Alisher Navoiy Nizomiddin Mir Alisher Taxallus



Yüklə 280,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix21.04.2022
ölçüsü280,22 Kb.
#55884
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
alisher navoiy - wikipedia

Davlat va jamoat arbobi 

Alisher Navoiy 1469—1472-yillarda muhrdor, 1472—1476-yillarda vazir bo’lib ishlaydi. 

1487—1488-yillarda Astrobodga hokimlik qildi. Husayn Bayqaro uni o’ziga g’oyat yaqin tutar, 

har bir narsada u bilan maslahatlashar va buni nihoyatda qadrlar edi. To’g’ri, Bayqaro va Navoiy 

o’rtasiga uchinchi kishi aralashgan, sovuqchilik tushgan paytlar ham bo’ldi. Lekin o’z davrining 

ikki atoqli arbobi hamkorligi juda ko’p sinovlardan muvaffaqiyat bilan o’tib, avlodlarga o’rnak 

bo’ldi. Husayn Bayqaro saltanatining daslabki yillarida juda notinch kechdi. Xondamirning 

yozishicha, u taxtga chiqqan yilning o’zida Abusaid Mirzoning o’g’li Yodgor Muhammad taxt 

da’vosi bilan qo’zg’aldi. Husayn Bayqaro unga qarshi qo’shin tortadi va g’alaba qozonadi. 

1470-yilning bahorida Yodgor Mirzo Astrobodda yana bosh ko’taradi. Husayn Bayqaro 

Navoiyni yoniga olib, qo’shin bilan yana yo’lga tushadi. Xuddi shu payt Hirotda qo’zg’olon 

bo’lganligi xabari keladi. Husayn Bayqaro Navoiyni unga katta vakolatlar berib poytaxtga 

qaytaradi. Navoiy shaharda adolatni tiklab, xalqni tinchlantiradi. Shunday to’qnashuvlarning 

birida Yodgor Mirzoning qo’li baland kelib, poytaxdagi ayrim kishilar unga qo’shiladilar. 

Mojarolarni tinchlantirish maqsadida uylangani Abusaidning qizi Robiya Sultonbegim eriga 

hiyonat qilib, u safariga ketganida poytaxtda inisi Yodgor Mirzo nomiga xutba o’qitadi. Yurt bir 

muddat Yodgor Mirzo qo’liga o’tadi. Bu hol Husayn Bayqaroga qattiq ta’sir etadi. Tushkunlikka 

tushadi. Navoiy shunday paytda uning yonida turadi, tassali beradi. O’sha 1470-yilning o’zida 




payt poylab, Navoiyning maslahati bilan Murg’ob daryosi bo’ylaridan juda qisqa muddatda 

Hirotga yetib keladi va Bog’I Zog’onda maishatdan charchab uxlab yotgan Yodgor Mirzoni 

qo’lga oladi. Shundan keyingina Xurosonda ma’lum muddat tinchlik, osoyishtalik qaror topadi. 

Alisher ijod kishisi edi. U tabiatan buyuruqvozlikdan va hukmfarmonlikdan yiroq, tafakkur 

hamda taxayyulga moyil, g’oyat nozikta’b bir kishi edi. Mansab-lavozimlar har qancha yuksak 

bo’lmasin uning uchun zil-zambil yuk bo’lib, Husayn Bayqaroga bo’lgan ixlos va muhabbatigina 

uni iste’fo berishdan saqlab turar edi. Shunga qaramasdan, u sadoqat bilan xizmat qildi. 

`Donishmadnligi, tadbirkorligi bilan ko’plab g’alayonu qon to’kishlarni oldini oldi, urushlarni 

yarashga aylantirdi. 

Uning bu fazilati, ayniqsa, 1972—1476-yillardagi vazirlik faoliyatida yaqqol namoyon bo’ldi. 

Husayn Bayqaro hokimyat ishlarida Navoiyning aql va sadoqatida tayanib ish ko’rdi. Uni, 

qarshiligiga qaramasdan, yuqori martabalarga tayinladi, 1472-yilda esa «amir»(vazir)likka 

qo’ydi. Buyuk shoir «amiri kabir» (ulug’ amir), «amirul muqarrab» (podshoga eng yaqin amir) 

unvonlariga musharraf bo’ldi. Uning vazirlik yillari Hirotda obodonlik avj olgan, madaniyat 

gullab, yashnagan davr bo’ldi. Ulug’ amir o’zi bosh bo’lib, suvsiz yerlarga suv chiqardi, eski 

ariqlarni tozallatirdi, yangi kanallar qazdirdi. Eski binolarni ta’mir qildirib, yangilarini qurdirdi. 

Qanchadan-qancha madrasalar, xonahoqlar soldirdi. 


Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin