pedagogik mahoratning ozbekiston respublikasi talim tizimida ommalashtirish usullari va yollari. oquv-tarbiyaviy ishlarni boshqarish va nazorat qilishda oqituvchining roli
2. Pedagogik mahoratni oila, mahalla, jamoatchilik orasida ommalashtirish Pedagogik mahoratni oilada ommalashtirish nihoyatda mushkul vazifa bo’lib, buning sababi ota-onalarning yosh, tarbiyaviy tajriba, kasb-hunarlari orasida tafovut mavjudligi, dunyoqarashlarining rang-barangligi bilan izohlanadi. Masalan, savdo xodimining bolani tarbiyalashga bo’lgan munosabati, ziyoli oilasining bolani tarbiyalashga bo’lgan qarashidan mutlaqo farq qiladi. Vrach, injener, mexanizator, agronom, suvchining munosabatlari ham bu sohada har xil. Shuning uchun ham pedagogik mahoratni ota-onalar orasida ommalashtirish mahalla faollari ishtirokida va bevosita yordamida o’tkazilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Buning uchun mahalla faollarida kattagina imkoniyatlar mavjud.
Bular quyidagilar:
1. Mahalla oilaning barcha to’y, janoza kabi marosimlarning tashkilotchisi;
2. Mahalla ommaviy tarbiyachi;
3. Mahalla kam ta’minlangan oilaning himoyachisi;
4. Mahalla oilaviy uchrashuvlar, yig’ilishlar markazi;
5. Mahalla oila va hokimiyatni bog’lab turuvchi mexanizm;
Uning ana shu funksiyalari ta’lim-tarbiyaning og’zaki, ko’rgazmali, amaliy metodlari bilan birgalikda oilada pedagogik mahorat sirlarini ommalashtirish imkonini berishi tabiiydir.
Pedagogik mahorat sirlarini jamoatchilik orasida yoyishning eng ta’sirchan vositasi bu ommaviy axborot vositalaridan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishdir. Pedagogik mahoratga bag’ishlangan ommabop maqola, o’quv-uslubiy tavsiyalarni vaqtli matbuot sahifalarida chop etish, turli-tuman mavzularda pedagogik mahorat sirlarini omma orasiga yoyish vaqtli matbuotning kundalik rejasiga kiritilishi lozim va bu katta samara beradi.
Mahorat haqida tushuncha Oliygohlarni tugatgan mutaxassislar ta’limni tashkil etishga nisbatan tarbiyani tashkil etish qiyinligidan zorlanadilar. Buning obyektiv sabablari mavjud. Tarbiya jarayoni ta’lim jarayoniga nisbatan keng tushuncha, chunki u shaxs tarbiyasi vositalari, bilish qobiliyatlarini rivojlantirish va mehnat qilish singarilarni o’zida aks ettiradi. Tarbiya san’ati, - deb yozgan edi Ushinskiy,- shunday xususiyatga egaki, deyarli barcha tanish va tushunarli, ba’zilariga esa juda oson ish bo’lib tuyuladi. - Odam bu ish bilan nazariy va amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo’lsa, unga bu shuncha tushunarli va oson bo’lib ko’rinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr-toqatni talab etishini e’tirof qilishadi, ayrimlar buning uchun tug’ma qobiliyat va malaka, ya’ni ko’nikma kerak deb o’ylaydilar, lekin juda kam odam sabr-toqat, tug’ma qobiliyat va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonch hosil qilishadi.
A.S.Makarenko fikricha, tarbiya faoliyati avvalombor tashkilotchilik faoliyatidir. Ya’ni bolalar hayotini mohirona tashkil qilishni alohida ta’kidlagan edi.