«ZARDUShTNOMA» Zardusht ibn Baxrom ibn Pajdu. Dostondan parcha
Men pahlaviy deb atalgan yozuvlar bitilgan Shoxona kitoblardan birini ko‘rdim. U asrab
kelingandir barcha oqillar va ustozlar ustozi, mobidlar mobidida unda olam xadislari, ajdodlar va
shohlar ishlari hakida bitilgan.
Unda olamga saodatli Zardusht keltirgan Avesto va Zindaning hikoyatlari bitilgan.
Zardusht dini uning hayotligidayok ko‘p o‘lkalarda tarqaladi. Ammo Zardusht vafot
etganidan so‘ng Zardushtiylik dini yanada keng yoyila boshlaydi.
Ma‘lumotlarga ko‘ra, «Avesto» eramizdan avvalgi VII asrning oxiri va VI asrning
boshlarida yaratilgan bo‘lib, tuliq kitob xolida eramizdan avvalgi I asrda shakllangan.
«Avesto» ni o‘rganish tarixi ma‘lum bir jarayonni boshdan kechirgan. Xorij va o‘zbek
olimlari uni har tomonlama tahlil etishga harakat qilishgan. Biz esa keyingi manbalarga tayanib,
uning ta‘lim – tarbiyaviy tomonlari ustida fikr yuritamiz. Chunki «Avesto»da inson shaxsining
takomilga oid ma‘rifiy fikrlarning ma‘lum bir tizimi ifodalangan. Hatto «Avesto» ni qadimgi
davrlarda ajdodlarimizning tabiiy, ilmiy, ma‘rifiy fikrlar to‘plangan dastlabki pedagogik asar deb
hisoblash mumkin. Shuningdek tadqiqotchilar uning diniy xarakterdaligini ta‘kidlash bilan birga
falsafa, siyosat, ta‘lim – tarbiya, adabiyot masalalarini ham qamrab olgan asar sifatida
ta‘riflaydilar.
Abu Rayhon Beruniy «Avesto» ning vatani haqida gapirib uni Ozarbayjonda paydo bulgan
deydi va «Qadimgi xalqlardan kelgan yodgorliklar» asarida Zardushtni soxta paygambarlar
ruyxatida keltiradi. Zardusht dini Xuroson, Fors, Iroq, Musul, Balxtdan tortib, Suriya
yerlarigacha tarqalganini aytadi.
Ozarbayjon olimi M.Rafili esa «Avesto»ni faqat Ozarbayjon adabiyoti ma‘anaviy merosi
deb qaraydi.
Tarixchi olim V.M.Avdiyev esa «Avesto» nomli qadimgi diniy to‘plamning dastlabki qismlari
xuddi shu Markaziy Osiyo xududida vujudga kelgan, deyishga hamma asoslari bor deydi.
Bundan ba‘zi bir rivoyatlar dalolat beradi; bu rivoyatlarda aytilishicha, zora astrizm dinining
birinchi «Muqaddas olovi» Xorazmda yoqilgan. «Avesto» da tasvirlangan «Ayriana Vayjo»
degan mamlakat Xorazm bo‘lishi mumkin, bu mamalakatda Axuramazda Zardushtga ko‘rinish
bergan.