Lulfii катитgarrhi erur dilpazir, Qalirii siyosat liaw erur noguzir. Olamdagi kishilarning barchasi yaxshi bo‘lavermaydi, har kishining hamma ishi ham ma’qul bo‘lavermaydi. Agar yaxshilikni barchaga baravar qilinsa, yaxshilik yomonga ko‘p- u, yaxshiga oz bo‘ladi. Yaxshilikni tez-tez qilib tursang ham, siyosat tig‘ini ham ba’zan o‘tkir qilib tur. Necha kasalga qand foydali bo‘lsa ham, shunday kasallar borki, ularga zahar foyda beradi. Tanadagi modda marham yordam bermasa, u fasodni nishtargina uchi bilan chiqarib bo‘lmasa, badan undan igna bilan qutula oladi. Zamon shohi aql bilan ish qilar ekan, yaxshiga - yaxshi-yu, yomonga - yomon bo‘lmog‘i kerak. Ikkisiga bir xil munosabatda bo‘lsa, manilakatda inqilob yuz beradi. Kimsuni hot aylamagil arjuwand, Haw у ana oz is h bila qilwa najand. Kitob.uz - Respublika bolalar kutubxonasi Odamlarni tezda mansabda ko‘tarmagil, ham ozgina aybi uchun pastga tushirmagin - mansabini pasaytirmagin. Mil uza chiqmoq - istak, tilakdir, chiqmoq va tushmoq uchun poyadir. Poyadan tez tushib ketgan odam yiqilishi, ranju alam tortmog‘i mumkin. Kimniki inson desang - inson emus, Shaklda bir, fe’lda yakson emus. Ya’ni, har qaysi inson o‘z fe’lu atvori, ruhiyati bilan bir- biridan farq qiladi. Mukofotlash yo jazolashda ularning bu xususiyatlarini ham hisobga olish kerak. NaxI sifat sham’ ila muz sho‘shasi, muning - o‘t, oning suv erur xushasi, ya’ni inqz shishasi bilan sham’ o‘zaro o‘xshasa ham, ikkisining tabiati ikki xil.