pedagogik mahoratning ozbekiston respublikasi talim tizimida ommalashtirish usullari va yollari. oquv-tarbiyaviy ishlarni boshqarish va nazorat qilishda oqituvchining roli
Mahorat bu - pedagogik faoliyatni malakali tashkil eta olish, o’quvchilar rivojlanishini samarali ilxomlantirishdir. Qisqa fursatlar jamoa va har bir o’quvchining qobiliyatlariga pedagogik ta’sirni ta’minlashni nazarda tutadi. Tarbiyachilik mahorati faqat bilimlar bilanqurollanishni amalga oshiribgina qolmasdan, balki tarbiya usullari va metodikalarini ijodiy hayotda qo’llashni? tarbiya qonuniyatlariga tayanib bolalar hayotini tashkil etishni nazarda tutadi.
Tarbiyachining mahorat mazmuni - bu bilimlar va asoslangan ko’nikma, malakalar tashkil etadi. Tarbiyachining mahoratini tubandagilar tashkil etadi. Turli pedagogik sharoitda jamoa va ayrim o’quvchilar dunyosida sodir bo’lgan voqyealarni to’g’ri qabul qilish ko’nikmasi; maqsad vositalarni taqqoslab analiz qilish ko’nikmasi; talab qilish va ishontira olish ko’nikmasi; bolalar bilan o’ynay olish qobiliyati vaziyatga har tomonlama to’g’ri baho berish ko’nikmasi; rang-barang pedagogik asoslardan, eng muhimini ajrata olish; tasodif hodisadan asosiysini aniqlash ko’nikmasi; har xil vaziyatlar - ta’sir ko’rsatishning turli-tuman usullardan foydalanish ko’nikmasi; o’z kayfiyati, hissiyoti, harakatlarni aniq ko’rsata olish malakasi.
Yuqorida ta’kidlab ko’rsatilgan ko’nikmalardan tashqari yana quyidagilarni o’zida shakllantirmog’i lozim; o’quvchilar bilan o’qish, mehnat, sport va badiiy faoliyatlarda aloqa o’rnatish; individual yondashish, tahsabbuskorlikni o’stirish, qiyin damlarda yordam berish, jamoa va ayrim o’quvchi fikrini hisobga olish, hurmat qilish; ojizlarni himoya qila olish, o’z-o’zini boshqarishning turli formalaridan foydalanish; o’quvchining ishonchini suyiste’mol qilmaslik, har-bir o’quvchining ijobiy sifatiga asoslanib munosabatni tashkil eta olish; o’quvchilarni yaxshi yoki yomonga ajratmaslik; bolalarning axloqiy sifatlarini mo’ljallay olish; o’quvchilarning adolatsizligi, axloqsizligi, shafqatsiz bo’lishi, o’quvchining saxiyligi va ziqnaligi haqida tasavvurlarga ishonish singari ko’nikmani ham o’zida shakllantirmog’i darkor.