Uzluksiz ta‘lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta‘lim standartlari asosida, turli
darajadagi ta‘lim dasturlarining izchilligi asosida ta‘minlanadi va quyidagi turlarini o‘z ichiga
oladi:
Maktabgacha ta‘lim;
Umumiy o‘rta ta‘lim;
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi;
Oliy ta‘lim;
Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim;
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
Maktabdan tashqari ta‘lim;
Biz faqat ta‘lim turlarinigina bilib qolmasdan, balki har bir turining mazmuni, maqsadi va
vazifalari haqida ilmiy pedagogik ma‘lumotga ega bo‘lishimiz darkor.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘qqiz
yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rtamaxsus, kasb-hunar ta‘limini joriy etishdan iboratdir.
Bu esa, umumiy o‘rta ta‘lim dasturidan o‘rta maxsus, kasb-hunar dasturlariga izchil o‘tilishini
ta‘minlaydi. Umumiy ta‘lim dasturlari: maktabgacha ta‘lim, boshlang‘ich ta‘lim (I-IVsinflar),
umumiy o‘rta ta‘lim (I-IX sinflar), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini qamrab oladi.
Kasb-hunar ta‘limi dasturlari o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi, oliy (bakalavriant,
magistratura) ta‘lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘limni kadrlar malakasini oshirish va ularni
qayta tayyorlashni qamrab oladi.