Turkistonda mashhur bo‘lmay, balki Markaziy Osiyo, Rossiya musulmonlari uchun ham
tabarruk edi.
O‘zbek xalqini ma‘rifatli qilishga intilgan Munavvar Qori 1918 yil may oyida Toshkent
shahrida «Turk o‘chog‘i» ilmiy – madaniy jamiyatini tuzadi.
1918 yil 9 aprelda Munavvar Qori uyida to‘plangan jadidlar Turkiston xalq
dorilfununining musulmon bo‘limini tashkil etish maqsadida 9 kishidan iborat tashkilot
komissiyasini tuzadi. Komissiyaga Munavvar Qori Rais qilib tayinlangan. Komissiya 22 kun
ichida musulmon bo‘limi dasturlarini tuzadilar. Dorilfununning musulmon va o‘ris bo‘limi 3
bosqichdan iborat bo‘lishi belgilanadi.
1918 yil 2 iyun kuni sobiq seminariya binosida dorilfununning o‘zbeklar uchun maxsus
o‘qituvchilar tayyorlovchi bo‘limi – «Dorilmuallimin» ochildi.
Munavvar Qori 1922 yildan Turkiston maorif noziri, keyin esa Toshkentning eski shahar
maorif xodimlari quriltoyida ishtirok etib, maktab bo‘limiga a‘zolikka saylandi. Do‘stlari va
shogirdi Qayum Ramozon va Shorasur Zunnun bilan xamkorlikda uch bo‘limdan iborat
«O‘zbekcha til saboqlari» kitobini (1925) nashr ettirdi. Munavvar Qori insonlarni faqat olijanob
fazilatlarga, yoshlarni halol mehnat qilishga, ilm-ma‘rifat va kasb-hunar o‘rganishga rostgo‘y
bo‘lishga chorladi. Ammo Munavvar Qori 1926 yili GPU tomonidan qamoqqa olinib, «Yovuz
niyatli jadid va turkparast», «millatchi», «xalq dushmani» sifatida 1931 yili otishga hukm qilindi.
Aslida Munavvar Qori o‘z xalqining xur, millat sifatida shakllangan, ijtimoiy-siyosiy
jihatdan barkamol bo‘lishini orzu qilgan va shu yo‘lda istiqlol uchun kurashgan ma‘rifatparvar
edi.
Dostları ilə paylaş: