hirot. Kimki ko‘nglidan sevsa bu shaharni hirs-hujjat, dalfl uni ko‘ng’il mulkiga sulton deb atashadi. Ulug‘lar buni jahon kishvariga shoh deb tilga oladilar. Uni shoh desalar ajab emas, chunki shoh yeri qalbda emasmi? Hirot ko‘ngil o‘rnida ekan, undan ahli hech ko‘ngil uzolmaydi ham. Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi