Madrasa va talabalar soni
Madrasa va
talabalar soni
Maktab va
o‘quvchilar
soni
Qorixona va
o‘quvchilar
soni
Jami
qorixona
O‘quvchi
Marg‘ilon
57-838
428-7340
21-395
229
1701
Qo‘qon
45-6929
301-4210
100-604
Namangan
40-1324
371-7121
50-306
Andijon
30-996
428-6756
44-320
O‘sh
viloyatida
10-304
176-2851
14-76
Bulardan tashqari 6154 masjid mavjud edi. Bizning xalqning 2% gina savodli degan fikr
bo‘htondan boshqa narsa emas. Fikrimizning isboti uchun Turkiston o‘lkasidagi xalq bilim
yurtlari 3-inspektori V.Navkinning chor xukumatining maorif vaziri D.A.Tolstoyga 1896 yil 8
mayda yo‘llagan maktubdan ayrim satrlarini keltiramiz: ―E‘tiboringiz uchun ushbu xabarni
yetkazishni lozim deb bilamanki, ayni paytda Turkiston o‘lkasidagi oliy maktab madrasalargina
xalq bilim yurtlari 3-inspektorning rahbarligidadir. Quyi maktablar bu inspektorning rahbarligi
doirasidan tashqarida, ularning nihoyatda ko‘pligi sababli hali sonini olishga muvaffaq
bo‘linmadi, menga topshirilgan inspeksiya ishlarida maktablarning soni haqida aniq ma‘lumot
yo‘qligining boisi shunda‖. S.Grameniskiy ta‘kidlaganidek: ―O‘lka bosib olingach ruslar bu
yerda juda ko‘p maktablar kitoblar borligini ko‘rdilar, ularda arab alfavitida ona tili o‘qitilishiga,
xat-savodni egallash musulmon dini bilan uyg‘unlashib ketishiga guvoh bo‘ldilar‖
Ta‘lim tizimi deb muayyan mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga ta‘sir ko‘rsatuvchi
hamda ma‘lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha ta‘lim-tarbiya muassasalarining
tuzilishiga aytiladi. O‘zbekistonda ta‘lim tizimi mamlakatning barcha fuqarolariga ta‘lim, tarbiya
berish kasb-hunar o‘rgatishning asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat
konstitusiyaviy huquqlarini ta‘minlashga qaratilgan.
Ta‘lim tizimi asosida barcha fuqarolar o‘zlarining xohishlariga qarab, umumiy, o‘rta
maxsus, kasb-hunar va oliy ta‘lim va mutaxassisliklarni egallashlari uchun keng imkoniyatlar
yaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Davlat ta‘limi standartlariga muvofiq ta‘lim dasturini amalga oshiruvchi davlat va
nodavlat ta‘lim muassasalari;
Ta‘lim tizimining faoliyat ko‘rsatishini va rivojlanishini ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan
tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy pedagogik muassasalar;
Ta‘lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korxonalar,
muassasalar va tashkilotlar.
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
I. Barcha ta‘lim muassasalari davlat ta‘lim standartlari asosida tashkil etiladi va nazorat qilinadi.
Ta‘lim standartlariga muvofiq ta‘lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat
muassasalari shaklida olib boriladi. Davlat muassasalari O‘zbekiston xukumatining mablag‘i
hisobidan tashkil qilinadi ya‘ni barcha amalga oshiriladigan o‘quv ishlari, amaliyotlar, o‘quv-
moddiy baza, kadrlarga tulanadigan va boshqa mablag‘lar davlat tomonidan ta‘minlanadi.
O‘qiydigan o‘quvchi talabalarga stipendiya, yotoqxona va boshqa tomondan ijtimoiy
himoyalanadi.
Nodavlat ta‘lim muassasalari esa nodavlat tashkilotlar, xo‘jaliklar, dehqon-fermer,
qo‘shma korxonalar, fuqaro, homiylar yoki xorijiy tashkilotlari tomonidan tashkil etaladi. Barcha
o‘quv-tarbiyaviy ishlar, kadrlar tayyorlash o‘sha homiylarning mablag‘i hisobidan tashkil
qilinadi. Ammao ta‘lim mazmuni davlat ta‘lim standartlari talabalariga javob berishi talab
etiladi.
II. Ta‘lim tizimining faoliyat ko‘rsatish va rivojlanishni ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot
ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarga esa quyidagilar: ta‘lim tizimining
rivojlanishini ta‘minlovchi ilmiy tadqiqot institutlari, laboratoriyalar, oliy o‘quv yurtlarining
ilmiy ishlarini muvofiqlovchi xodimlar, ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
pedagoglar, professorlar va boshqalar kiradi. Masalan, Pedagogika, psixologiya, kimyo,
matematika, fizika va hokazo. Bu muassasalarxalq xo‘jaligining qaysi sohalari bo‘lishidan qat‘iy
nazar shu sohalar bo‘yicha tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi. Oqibatda ta‘lim tizimi rivojlanadi
va davlatga, jamiyatga naf keltiradi.
III. Ta‘lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarga esa quyidagilar kiradi: Tarmoq sohalaridagi vazirliklar, viloyat
xokimiyat boshqaruv organlari, tuman xalq ta‘limi bo‘limi, maktablarning rahbarlari, maktablar,
bolalar bog‘chalari, uylari, dam olish sanatoriyalar, kutubxona, texniklar, tabiatshunoslar,
temiryo‘l stansiyalar va hokazo.
IV. O‘zbekiston Respublikasining ta‘lim tizimi yagona va uzluksizdir talabi esa O‘zbekistonda
ta‘lim tizimi bitta, o‘ziga xos, mos shuning uchun u yagona degan ma‘no tushunilishi kerak.
O‘zbekiston ta‘lim tizimi boshqa davlatlardan nusxa olmasdan, o‘z tajribasi va boshqa
rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda ishlab chiqilgan va hayotda
qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimining uzluksizligi deyilganda barcha
fuqarolarga ma‘lumot ixtisoslik berilishida uzluksizlik, o‘zaro bog‘liklik saqlangan bo‘lib u
darajasiga qarab biror mutaxassislikni tayyorlashni nazarda tutadi. Barcha ta‘lim muassasalari
o‘zaro uzviy uyg‘unlikda bog‘langan. Masalan, Umumiy o‘rta ta‘lim bilan o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta‘limning bog‘lanishini ko‘rsatish mumkin. O‘quvchi avval umumiy o‘rta ta‘limni oladi,
so‘ng esa o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limida davom ettiradi va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |