Alisher Navoiy Nizomiddin Mir Alisher Taxallus



Yüklə 280,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix21.04.2022
ölçüsü280,22 Kb.
#55884
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
alisher navoiy - wikipedia

Xirot 

Alisher Navoiyning hozirgi Afg’onistondagi (o’sha paytta Xirot deb nomlangan) qabri 

 

 

 



Alisher Navoiy 

(1441 yil,9-fevral — 1501 yil, 3-yanvar) 

Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o’gli Shohruh Mirzo shohligi davrida 

Hirotda tug’ildi. Zamondoshlari uning haqida ko’pincha «Nizomiddin Mir Alisher» deb 

yozadilar. 'Nizomiddin"-din--diyonat nizomi degani bo’lib, donishmand mansab egalariga 

beriladigan sifat, «mir» — amir demakdir. Uning otasi G’iyosiddin Muhammad (uni G’iyosiddin 

Kichkina ham der edilar) temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli 

kishilaridan edi. Onasi amirzoda Shayh Abusaid Changning qizi bo’lgan, ismi ma’lum emas. 

Alisherning bobosi Temurning o’g’li Umarshayx bilan emikdosh (ko’kaldosh) bo’lgan ekan. 

Buyuk shoir o’z asarlarida o’z asarlarida bu qutlug’ dargohga yaqinligidan iftixor etishini bayon 

qiladi. Shuningdek, uning tarjimai holiga oid ayrim lavhalar asarlarida uchraydi. Bu tabarruk zot 

to’g’risidagi ba’zi ma’lumotlarni esa uning zamondoshlari o’z kitoblarida beradilar. 

Alisher saroy muhitida yashaganligi uchun alohida tarbiya va nazoratda o’sdi. Kichiklik 

chog’idan she’r va musiqaga ishqi tushdi. Olimu fozillar davrasida bo’ldi. Uch-to’rt yoshlarida 

davrining mashhur shoiri Qosim Anvorning bir she’rini yod aytib, mehmonlarni hayratga soldi. 

Bir yildan so’ng uni maktabga berdilar. U bo’lajak sulton Husayn Bayqaro bilan birga o’qidi. 

Uning zehni va iqtidori haqidagi gaplar esa el orasida tarqalib bordi. 

1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib, temuriy shahzodalar o’rtasida taxt uchun kurash 

boshlanadi. Hirot notinch bo’lib qoladi. Alisherlar oilasi Iroqqa yo’l oladi. Yo’lda, Taft shahrida 

Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, «Zafarnoma»ning muallifi Sharafiddin Ali Yazdiy 

bilan uchrashdi. 

Alisher xonadoni 1541-yilda Hirotga qaytadi. Tarixchi Xondamir bu bilan bog’liq shunday bir 

hikoyani keltiradi: Karvon Yazd cho’li bilan Hirotga borarkan, tungi yurishlardan birida ot-ulov 

ustida hammani uyqu bosadi. Alisher mingan ot, ittifoqo, yo’ldan chiqib, bo’lajak shoir egardan 

tushib qoladi, uyqu zo’rlik qilib, uyg’onmaydi. Horigan ot ham egasi yonidan ketmay, to’xtab 

qoladi. 


Alisher tong otib, quyosh qiziganda uyg’onadi. Qarasa, poyonsiz sahro, atrofida hech kim yo’q. 

Yolg’iz otigina yovshan ildizlarini chimtib turibdi. O’n yoshli bola o’zini qo’lga oladi. Otini 

minib, zehn bilan yo’lni topib ilgari yuradi. Kun qizib, chanqoqlik boshlanadi. Shu payt uzoqdan 

bir narsa qorayib ko’rinadi. U suv to’la mesh ekan, Ollohga shukuronalar aytib, Alisher yo’lini 

davom ettiradi. Uning ota-onasi manzilga yetgach, o’g’illlarini yo’qligini biladilar va mulozimni 

shoshilinch orqaga qaytaradilar. Mulozim ko’p yurmay, Alisherga duch keladi. Alisherni, go’yo 

u qayta tug’ilganday, quvonch bilan kutib oladilar. 



1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o’tiradi, notinchliklar bosiladi. G’iyosiddin 

Muhammad Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher esa o’qishini davom ettiradi. Maktab 

yosh Alisherni she’riyat, adabiyot olamiga olib kirdi. Bo’lajag shoir Sa’diy Sheroziyning 

«Guliston». «Bo’ston», asarlarini, Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr»(«Qush mantig’i»)ni 

so’ngsiz ishtiyoq bilan o’qidi. Ayniqsa, qushlar tilidan keltirilgan hikoyatlar va ularning chuqur 

mazmuni Alisherning o’y-xayolini tamom egallab oldi: Bir kuni qushlar jam bo’libdi. Har xil: 

to’ti, qumri, tovus, bulbul va hokazo. O’rtaga hudhud (sassiqpopishak) chiqibdi. Boshidagi tojini 

selkillatib, o’zini ta’rifu tavsif etibdi. So’ng u hammani olam podshosi Semrug’ni izlashga 

undabdi. Qushlar uni surishtira boshlabdilar. «Zotini, sifatini, sifatini ayt, bizga nishon ber!» — 

deyishibdi ular. Hudhud hikoya boshlabdi: Smurg’ bir kecha dunyoni aylanib, uchib yurar edi. 

Nogoh yo’li Chin shahri ustidan tushdi. Bir silkingan edi, mamlakat nurga g’aeq bo’ldi. Patidan 

biri tushib qolgan ekan. Ogoh bo’lganlar aqlu shuurini yo’qotdilar. Chin mulki esa 

hashamat(ulug’vorlikka) chulg’andi. Qushlar zavqu shavq bilan yo’lga tushadilar. Buroq bu 

zavq-shavq uzoq davom etmaydi. Qushlar e’tiroz bildirib, uzr aytib, o’zlarini chetga ola 

boshlaydi. Hudhud har biriga javob aytadi. Semrug’ga yetishish baxti oldida bu dunyoning 

tashvishlari hechligini isbot etuvchi biror hikoya keltiradi. Hudhudning gaplari, hikoyalari 

qushlarga yangi bir kuch bag’ishlaydi. Ular hudhudni boshliq qilib, yo’lga tushadilar. Hudhud 

buy o’lning ishq yo’li ekanligi, unga kirgan odam Shayx San’on singari o’zligidan kechishi 

lozimligini aytadi. Yana bir-biridan jozibali hikoyalar: Nihoyat, qushlar yeti vodiyni bosib 

o’tadilar va o’zlarining Semurg’ ekanligini anglab yetadilar. 

«Mantiq ut-tayr» xayoli Alisherga bir umr hamroh bo’ldi. Umrining so’ngida esa «Lison ut-

tayr»(«Qush tili») nomi bilan kitob yozdi. Bo’lajag shoir yana Nizomiy Ganjaviy va Xusrav 

Dehlaviy asarlarini sevib o’qir edi. 

1453-yilda Alisherning otasi G’iyosiddin Mauhammad vafot etadi. Alisher Abulqosim Bobur 

hizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, so’ng Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do’st — Husayn 

va Alisher yana birga bo’ldilar. Bir munosabat bilan u 50 ming bayt, 100 ming misra she’r yod 

olganini aytdi. She’r shunchaki nutq o’stirish emas, ma’rifat, taffakur mashqi ham edi. Navoiy 

15 yoshlarida o’z she’rlari bilan zamonasining mashhur shoirlari diqqatini tordi. Xondamirning 

yozishicha, she’rlari bilan endigina tanilib kela boshlagan Alisher o’z davrining dongdor shoiri 

Mavlono Lutfiy xizmatiga boradi. Mavlono undan she’r o’qishni iltimos qiladi. Alisher o’zining: 

Orazin yopg’och, ko’zimdin sochilur har lahza yosh, Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz nihon 

bo’lg’och quyosh. matla’i bilan boshlanadigan g’azalini o’qiydi. She’rdan hayratga tushgan 

keksa shoir bunday deydi: «Valloh, agar muyassar bo’lsa edi, o’zumning forsiy va turkey tillarda 

aytgan o’n-o’n ikki ming baytimni shu g’azalga almashtirardim va buni o’zimning katta 

yutug’im deb hisoblar edim». Bu turkiy (o’zbek) she’riyatiga juda katta iste’dod kirib 

kelayotganidan nishona edi. 




Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin