2.
Ularga ershpish sohasidagi birgalikda ko‘rsatiladigan faoliyat.
3.
Jamoa a‘zolari o‘rtasida o‘zaro ma‘suliyatli munosabatlar.
4.
O‘zini – o‘zi boshqarish organlarining tuzilishi.
Tarbiyalovchi, jamoa pedagoglar uchun tarbiya obe‘kti bo‘lib, pedagogik ishlarning
butun mohiyati jamoalarni tashkiliy jihatdan shakllantirish, tarbiyalanuvchilarni tegishli intizom
doirasida saqlashdan iborat bo‘lmay, balki A.S.Makarenko qayd qilganidek, bolalarning
mazmunli hayotini tashkil etishdan, chinakam boy ijtimoiy va jamoa munosabatlarini
shakllantirishdan iborat. Jamoada bolalar hayoti quvonchi, qiziqarli, mehnat va bilim faoliyati,
romantika va o‘yin jo‘sh urib turadigan bo‘lishi kerak.
Jamoaning rasmiy strukturasidan tashqari uning norasmiy strukturasi ham mavjud.
Boshlang‘ich jamoadagi birgalikda olib boriladigan faoliyat jarayonida muomala va do‘stlik
negizida kichik guruhlar vujudga keladi. Bunday kichik guruhlar kichik norasmiy guruhlar deb
ataladi.
Sinf jamoaida bir necha norasmiy guruh bo‘lishi mumkin. Guruhlardan birortasi jamoa
faoliyatining barcha turlarida yetakchi bo‘lishi, boshqa guruhlar esa o‘ziga qiziqarli va o‘z
talablariga mos keladigan faoliyatidagi yetakchi bo‘lishi mumkin. Har bir guruhda aytgani-
aytgan, degani-degan bolalar bo‘ladi. Xuddi shular yetakchi bo‘lishadi.
Kichik norasmiy guruhlar o‘z tarkibiy qismi bo‘yicha ko‘pgina barqaror bo‘lishmaydi.
Kichik guruhdagi munosabatlar biror sababga ko‘ra buzilib qolsa, guruhga tarqalib ketadi yoki
ba‘zi bolalar undan chiqib ketadi. Xalqda birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. Ayrilganni ayiq
yer, bo‘linganni bo‘ri yer. Kuch birlikda. Bir cho‘pni sindirish mumkin, ko‘pini hatto egib
bo‘lmas, degan hikmat mavjud.
Dostları ilə paylaş: