Estetika termini birinchi bo‘lib adabiyotchi nemis olimi A.G.Baumchgarten (1714-1962)
tomonidan kiritilgan. Uning «Estetika» (I-tom) degan asari 1750 yilda e‘lon qilingan. Uni
estetika fanining asoschisi deb bo‘lmaydi, chunki estetika nazariyasi qadim zamonlardan falsafa
fani doirasida o‘rganilgan.
Tabiatni yosh avlodni tarbiyalovchi ajoyib murabbiydir, degan Ushinskiy. M.Gorkiy:
«Inson tabiatan san‘atkordir. U hamma yerda, biron bir holda, o‘z hayotini chiroyli qilishga
intiladi». Insonning ichki va tashqi go‘zalligi bir bo‘lgandagina u ideal kamolotga erishadi.
«Ozodlik va orastalik oliyjanoblikning o‘zagidir», deb ta‘kidlagan A.Beruniy «O‘tgan avlodlar
obidalari asarida.
Estetik tarbiya ancha keng ma‘noga ega bo‘lib, shaxsni tabiat va jamiyatdagi
go‘zalliklarni ideal nazardan idrok etishga o‘rgatadi. Estetika butun olamdagi go‘zalliklarni
hislar vositasida idrok etishdir. Az-Zamaxshariy: «Go‘zal sifat va husnu-xulq siyratlari
bezanmagan kishini hyech qanday kiyimlar ko‘rkam qila olmas, gunoh va xatolardan saqlangan
kimsaning qalbi sira aybdan firoq bo‘lmas», deb bildirgan fikri bag‘oyat qimmatli. (Nozik
iboralar. T., 1992, 74-bet).
San‘at ilmiy – degan edi «Sharq Aristoteli» deb nom bilan mashhur bo‘lgan buyuk olim
Abu Nasr Forobiy, - o‘z muvozanatini yo‘qotgan (odamlar) xulqini tartibga keltiradi,
mukammallikka yetmagan xulqni mukammal qiladi va muvozanatda bo‘lgan (odamlar) xulqning
muvozanatini saqlab turadi. Ilm tananing salomatligi uchun ham foydalidir. Chunki tana kasal
bo‘lsa, ruh ham so‘nadi, tana to‘siqqa uchrasa, ruh ham to‘siqqa uchraydi. Shuning uchun
ovozlarning ta‘siri bilan ruhni sog‘aytirish yordmida tana sog‘aytiriladi. (M.M.Xayrullayev.
Forobiy va uning faslafiy risolalari.
Toshkent, 1963, 235-bet).
Nafosat go‘zallikni his qilish, idrok qilish hamdir. Go‘zallik – qadim turkiy so‘z bo‘lib,
«go‘z» (ko‘z) va «ol» dan tuzilgandir, ya‘ni ko‘zi maftun etuvchi ma‘nosini bildiradi. Tilimizda
yana shu ma‘noga yaqin chiroyli so‘zi ham bor. Chiroyli narsani ko‘z bilan ko‘riladi. Go‘zallik
esa ham ko‘z bilan ko‘riladi, ham dil bilan his etiladi, ong biln idrok qilinadi. Bola o‘z hissiyot
va fikrlarini mustaqil ijod etish – rasm solish, ashula aytish, raqs tushishga imkon berish kerak.
(A.Ibrohimov. Vatan tuyg‘usi. 1996 yil, 123-bet).
Milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun iftixor
tuyg‘usining shakllanganligi, boy milliy, madaniy-tarixiy an‘analarga va xalqimizning
intellektual
merosiga hurmat;
A.P.Chexov «Insonda hamma narsa: chehra ham, kiyim ham, tafakkur ham ... go‘zal
bo‘lishi kerak. Ba‘zan men shu qadar yaxshi kiyingan go‘zal chehralarni uchratamanki,
hayratdan gangib qolaman, lekin ularning qalbi va tafakkurichi, yo rabbi! Ba‘zan ana shunday
go‘zallik bilan qora ko‘ngil niqoblangan bo‘ladiki, bu ko‘ngilni mutlaqo oqartirib bo‘lmaydi» va
yana «Jiddiy mehnatsiz go‘zallik yaratilmaydi», - degan fikrlarni bildirgan.
Bolalarda estetik his-tuyg‘ularni o‘stirish, estetik idrok, tushuncha, tasavvur, bilim,
ko‘nikma, odat va didni tarbiyalash maktabda estetik tarbiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Estetik bilim, ko‘nikma, malaka va odatlarni tarbiyalash barcha predmetlarni o‘rgatish
jarayonida amalga oshirib boriladi. Yoshlarni tabiatdagi, jamiyatdagi va kundalik turmushdagi
barcha faoliyatlarda go‘zallik qonuniyati asosida axloqiy sharqona xulq-atvorda tadbiq etish eng
muhim pedagogik masaladir.
Bolalarni tabiatdagi barcha go‘zalliklarni faqat hislar vositasida idrok qilishga o‘rgatish
bilan birga, ana shu go‘zalliklarni tartib-ozodalikni o‘zlarining hayotlarida qo‘llashga o‘rgatish
muhimdir. Demak, go‘zalliklarni his qilishgina emas, ularni o‘z tasavvurlarida ko‘paytirish,
to‘plash hamda takomillashtirib borish o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda amaliy ahamiyatga
ega. Estetik tarbiyada bolalarning boshqalar hatti-harakati, xulq-atvori va o‘zi faoliyatiga baho
berish qobiliyatini o‘stirish muhim rol o‘ynaydi.
Bolalarda estetik tafakkurni o‘stirish, butun borliqdagi go‘zal narsalar bilan xunuk
narsalar o‘rtasidagi, tashqi go‘zallik bilan ichki ma‘naviy go‘zallikni farqlay bilishga o‘rgatadi,
odatlantiradi. Shuning uchun yosh o‘quvchilarda o‘zlari hayotining hamma sohalarida estetik
qonuniyatlar,
qoidalar, talablar asosida tashkil etmoqlari talab etiladi.
Maktabda estetik tarbiya quyidagi tuzilishda amalga oshiriladi: estetik his-tuyg‘ular;
estetik idrok; estetik tasavvur, tushuncha, bilim; estetik ko‘nikma, malaka va odatlarni
tarbiyalash; estetik fikrlar va nihoyat estetik madaniyat tarbiyalash nazarda tutiladi.
Masalan: O‘quvchi hind kinofilmlarini ko‘rish orqali tabiat, kishilarning estetik
tushuncha, ko‘nikma, malaka va odatlarini ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri tomonlarini bevosita
ko‘radi va ularga baho beradi. O‘zlarida katta hissiy kechinmalarni boshdan kechiradilar.
Maktabda estetik tarbiya tizimi: oilada estetik tarbiya; dars jarayonida estetik tarbiya; sinf
va maktabdan tashqari ishlarda; tasviriy san‘at orqali; musiqa va ashula vositasida; turmush va
odob
estetikasi; kiyim-bosh estetikasi; xulq-atvor estetikasi kabilardan tashkil topadi.
Estetik tarbiya – voqyelikdagi, san‘atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat
munosabatlaridagi, go‘zallikni idrok etish va to‘g‘ri tushunish qobiliyatini tarbiyalash,
go‘zallikka muhabbat tuyg‘usini va go‘zallikni ijodiy ravishda hayotga kiritish qobiliyatini
tarbiyalashdir. Estetikaning ikki xil: estetik tarbiya va badiiy tarbiya tushunchalari mavjud.
Estetik tarbiya – bu ancha keng tushunchadir. Bu tushuncha mehnat va madaniy turmush,
kishilarning hatti-harakati va o‘zaro munosabati, tabiat vositasida tarbiyalanadigan go‘zallik
tuyg‘ularini o‘z ichiga oladi. Badiiy tarbiya – san‘at (adabiyot, musiqa, ashula, tasviriy san‘at)
vositasida tarbiyalashdir.
Badiiy adabiyot, teatr, musiqa, tasviriy san‘at, kino sohasida eng yaxshi asarlar o‘z
vositalari yordamida hayotni haqqoniy va yorqin aks ettirib, bu hayotga to‘g‘ri baho berib,
kishilarning ongi, tuyg‘usi va xayollariga ta‘sir qiladi, insonni hayot va mehnatning hamma
sohalarida yangilik, ilg‘orlik uchun kurashda faol qatnashishiga chorlab turadi.
Dostları ilə paylaş: