Tayanch so’z va iboralar
Yakka tartibdagi ehtiyoj, bo‘sh vaqt, dam olish, ixtiyoriy, og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy,
kasb, qobiliyat va hokazo.
«Ta‘lim to‘g‘risida»gi Qonunning 17 moddasida «Maktabdan tashqari ta‘limda bolalar va
o‘smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qodirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil
etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy
shaxslar madaniy estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda maktabdan tashqari
ta‘lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari ta‘lim muassasalariga bolalar
o‘smirlar ijodiyot saroylari, uylari, klublari, markazlari, bolalar sport maktablari, san‘at
maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari va
boshqa muassasalar kiradi» - deb ta‘kidlangan.
Milliy dasturda «Maktabdan tashqari ta‘limni rivojlantirish, uning tizilmasi va mazmun-
mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
Ta‘lim berish va kamol toptirishga yo‘naltirilgan xizmatlar ko‘rsatuvchi muassasalar
tarmog‘ini va bunday xizmatlar turlarini ko‘paytirish;
Milliy pedagogik qadriyatldarga asoslangan jahondagi ilg‘or tajribani inobatga oluvchi
dasturlar va uslubiy materiallarni ishlab chiqish;
O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkil etishning, shu jumladan, ommaviy sport va
jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlarining, bolalar turizmining, xalq hunarmandchiligining
mavjud turlari va shakllarini takomillashtirish, milliy turlarini tiklash hamda amaliyotga joriy
etish», - alohida ta‘kidlanadi.
Yuqoridagi talablardan kelib chiqib quyidagi tarbiyaviy ishlar olib boriladi:
Sinfdan tashqari vaqtlarda o‘qituvchilar yoki chetdan taklif qilingan mutaxassislar
o‘quvchilar bilan turli xil ta‘lim-tarbiya ishlarini olib boradilar. Bunday ishlar sinfdan tashqari
ishlar deb ataladi. Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar maktabda yoshlarni
tarbiyalash tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu ishlardan o‘quvchilar shaxsini kamol
toptirish maqsadida keng foydalaniladi.
Maktabdan tashqari ishlar maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan uyushtirilgan
ta‘lim-tarbiya va madaniy oqartuv ishlaridan iboratdir. Bular ikki tipga bo‘linadi: birinchisi, ko‘p
tarmoqli, ‗ni ko‘p xil ishlarni o‘z ichiga oladi. O‘quvchi va o‘smirlar saroylari, uylari, bolalar
klublari, madaniyat uylaridagi bolalar sektorlari, bolalarning istirohat bog‘lari, maydonchalari,
yozgi lagerlari va boshqalar.
Ikkinchisi tor tarmoqli muassasalar, ya‘ni bir soha bo‘yicha ta‘lim-tarbiya va madaniy
ishlar olib boriladigan muassasalar. Bolalar kutubxonalari, yosh tabiatshunoslik stansiyalari,
bolalar texnika stansiyalari, bolalar teatrlari, bolalar ijodiy uylari, bolalar ekskursiya turistik
bazalari, bolalar temir yo‘llari, stadionlari kabilar.
Sinfdan va maktabdan tashqarish ishlar o‘ziga xos xususiyatlari bilan o‘qish
mashg‘ulotlaridan farq qiladi. Bu ish ixtiyoriy asosda tashkil qilinadi. O‘quvchilar o‘z qiziqish
va layoqatlariga qarab turli to‘garaklarga yoziladilar, darsdan tashqari vaqtda o‘tkazilayotgan
ommaviy va yakka tartibdagi ishlarda ham o‘z istaklari bilan qatnashadilar.
Sinfdan va maktabdan tashqarish ishlarning yana bir xususiyati shundaki, bu ishda
o‘quvchilarning mustaqil ishlari asosiy o‘rin tutadi. To‘garaklarda, sport jamoalarida, bolalar
lagerlarida, maktab maydonchalarida mustaqil ishlar uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Sinfdan va maktabdan tashqarish ishlar darsda olib boriladigan o‘quv-tarbiya ishlarini
mustahkamlaydi va to‘ldiradi, o‘quvchilarni pedagogik ta‘sirga to‘la jalb etishga, dars uchun
ajratilgan vaqt ichida amalga oshirish qiyin bo‘lgan ishlar amalga oshiriladi.
Sinfdan va maktabdan tashqarish tarbiyaviy ishlar jarayonida mehnat va o‘quv
mashg‘ulotlari bilan o‘yin kulgu, hordiq chiqarish tadbirlari o‘zaro muvofiqlashtirilishi kerak.
Sinfdan va maktabdan tashqarish ishlardan ko‘zda tutilgan maqsad bolalarda turli sohalar
bo‘yicha qiziqishlarni yuzaga keltirish, ularni rivojlantirish va tarbiyalashdir. Bolalarning
hayotini chinakamiga madaniy qilish ularni jamoa bo‘lib yashashga o‘rgatishdan iboratdir.
Sinfdan va maktabdan tashqarish ishlarni tashkil qilish shakllari quyidagicha:
a) og‘zaki ish usullari (siyosiy axborotlar, majlislar, lineykalar, leksiyalar, dokladlar,
kitobxonliklar, konferensiyalar, munozaralar, uchrashuvchi);
b) ko‘rgazmali ish usullari (maktab muzeylari, turli sohaga oid albomlar majmuasi, urush
va mehnat qaxramonlari badiiy ijod ko‘rgazmalari);
v) amaliy ish usullari (poxodlar, ekskursiyalar, spartakiadalar, olimpiadalar va
konkurslar, qizil iztoparlar harakati, texnika ijodi, yosh naturalistlar to‘garaklari, shanbaliklar va
temurchilar harakati) va boshqalar.
Sinfdan va maktabdan tashqarish tarbiyaviy ishlar shakllari shaxs kamoloti bosqichlarini
belgilab olishga qaratilganligi bilan ifodalanadi. Bu muammolarni ijobiy hal qilish uchun sinfdan
va maktabdan tashqari, tarbiyaviy ishlar tizimida quyidagilar bo‘lishi mumkin:
-
ulg‘ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish,
har bir bola, o‘smir yoki yoshning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash;
-
milliylikning o‘ziga xos an‘ana vositalariga tayanish;
-
pedagoglar va o‘quvchilar orasidagi o‘zaro hurmat munosabatlarini
shakllantirish.
O‘quvchilarni aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy, nafosat, ekologik, huquqiy, iqtisodiy,
ma‘naviy jihatdan shakllangan kishilar qilib tarbiyalash dars jarayonida boshlanadi. Biroq
o‘quvchilarning kundalik o‘sib borayotgan ehtiyojlari, qiziqishlarini faqat dars jarayonida olib
borib bo‘lmaydi. Bunday ko‘p qirrali qiziqishlarni sinfdan va maktabdan tashqarish tarbiyaviy
ishlar bilan uzviy bog‘lash asosidagiina qondirish mumkin.
Sinfdan va maktabdan tashqarish ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni
to‘ldiradi. Ularning dunyoqarashini to‘g‘ri shakllantirishga, axloqiy kamol topishiga
ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan bog‘lashga zamin yaratadi.
Sinfdan tashqarish ishlarning tarbiyaviy ta‘siri o‘quvchilar jamoasining xilma-xil ishlarini
qanday yo‘lga qo‘yishlariga bog‘liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan
chegaralanmaydi, balki yoshlarni har xil o‘quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning
qiziqishlari, mayillari, tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni
xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik,
ijtimoiy ong va axloq odatlarini tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu faoliyat ilmiy
jamoa, klub, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda o‘tkaziladigan
kitobxonliklar konferensiyalari va munozaralari, siyosiy, axloqiy, ma‘naviy, madaniy, ilmiy-
ommabop va mehnat mavzularidagi ma‘ruza va suhbatlar, ijtimoiy foydali mehnat, siyosiy
axborot, bayram kechalari va ertaklari, to‘garak mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi.
O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o‘z mazmuniga ko‘ra tafakkur faoliyati va
munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi,
qayta ishlanadi va shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi.
Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarni ijodkorlikka da‘vat etuvchi tarbiyaviy
maskandir. Pedagogik tajribalar shuni ko‘rsatadiki, hozirgi sharoitda maktabdan tashqari
tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar uylari, bolalar va yoshlar saroylari, yosh texniklar uylari,
yosh tabiatshunoslar uylari maktab tarbiyasining davomi bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining «Sinfdan va maktabdan tashqarish tarbiyaviy ishlar
konsepsiyasi» bu ishlarni rejalashtiri, amalga oshirishda asos bo‘ldi. O‘quvchilar maktabdan
tashqari ishlarda qatnashib turli kishilar bilan munosabatga kirishadilar, turli vaziyatlarga duch
keladilar. Shuning uchun ham o‘quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-
xil bo‘lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat domrasi keng va ma‘naviy o‘sish
samarasi yuqori bo‘ladi. Ular orqali o‘quvchilar jamoada ishlashni o‘rganadilar, ijtimoiy mehnat
quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo‘shiladilar, jamoatchilik fikriga
bo‘ysinishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar. Maktabdan tashqari faoliyat unda
qatnashuvchilarning ma‘naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko‘ra
belgilanadi.
Siyosiy axborot. Bu tadbir o‘quvchilarga mamlakatimiz va chet ellarda muhim siyosiy-
ijtimoiy voqyealar bilan tanishtirib borish imkonini beradi. Bu axborot har haftada o‘tkaziladi.
Siyosiy axborotlar o‘tkazish uchun avvalo mavzular tanlash katta ahamiyatga ega. Kalendar
sanalari bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlar, masalan, 1 sentyabr mustaqillik kuni, Navro‘z, 8-mart
xotin-qizlar kuni, kasb bayramlari, allomalarning yubileylari va hokazo.
O‘quvchilarning ishlab chiqarish ilg‘orlari, atoqli kishilar bilan uchrashuvlari.
O‘quvchilar biror voqyeani uning o‘z ishtirokchilari og‘zidan eshitsalar, bu voqyea ularga g‘oyat
katta taasurot qoldiradi. Vatan uurshi, afg‘on urushining va O‘zbekiston qaxramonlari, ishlab
chiqarish ilg‘orlari, olimlar, yozuvchilar, dehqon-fermer tadbirkorlari bilan uchrashuvlar tashkil
etish axloqiy-siyosiy tarbiyaning eng samarali shakllaridir.
Klublar – yoshlarning turli xil qiziqish, istak va xohishlarii qondirish, qobiliyatlarini
o‘stirishni ko‘zda tutuvchi ommaviy-ixtiyoriy birlashmadir. Ularning to‘garaklardan farqi
faoliyat darajasining kengligi va ko‘p qirraligidir. Bir klubda 10-15 ta to‘garakni va ommaviy
madaniy ishlarni tashkil etish mumkin.
Idmiy jamiyatlarning klublarga nisbatan ish ko‘lami yanada keng, faoliyati xilma-xildir.
Ilmiy jamiyatlar ham o‘quvchilarning qiziqish va istaklari asosida tashkil qilinadi. Asosiy
maqsad, vazifa o‘quvchilarning fan, texnika va san‘atga bo‘lgan qiziqishlarini qondirish,
mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o‘stirish, nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amalda sinab
ko‘rish, o‘quvchilar e‘tiborini ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilishdan iborat.
Klub va jamiyatlarda «Fizika-matematika», «Astranomiya», «Ximiya», «Tarix»,
«Biologiya», «Ekologiya», «Huquq», Iqtisod jamiyatlari, shuningdek, «Maktab adio klubi»
(bunda radiokonstruktorlik, kuzatuvchilik, operatorlik: «ommaviy ishlar klubi»da – kechalar-
ertaliklar, uchrashuvlarni tayyorlash va o‘tkazish, KVN larni tayyorlash kabi seksiyalar) bo‘lishi
mumkin.
Ilmiy to‘garaklar – ularning asosiy maqsadi to‘garak a‘zolarining ma‘lum o‘quv faniga
bo‘lgan qiziqishlariga tayangan holda, ular bilimini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularning
bilish qobiliyatlarini o‘stirish, mustaqil ishlarni o‘rgatish hamda amaliy ko‘nikmalar hosil
qilishdan iboratdir.
O‘lkani o‘rganish to‘garagi – o‘quvchilar o‘z o‘lkasiga, shahri, qishlog‘i, tarixiga, xalq
og‘zaki ijodiga oid materiallarni to‘playdilar, tegishli axborot va dokladlar tayyorlaydilar.
Maxsus to‘garaklar – o‘quvchilarni amaliy ko‘nikma va bilimlar bilan qurollantiradi,
kasb tanlashga bevosita yordam beradi.
Badiiy to‘garaklar – adabiyot, musiqa, drama, tasviriy san‘at, ganchkorlik, kashtachilik,
zardo‘zlik, do‘ppisozlik kabilar o‘quvchilar o‘rtasida badiiy havaskorlikni o‘stirish, estetik didi
va ijodiy qobiliyatlarini tarbiyalashdan iborat.
Jismoniy tarbiya sportlarining turlari juda ko‘p. Ularning maqsadi o‘quvchilarni jismoniy
chiniqtirish, sog‘ligini muhofaza qilish, sohalar bo‘yicha qobiliyatlarini rivojlantirish, mehnat va
Vatan mudofaasiga amaliy tayyorlashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |