Ilmiy-filologik merosi
«Majolisun-nafois»
(1490-91; 1497-98) tazkirasi turk tilidagi yozilgan dastlabki tazkira bo’lib,
unda shoir sakkiz majlis doirasida 459 shoir va adib haqida ma’lumot bergan. Birinchi va
ikkinchi majlisda tazkira tartib berilganda hayot bo’lmagan shoirlar, uchinchi majlisda shoirning
zamondoshlari, to’rtinchi majlisda beshinchi majlisda Xuroson, oltinchisida Movaraunnahr,
Kichik Osiyo va Eron, yettinchi va sakkizinchi majlislarda temuriylar sulolasiga mansub ijodkor
shoh va shahzodalar haqidagi ma’lumotlar jamlangan. Asar Fahriy Hirotiy(1521-22),
Muhammad Qazviniy(1522-23), Shoh Ali Abdulali (1598) tomonidan uch marta fors tiliga
tarjima qilingan.
Navoiy
«Muhokamatul-lug`atayn»
asarini o’z zamonidagi turkiy lahjalar, ziyolilar nutqi, badiiy
va ilmiy asarlarning leksik-grammatik xususiyatlarini forsiy til xususitlari bilan qiyoslashga
bag’ishladi. Jonli xalq tilida qo’llanilgan ko’plab so’zlarni asarga kiritib, adabiy tilda
qo’llanilishiga sababchi bo’ldi. O’zigacha ishlatilgan so’zlarni yangi ma’no qatlamlarini ochdi.
O’zbek tili grammatikasini Mahmud Koshg’ariydan so’ng ilmiy asosga soldi. O’zbek tilining
badiiy va estetik imkoniyatlari kengayishiga sababchi bo’ldi. Fors va turk tillarida yaratilgan eng
yirik va e’tiborli asarlarga murojaat qildi, shoir va olimlarni til istiqloli uchun kurashga chorladi.
Aruz nazariyasiga bag’ishlangan
«Mezonul-avzon»
(1492) asarida arab va fors aruzi qoidalarini
turkiy tilda aniq va ravon tushuntirdi. Turk yozma va og’zaki she’riyati namunalarining vazn
xususiyatlarini o’rgandi. Turkiy aruz tabiatini yoritish bilan birga turk she’riyati murakkab aruz
tizimini boyitganini anglatdi. Bahrlar va doiralar haqidagi tasavvurni kengaytirdi. To’qqizta
yangi vazn va she’riy shaklni aniqladi. Turklik tarixida ilk bor milliy vazn haqidagi qarashlarni
ilgari surdi.
Navoiyning ilmiy-filologik merosini muntazam tadqiq qilish 20 asrning 20-yillaridan yo’lga
qo’yildi. Bu yo’nalishda Fitrat, Oybek, A.Sa’diy, O.Sharafiddinov, A.Hayitmetov, I.Sulton,
H.Qudratullaev kabi adabiyotshunos va A.K.Borovkov, O.Usmonov, A.Rustamov kabi tilshunos
olimlarning ishlari e’tiborli.
Dostları ilə paylaş: |