Har bir sinfda har bir fanga oid dars turlicha tuziladi. Dars
qanchalik xilma-xil tuzilmasin,
unda umumiylik shunchalik ko‘p bo‘ladi. O‘rta maktablardagi darsning tuzilishi asosan
quyidagilardir:
1. O‘tgan darsda o‘tilgan materiallarni so‘rash, o‘quvchilar bilimini tekshirib ko‘rish
darslari.
2. Yangi materialni bayon qilish darslari.
3. Yangi materialni mustahkamlash va takrorlash.
4. Tekshirish darslari va h.k.
Dars tiplari. Bilimlarni mustahkamlash darsining tuzilishi:
1. Tashkiliy qism.
2. Darsning maqsadini belgilash.
3. Uyga berilgan topshiriqlarning bajarilishini tekshirish va o‘rganilgan materialni mashqlar,
amaliy laboratoriya va boshqalar yordamida esda yaxshi qoldirish.
4. Darsni yakunlash va uyga bajarish uchun topshiriq berish.
Tekshirish darslarining tuzilishi:
1. Tashkiliy qism.
2. Darsning maqsadini tushuntirish.
3. Nazorat ishlari.
4. Darsni yakunlash.
Dars jarayoni frontal, guruhli, individual tashkil etiladi. Laboratoriya ishlari
mashg‘ulotning xarakteriga qarab turli tipda tashkil qilinadi:
1. Sinf o‘quvchilari bilan frontal ravishda olib boriladigan mashg‘ulot.
2. Guruh, ya‘ni 6-7 o‘quvchi bilan olib boriladi.
3. Sinf o‘quvchilarining har qaysisi bilan alohida-alohida olib boriladigan tajriba
mashg‘ulotlari.
Frontal ravishda olib boriladigan mashg‘ulot tipi o‘qituvchining rahbarligida sinfdagi
hamma o‘quvchilarning bir xil asboblardan foydalangan holda bir turdagi tajriba ustida
ishlashdir. Lekin hamma vaqt ham o‘quvchilarni zarur bo‘lgan asboblar bilan ta‘minlab
bo‘lmaydi. Shuning uchun rontal ravishda olib boriladigan laboratoriya mashg‘ulotlari ikki
shaklda individual va brigada (guruhli) shaklida yo‘lga qo‘yiladi. Bunda o‘qituvchi o‘ziga
yordamchilar tayinlab olishi mumkin. O‘qituvchi tajribani boshlashdan oldin o‘quvchilarga yo‘l-
yo‘riqlar berishi kerak.
Yuqori sirflarda o‘quvchilarning individual olib boriladigan mustaqil tajribalari faoliyat
tarzda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlardan farq qiladi. Individul mashg‘ulotlar eksperimental tajriba
masalalarni yechishga qaratilgan amaliy ishlardan iborat bo‘lib, bunda mashg‘ulotlarda har
qanday o‘quvchi alohida-alohida tajriba ustida ish olib boradi.
O‘quvchilarning individual tajribalarining natijalari yozma ravishda yakunlanadi.
Dostları ilə paylaş: