Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Tarbiyaning tarixiy va ijtimoiy xarakteri



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#37604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Alisher navoiy nomidagi

Tarbiyaning tarixiy va ijtimoiy xarakteri 
 
Tarbiya  kishilik  jamiyatining  paydo  bo‘lishi  bilan  vujudga  keldi  u  bilan  birga  taraqqiy 
etdi.  Jamiyatning  o‘zgarishi  bilan  o‘zgarib  bordi.  Tarbiya    turli  xil  davrlarda  va  turli  xil 
jamiyatlarda  o‘zgarmas  bir  narsa  bo‘lib  qolmaydi.  Ijtimoiy  tuzum  o‘zgarishi  bilan  u  ham 
o‘zgarib boradi. Tarbiyaning maqsadlari, mazmuni, shakli va usullari bilan har bir tarixiy davrda 
o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Shu  ma‘noda  biz  tarbiyani  tarixiy  kategoriyalari  deb  ataymiz, 
chunki  odamlar  hayoti  qachon  paydo  bo‘lgan  bo‘lsa,  tarbiya  ham  o‘sha  vaqtdan  buyon  olib 
borilmoqda.  Shuning  uchun  tarbiya  tarixiy  xarakterga  ega.  Agar  tarbiya  olib  borilmaganda  edi 
hayot ham davom etmas edi. Bu fikrni kundalik hayotimiz isbotlab turibdi. Pedagogik g‘oyalar 
va tarbiyaviy ishni rivojlantirishda muayyan darajada aloqa va ma‘lum bir davomiylik mavjud. 
Jumladan, asrlar davomida dars maktabda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning asosiy shakli 
bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.  
 
Hozirgi  davrda  o‘quvchilarga  bilim  berishning  dars  shaklidan  tashqari  boshqa  shakllari 
paydo bo‘ldi. Masalan, sayohat, bahs, konferensiya, seminar, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya va 
hokazo 
Ayni chog‘da tarbiyada va ta‘lim berishda mafkuraviy jihatdan betaraf qoladigan lahzalar 
ham  borligini  unutmaslik  kerak.  Tarbiya  va  ta‘limning  tashkiliy  ish  shakllarini  aniq  to‘ldirish 
maktab  ishining  u  yoki  bu  masalalarini  izohlashga  yondashuv  har  davrda  turlicha  xarakterga 
egadir.  
Tarbiyaning  ijtimoiy  xarakteri  deganda  bir  kishining  bir  necha  kishilarning  xohish, 
irodasidan  qat‘i  nazar  ijtimoiy  hayot  bor  ekan  u  ko‘pchilikning  ya‘ni  jamiyat  a‘zolarining 


hayotini davom ettirish uchun olib borilishi shart bo‘lgan ijtimoiy jarayondir. Shuning uchun biz 
tarbiyani ijtimoiy jarayon deb hisoblaymiz. Jamiyatda insonlar mavjud ekan demak hayot davom 
etishi shart. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin