Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, ahloqiy, irodaviy,
estetik xislari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy
kuch-quvvatlari mustahkamlanadi.
Hamma davrlarning ilg‘or kishilari tabiatga yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari
va mutafakkirlaridan Zardo‘sht, Muhammad al-Xorazmiy, Imom al-Buxoriy, Imom Termiziy,
Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali Ibn Sino,
Yusuf Xos Hojib,
Ahmad Yassaviy, Mahmud Qoshg‘ariy, Shayx Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi,
Burhoniddin Zarnudjiy, Bahouddin Naqshband, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy,
Zahriddin Bobur, Zavqiy, Furqat, Avaz O‘tar, Hamza, Abdulla Avloniy inson kamolotini ilm fan
va tarbiyada deb bildilar.
Tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishga uning atrofdagi
dunyoga, jamiyatga, odamlarga, o‘ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirishga va
kengaytirishga qaratilgandir.
Shaxsning turmushdagi turli jihatlarga munosabatlari tizimi qanchalik keng, xilma-xil va
chuqur bo‘lsa, uning ma‘naviy dunyosi shunchalik boy bo‘ladi. Tarbiya shaxsni
ijtimoiylashtirish uning aniq hayotiy mavqyeini shakllantirish jarayonidir. Tarbiya shaxsning
ongliligi, faolligi, doimiyligi, vatanparvarligi, insonparvarligi va boshqa fazilatlarini
shakllantiradigan jarayondir. Tarbiya o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p faktorli, xarakterga ega. Buning
ma‘nosi shuki, bola shaxsning qaror topishi maktab, oila, jamoatchilik, ijtimoiy muhit va yaqin
atrofdagi vaziyatning bevosita yoki bilvosita ta‘siri ostida ruy beradi. Hamma narsa: odamlar,
ashyolar,
hodisalar, voqyealar avvalo ota-onalar va pedagoglar tarbiyalaydilar. (A.S.Makarenko)
Tarbiya jarayonini mashhur pedagog Abdulla Avloniy “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo
hayot, - yo mamot, - yo najot, - yo halokat, -yo saodat,-yo falokat masalasidir” deb ta’riflagan.
H.H.Niyoziy: “Agar yaxshi tarbiya kishining qimmatbaho boyligi bo’lsa, yomon tarbiya uning
uchun haqiqiy baxtsizlik hisoblanadi va ko’pincha uni xalok etadi”, - deb tushungan.
Ta‘lim orqali nazariy kamolotga erishiladi. Tarbiya esa Forobiy fikricha bu kishilar
muloqotda etnik qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo‘ldir deb ta‘rif
bergan, hamda ―insoniy maqsad-oliy baxt-saodatga erishuvni o‘ziga g‘oya va oliy maqsad qilib
olishi kerak‖.
A.S.Makarenko: ―Tarbiya bu nisbatan keksaroq avlodning o‘z tajribasi, o‘z ehtirosi, o‘z
e‘tiqodini yosh avlodga topshirish demakdir‖ - deb ta‘riflagan. V.A.Suxomlinskiy ―Tarbiya -
avvalo o‘qituvchi bilan bolalar doimiy ma‘naviy munosabatlaridir‖ - deb ta‘riflagan.
Yuqoridagi ta‘riflarning barchasi shaxs tarbiyasining u yoki bu qirralarini ilmiy jihatdan
asoslashga qaratilgandir.
Pirovard natija har tomonlama kamol topgan, yetuk, barkamol shaxsni shakllantirnishga
qaratilgandir. Tarbiya jarayonining eng asosiy maqsadi har tomonlama va uyg‘un kamol topgan,
yangicha fikrlaydigan shaxsni shakllantirishdir. Bu qiyin jarayon ikki tomonlama bo‘lib,
uyushtirishni va rahbarlikni boshqarishni ham, tarbiyalanuvchi shaxsning faollik ko‘rsatishni
ham taqoza qiladi. Ammo bu jarayonda pedagog yetakchi rol o‘ynaydi va tarbiyaning umumiy
maqsadini amalga oshiradi.
Tarbiya jarayonining mohiyati tartibga kompleks yondashishni talab etadi. Tarbiyani
qurilishga qiyoslash mumkin. Kompleks yondashish obyektiv ravishda aqliy, g‘oyaviy, ahloqiy,
mehnat, estetik, jismoniy, iqtisodiy, huquqiy, ekologik, ma‘naviy va hakozolarning birligini,
tarbiya jarayonini tashkil etishning: individual, guruhli va ommaviy shakllarini qo‘shib olib
borishini, usullari hamda vositalarini maqsaddan kelib chiqib olib borilishini ta‘minlaydigan
pedagogik tizimni keltirishni va ularni amalda qo‘llashni talab etadi.
Tarbiya uzoq davom etadigan va aslida uzluksiz jarayon bo‘lib bu jarayon bola maktabga
kelishidan ilgariroq boshlanadi va butun umr bo‘yi davom etadi.
Tarbiya ko‘pgina sabablarga, o‘quvchilarning individual- topologik tafovutlariga,
ularning hayotiy va ma‘naviy tajribasiga, shaxsiy faolligiga bog‘liq.
Qadimgi sharq maqollaridan birida shunday deyilgan: ―Agar o‘zingni bir yilga
ta‘minlamoqchi bo‘lsang - sholi ek, o‘n yilga ta‘minlamoqchi bo‘lsang - daraxt ek, yuz yilga
ta‘minlamoqchi bo‘lsang - odam tarbiyala‖.
Olim bo‘lish oson, odam bo‘lish qiyin (maqol). Bola o‘qishni o‘rganishdan oldin, taqlid
qilishni o‘rganadi degan Kamenskiy.
―O‘zi yaxshi ko‘radigan narsasini o‘zgalarga ham ravo ko‘rmaguncha kishi mo‘min
komil bo‘la olmaydi‖ - degan
ekan Al-Buxoriy, Al-jome‘-as-Sahih asarida.
―Yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan odamlarning yetishmasligi bizning olg‘a
siljishimizda hamon to‘siq bo‘lib turibdi. Bunday kadrlarni, avvalom bor yosh kadrlarni topish,
o‘stirish, tarbiyalash bugungi kunning eng muhim masalasiga aylanmoqda‖ - deb ta‘kidlaydi
I.A.Karimov (83 - bet) va yana ―Komil inson deganda biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay
oladigan hulq atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma‘rifatli kishilarni tushunamiz‖ -
degan (81 - bet). Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi: iste‘dodga, ilmga, mashqqa degan edi
Arastu (107 - bet).
Ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi muhim va ijtimoiy ahamiyatga ega. Bu borada quyidagi
xikmatga rioya zarur. ―Bolaning 1-6 yosh davrida u hokim - ota esa tobe, 7-18 yoshida ota
hokim bola esa tobe, 18 dan so‘ng esa albatta do‘st va hamkor bo‘lish kerak‖ kabi tushuncha
xalq pedagogikasidan bizgacha yetib kelgan.
Dostları ilə paylaş: