haqidagi bilimlarini o‘rganish lozim. Undan so‘ng umuman, jonli tabiat – o‘simlik va hayvonlar
haqidagi ilm urganiladi, deydi.
Farobiy inson kamolotga yolg‘iz o‘zi erisha olmaydi, u boshqalar bilan aloqada bo‘lish,
ularning ko‘maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo‘ladi deb hisoblaydi.
Bunga Farobiy ta‘lim – tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali erishish mumkin, deydi.
Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta‘lim – tarbiya insonni ham aqliy, ham ahloqiy
jihatdan kamolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun – qoidalarni tug‘ri bilib oladi
va hayotga to‘g‘ri yo‘l tutadi, boshqalar bilan tug‘ri munosabatda bo‘ladi, jamiyat tartib
qoidalariga rioya etadi.
Demak Farobiy ta‘lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan
va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Farobiy ta‘lim va tarbiyaga birinchi marta ta‘rif bergan odam sanaladi. Ta‘lim – degan
so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni,
ma‘lum hunarni, egallash uchun zarur bo‘lgan, xulq normalarini va amaliy malakalarini
o‘rgatishdir, deydi olim.
«Abu Nasr Farobiy yana aytadi: - «Ta‘lim – degan xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy
fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi turfa fazilat va amal kasb – hunar
fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir.
Ta‘lim fakat so‘z va urgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya va amaliy ish tajriba bilan, ya‘ni
shu xalq shu millatning amaliy malakalardan iborat bulgan ish harakat, kasb – hunarga berilgan
bo‘lishi o‘rganishidir», - deydi.
Dostları ilə paylaş: