G'olib csang razmda begonaga, Qatliga sa'y etma bu sliukronaga. Ya’ni, urushda g‘olib chiqsang, bu shukrona uchun uni o‘Idirishga qasd etma. . Har neki bu nomada mustur critr, Barrhaga shoh ishlari dastur entr. Har ishda otangga o‘xshaydigan bo‘lsang “A1 valadu sirri abih” o‘lg*‘asen. Otangning har bir qadamiga qadam qo‘ysang, shunda ranju qiyinchilik ko‘rmagaysan. Zoda muridu otani pir bil, Har isliida liukmiga to9sir bil Ya’ni: o‘g‘ilni murid-u, otani pir bil, har ishida aytgan hukmini bajarishni odat qil. Davlat va pirlik istasang, bu pir oldida aybdor bo‘lib qolma. Bir qul hikoyati Xalqi yaxshiliklardan bahramand bo‘lgan bir saxovatli podshoh bo‘Iib, uning bir xizmalchi quli bor edi. U ko‘p yillardan beri podsho oshpazi bo‘lib ishlardi. Bir kuni podsho shilon bazmi - uinumiy ziyolat uyushtirgaiida shoh ishtahasi jo‘sh urib turgan chog\ baxtsizlik yuz berib, oshpaz shoh Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi uchun olib kelayotgan issiq oshni uning boshiga to‘kib yubordi. Odamlar “Podsho hozir uni o4imga buyuradi, chunki uning bu gunohiga shundayin jazo munosib”, dedilar. Shoh xizmatkorga boqib, uni g‘oyat g‘amgin holda ko‘rdi- da, unga lutf ko‘rsatib - yaxshilik qilib ozod aylab yubordi. Vazir dediki: “Sening marhamating cheksiz, xizmatkor o‘z ishi uchun oMimgagina mahkum edi”. Shoh xursandlik bilan tabassum qilib, “Birovni xijolat halak qilgan bo‘lsa, uni yana bir o‘ldirish yaxshi emas-ku! Shuning uchun uni yana bir jazolashga zarurat yo‘q edi”, dedi. Xalq vakillaridan biri gunohkorroq ekan, u awalo afvu mehribonlikka munosibroqdir. Yo rab, uningdek karam etuvchi shoh huzurida boshqa yuz ming eshikda xizmatda bo‘lishdan afzalroqdir. Mening gunohim har necha ko‘p bo‘lsa ham, shukrki, sendek ilohim bor. Xijolat ichida menga joy qolmadi, menga o‘z ehsoningdan ehson qilishing mumkin. Lutfu karaming qobil bo‘lmasa ham, ulardan biryo‘la navmid ham emasman. Men kim-U; yaxshilik dengizini baglishlashni havas qilsam? Menga baho qilingan bir qatraning o‘zi yetarli.