Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#37604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Alisher navoiy nomidagi

 
Pedagogika  ―paydogogos-grekcha‖    ―bola‖  va  ―yetaklash‖  ma‘nosini  bildiradi.  Insonni 
shakllantirishga  qaratilgan  muayyan  tizimli  faoliyat  hamda  ta‘lim-tarbiyaning  mazmuni,  shakli 
va usullari haqidagi fan. U yosh avlodni  va kattalarni tarbiyalash haqida bahs qiladi. U ta‘lim-
tarbiyaning umumiy qonunlarini ishlab chiqib, hayotga tadbiq qilish masalasini o‘rganadigan fan 
deb ta‘riflash mumkin. Kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan odamlarda mehnat qurollarini 
ishlata bilish qobiliyati, mehnat malakalari, nutq va tafakkur o‘sib, kamol topib boradi. 
 
Pedagogika  avval  tabiat,  jamiyat  va  inson  tafakkuri  taraqqiyotining  umumiy 
qonuniyatlarini o‘rganadigan falsafa fani tarkibidan ajralib chiqib fan sifatida taniladi. 
 
Hozirgi davrda inson faoliyati bilan shu qo’llanadigan fanlar juda ko’p. Pedagogika 
fanining  o’zi o’rganadigan mavzu ya’ni inson, odam, bola va uning shakllanishi haqida tadqiq 
qiladi, hamda fan sifatida tan olindi va rivojlanib bormoqda. Juda qadimgi davrda jamiyatning 
inson zotini qo’llab - quvvatlash va saqlab qolish ehtiyojidan kelib chiqqan holda tarbiyalash 
jarayoni  avvalo u ijtimoiy-tarixiy tajriba jarayonida  to’plangan va to’planayotgan ijtimoiy 
tajribani  bir-birining o’rniga kelib turadigan avlodlarga yetkazib berishi bilan xarakterlanadi. 
 
Yangi avlod o‘zidan oldingi keksa ajdodning ijtimoiy turmushdagi tajribasini (fan, san‘at, 
ahloq) xulq,  atvor sohalarini o‘zlashtira borib uni  boyitadi.  Bu haqda A.R.Beruniy  ―jamlangan 
tajribani  har  bir  avlod  o‘zidan  keyin  kelayotgan,  o‘zidan  keyin  uni  taraqqiy  ettiradigan  va 
boyitadigan navbatdagi avlodga yetkazib beradi‖ deb o‘rinli ta‘kidlagan. Ijtimoiy tajriba, tabiat, 
jamiyat, texnika va voqyealarni qayta o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan faoliyat ususllari haqidagi 
bilimlar,  ko‘nikma  va  malakalar:  insonning  dunyoga,  odamlarga,  o‘ziga  nisbatan 
munosabatining  alohida  tizimi  sifatidagi  tarbiyalanganliklari  tarkib  topgandir.  Ijtimoiy  tajriba 
moddiy  va  ma‘naviy  qadriyatlarning  yig‘indisi  sifatida  ijtimoiy  ongning  turli  shakllarida 
shuningdek,  ijtimoiy  munosabatlar,  hulq  atvor  tizimida  mujassamlashgan  tarbiya  muayyan 
ijtimoiy funksiyalarni bajarishga tayyor bo‘lgan shaxsni voyaga yetkazadi. 
 
Inson  egallab olishi  lozim  bo‘lgan ijtimoiy tajriba qanchalik murakkab bo‘lgani  sari, bu 
tajribani  yetkazish  yuzasidan  maxsus  tashkil  etilgan  faoliyatga  ya‘ni  (biror  ishlab  chiqarishni 
o‘rgatishga) ehtiyoji paydo bo‘la boshladi. Tarbiya mohirlik va ishning ko‘zini bilishni talab eta 
boshladi.  Tarbiyani  amalga  oshirish,  anglash  va  bu  sohadagi  tajribalarni  o‘rganishga  ehtiyoj 
tug‘ilishi  natijasida  pedagogika  fani  yuzaga  keldi.  Agar  insoniyat  tarixining  ilk  bosqichlarida 


bolalar  va  kattalar  bilan  birgalikda  mehnat  qilish  jarayonida  tarbiya  olgan  bo‘lsa,  jamiyatning, 
hayotning rivojlanib borishi bilan bilim va tajribani o‘rganishning bunday yo‘li hayot talablariga 
javob bermay keldi. Bular esa o‘z navbatida o‘qitishni, tarbiyalashni taqozo etar edi. Bu vazifa 
pedagogika fanining alohida bir fan sifatida shakllanishiga imkon berdi. Bu hayotning obyektiv 
talabi natijasida ro‘y berdi. ―Taraqqiyot tasodif emas, balki zaruratdir‖ deb ta‘kidlagan fransuz 
olimi Viktor Gyugo. 
 
Hayotning barcha yo‘nalishlaridagi tajribalar maktabning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. 
Maktab  so‘zi  yunon  tilida  ―dam  olish,  mehnatdan  so‘ng  hordiq  chiqarish‖  degan  ma‘noni 
anglatadi.  ЈQadimgi  Gresiyada  maktab  deb  tajribaliroq,  bilag‘onroq  odamlarning  bolalari  va 
usmirlar bilan suhbatlashishini aytishgan. 
Keyinchalik ―maktab‖ termini maxsus o‘quv-tarbiya muassasalari sifatida ishlatila boshlagan 
va hozirgi vaqtda ham shu ma‘noda ishlatiladi. Tarbiyaning takomillasha borishi natijasida 
jamiyat tuzilishida faoliyatning yangi turi yuzaga chiqdiki, u yoshlarni maxsus ijtimoiy 
pedagogik dasturlar asosida hayotga ongli va maqsadga muvofiq tayyorlashga 
mo‘ljallangandir. Bu masala pedagogik kasbning bo‘lishini taqazo etardi. Uni amalga oshirish 
uchun maxsus tayyorlangan mutaxassislarga ehtiyoj  tug‘dirdi. Pedagogik bilimlar inson 
faoliyatining maxsus yo‘nalishlarida yosh avlodni ijtimoiy hayotga tayyorlashda va 
tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham pedagogika fani jamiyatning 
rivojlanishida, odamlarning ijtimoiy ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma‘naviy tajribalarini 
keyingi avlodga yetkazishini hal qiluvchi va jamiyatning rivojlanishini ta‘minlovchi fan 
deyish mumkin. Bu haqda AQShning buyuk  pedagogi  Bendjamin Spok ―Mening oldimda 
ikki  asosiy vazifa aniq bo‘la boshladi. Bu bir tomondan, pedagogikani asrimizning ma‘naviy 
darajasiga ko‘tarish bo‘lsa, ikkinchi tomondan men tarbiyaning psixologik-pedagogik 
qonuniyatlarini falsafiy anglab yetish bilan birga ota-onalarga aniq tavsiyalar berish, ularnig 
savollariga aniq javob berishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim‖ - degan edi. Haqiqatan 
ham  pedagogika fani inson shaxsini ma‘naviy kamolotini ta‘minlaydigan fan bo‘lmog‘i 
darkor.  

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin