Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


-Mavzu: O’zbekistonda ta’lim tizimi



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#37604
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   153
Alisher navoiy nomidagi

 
5-Mavzu: O’zbekistonda ta’lim tizimi 
 
Reja: 
1.  
Xalq ta‘lim tizimi haqida tushuncha. 
2.  
O‘zbekistonda ta‘lim tizimi tarixi haqida ma‘lumot. 
3.  
Ta‘lim tizimining tuzlishi va uning ish mazmuni. 
4.  
Ta‘lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari. 
5.  
Maktabgacha va umumiy o‘rta ta‘lim.  
6.  
O‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi va oliy ta‘lim mazmuni.  
7.  
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim va kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. 
8.  
Maktabdan tashqari ta‘lim. 
 
 
Tayanch so’z va iboralar: Ta‘lim-tarbiya, tizim, tarmoq, tuzilish, ichki va tashqi siyosat
ma‘lum qoidalar asosida, muassasalar, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanish, Konstitusiya, 
barcha  fuqarolar,  jinsi,  millati,  irqi,  tili,  e‘tiqodidan  qat‘i  nazar,  Marko  Polo,  Nur  sharqdan 
taraladi, Szyan, 5 yoshga to‘lgach, odat, maktab, madrasa, masjid, qorixona, diniy va dunyoviy 
bilimlar, davlat standarti, davlat va nodavlat, faoliyat ko‘rsatishi, ilmiy pedagogik muassasalar, 
boshqaruv  organlari,  korxona,  uzluksiz,  yagona,  prinsiplar,  dunyoviy  xarakteri,  majburiyligi, 


iste‘dodni  rag‘batlantirish  va  hakozo.  Ta‘lim  turlari  (xillari),  uzluksiz  ta‘lim,  maktabgacha, 
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy, maktabdan tashqari, boshlang‘ich ta‘lim, bilimlar 
hajmini  beradi,  kasbga  yo‘naltirish,  ixtiyoriy,  majburiy,  kasb-hunarga  moyilligi,  uch  yillik. 
Ishlash  huquqi,  intellektual  qobiliyatlari,  fanni  chuqur  o‘rganish,  mehnat  faoliyatida  ruyobga 
chiqarish. Ikki bosqich, bakalavriat, magistratura, tayanch, aspirantura, adyunktura, doktarantura, 
mustaqil  tadqiqotchilik,  diplom,  mutaxassisliklar,  mutaxassis,  jamoat  boshqaruvi,  distansion 
ta‘lim,  texnologiya,  ta‘lim,  fan  va  ishlab  chiqarish,  yangilash  va  chuqurlashtirish,  davlat  va 
nodavlat,  yakka  tartibda,  o‘quvchilar  bo‘sh  vaqtini  tashkil  etish,  davlat  standartlari, 
akkredatasiya, moliyalash va hokazo. 
 
Xalq  ta‘limi  tizimi  deb  muayyan  mamlakatning  ichki  va  tashqi  siyosatiga  ta‘sir 
ko‘rsatuvchi  hamda  ma‘lum  bir  qoidalar  asosida  tashkil  etilgan  barcha  ta‘lim-tarbiya 
muassasalarining  tuzilishiga  aytiladi.  Xalq  ta‘limi  tizimi  respublikamizni  ijtimoiy,  iqtisodiy  va 
madaniy  rivojlanishining  ustivor  sohasi  hisoblanadi.    U  O‘zbekiston  Respublikasining 
Konstitutsiyasi  va  O‘zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligi  asoslari  to‘g‘risidagi 
qonunga  muvofiq  tashkil  etildi  va  nazorat  qilinadi.  Konstutsiyaning  18,  41-moddalarida 
ta‘kidlanganidek  jumhuriyatimizda  yashovchi  barcha    fuqorolar  jinsi,  irqi,  millati,  tili,  dini, 
ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqyeidan qat‘iy nazar bilim olish huquqiga 
ega.  
 
Sharq xalqlari, xususan o’zbek xalqi qadimdan ilmga, ma’rifatga chanqoq ekanligi 
ma’lum. Buni o’zbek xalqining tarixi bilan qiziqqan tarixshunoslarning esdaliklari, ilmiy 
mulohazalarida ham yaqqol ko’rish mumkin. Jumladan: “Xitoy ta’rifchisi (Syuan, Szyan, 630 yil) 
ning ma’lumotiga ko’ra o’sha zamonda O’rta Osiyoda bola besh to’lgach, uni o’qish, yozishga va 
hisobga o’rgatganlar. Eronda savodlilar kamdan-kam bo’lgani holda, O’rta Osiyoda hamma 
yoshlarni savodga o’rgatish odat bo’lgan” (40 bet. O’zbekiston xalq pedagogikasi. 1973 yil). 
 
Umumiy  ta‘lim  maktablari,  o‘rta  va  oliy  ta‘limda  o‘quvchilarga  davlat  tomonidan 
g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi. 
 
Yuqorida  asoslangan  barcha  huquqlar  yoshlardan  Prezidentimiz  I.A.Karimovning 
quyidagi ―Faqatgina chinakam ma‘rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‘z bilan 
aytganda,  o‘zligini  anglash,  erkin  va  ozod  jamiyatda  yashash,  mustaqil  davlatimizning  jahon 
hamjamiyatida o‘ziga munosib, obro‘li o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin‖, 
-fikri  asosida  faoliyatlarini  tashkil  etmoqliklarini  talab  etadi.  O‘zbekiston  respublikasi  ta‘lim 
tizimi ana shu g‘oyani amalga tadbiq etishga qaratmog‘i darkor. 
 
Taniqli  Venesiyalik  sayyoh  Marko  Polo  uzoq  vaqt  hozirgi  O‘zbekiston,  Tojikiston, 
Turkmaniston  va  qo‘shni  viloyatlar  hududida  yashagan  xalqlarning  an‘analarini,  urf-odatlarini 
o‘rganadi.  U  o‘z  esdaliklarida  yosh  avlodni  hayotga  tayyorlashda  ko‘p  asrlar  davomida 
qo‘llanilgan  usul  va  vositalarga  tayangan  holda  ―Nur  Sharqdan  taraladi‖  degan  edi.  Qadimgi 
Ovro‘pada keng tarqalgan mazkur xikmatda Sharq xalqlarining insoniyat madaniyat poydevorini 
yaratishdagi ulkan hissasi g‘arb xalqlari tomonidan tan olingani ifodasidir. 
 
Ota-bobolarimizning  ―O‘tmishni  unutganning  kelajagi  bo‘lmaydi‖  degan  hikmatli  gapi 
bor.  Biz  tariximizni  qanchalik  chuqur  o‘rgansak,  madaniy  merosimizga,  qadriyat  va 
an‘analarimizga  qaratsak,  kelajak  avlodga  shunchalik  to‘g‘ri  ta‘lim  bergan  bo‘lamiz.  Sharqda, 
xususan  O‘zbekistonda    ta‘lim-tarbiyaga  juda  katta  e‘tibor  berilgan  edi.  Bolalarni  kichik 
yoshidan  ilmga  qiziqtirish,  axloqan  pok,  vijdonli,  mehr-shafqatli  qilib  voyaga  yetkazish,  el-
yurtga nafi tegadigan farzand qilib o‘stirish masalalariga ota-bobolarimiz jiddiy e‘tibor qilishgan. 
 
Tarixiy manbalardan ma‘lumki, Markaziy Osiyo hududidagi madrasa va masjidlarda, eski 
usuldagi  maktablarda  diniy  ta‘lim-tarbiya,  yetakchi  o‘rinni  egallagan.  Bu  bejiz  emas  albatta. 
Inson, ayniqsa, yosh bola yuksak axloq va odob mezonini bilmay va uni puxta egallamay turib, 
boshqa  ilmlarni  egallashi  qiyin.  Bu  asrlar  davomida  ota-bobolarimiz  tomonidan  qancha-qancha 
tajribalar asosida sinalgan haqiqatdir. Shu o‘rinda eski o‘quv yurtlarida tillar o‘rganishga bo‘lgan 
e‘tiborni  misol  qilib  ko‘rsatish  mumkin.  Al-Xorazmiy,  Al-Zamaxshariy,  Al-Beruniy,  Ibn  Sino, 


Ulug‘bek,  A.Navoiy,  Muhammad  Solih,  Ogohiy  kabi  ulug‘  zotlar  arab,  fors  va  boshqa  tillarni 
qunt bilan o‘rganishgan va o‘sha tillarda  erkin ijod qilishgan. 
 
Musulmon  maktablarida  ta‘lim-tarbiya  tizimi  ikki  bosqichdan  iborat  bo‘lgani  ko‘pgina 
manbalarda  qayd  etilgan.  Chunonchi:  ibtidoiy  va  o‘rta  asrlar  davri  madrasalar  ta‘limi.  Shu 
o‘rinda  o‘z  ustida  tinmay  ishlagan  iqtidorli  peshqadam  mullavachchalar  tengdoshlaridan  o‘zib 
ketib, ilm cho‘qqilarini egallaganini va yuqori darajaga erishganliklarini ta‘kidlash lozim. 
 
O‘tmishda maktabga qabul qilinadigan o‘quvchilarning yoshi aniq belgilanmas, ba‘zi ota-
onalar  farzandlarini  5  yoshda,  ayrimlari  esa  6-8  yoshda,  shaharlarda  o‘g‘il  bolalar  15-17 
yoshgacha, qishloq joylarda esa 13-15 yoshgacha o‘qitilardi. 
 
O‘quv dasturlari va dars jadvali muntazam bo‘lmasdan, o‘quvchilar sinflarga ajratilmas, 
edi.  O‘quvchilar  o‘qitilayotgan  fanning  xarakteri  va  sohasiga  qarab  guruhlanadi.  Masalan: 
―taxtaxonlar‖ domla tomonidan taxtachaga yozilgan harflarni yozishni o‘rganar edi va hokazo. 
 
VII-VIII  asrlarda  Markaziy  Osiyoni  arablar  fath  etgach,  islom  dini  asosidagi  sifat 
jihatidan yangi tizimga ega bo‘lgan ta‘lim-tarbiya muassasalari vujudga keldi. Arab bo‘lmagan 
bolalarga  islom  dini  asoslarini  o‘rganish  maqsadida  Markaziy  Osiyo  maktablarida  ―Haftiyak‖, 
―Chor  kitob‖  kabi  darsliklar  keng  tarqaldi.  XII  asrdan  boshlab  islom  dinini  turkiy  tillarda 
yozilgan asarlarda ham ommalashtirish boshlandi. Masalan, A.Yassaviyning ―Xikmat‖ asari. 
 
Maktab, madrasa, masjidlar faqat ibodatxona emas, tarbiya o‘chog‘i vazifasini  bajargan. 
U  davrda  savod  chiqarish  harf  va  so‘zlarni  yozishni  o‘rganishdan  boshlanar  edi.  Maktab  so‘zi 
arabcha ―yozuv o‘rgatadigan fan‖ deb nomlanishi ham ana shundandir. 
 
Maktablarda bolalarga yozish va hisoblash o’rgatilgan, yana o’smirlarga  savdo san’ati, 
arab tili, mantiq, nomaqlik, husni xat va arifmetikadan savod berilgan. Har bir maktabda 
talabalar soni 30-40 tadan oshmagan, bundan tashqari masjid qoshidagi maktablarda ham 15-
20 talaba o’qigan. 
 
Maktab,  madrasalar  bilan  birga  qorixonalar  ham  mavjud  bo‘lib,  ularda  yozuv 
o‘rgatilmagan. ―Qur‘on‖ ni yod olishgan xolos. 
 
“Madrasa” so’zi -  arabcha “dars o’qitiladigan joy”, “ma’ruza tinglanadigan joy” 
ma’nosini bildiradi. “Mudarris” - dars beruvchi o’qituvchidir. 
 
Madrasalar  15-20,  30-40  va  xatto  100-150  talabani  o‘qitgan  bo‘lib,  diniy  bilimlar  bilan 
birga  dunyoviy  bilimlar  ham  berilgan.  Qobiliyati,  qiziqishi  bo‘lmagan  bolalar  shogirdlikka 
tushish, dehqonchilik bilan shug‘ullanishini maslahat bergan.  
 
1917 yilgacha har bir musulmon farzandini savodli qilishni savod deb bilgan. 
 
Arxiv ma‘lumotlariga qaraganda, 1885 yilda qo‘qon xonligida (o‘sha davrda taxminan 1 
millionga yaqin aholi yashagan) madrasa, maktab, qorixonalar va ularda o‘qiydiganlar talabalar, 
shuningdek masjidlar soni quyidagicha bo‘lgan. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin