Bu axloqiy e‘tiqod o‘qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarda, o‘quvchilar
va boshqalar bilan
munosabatlarda, muomilasida, kundalik turmushda o‘zining shaxsiy namunasi
bilan axloqiy (barcha tarkiblar bo‘yicha) ta‘sir o‘tkazish ko‘zga tashlanadi.
Axloq nazariyasida yaxshilik eng muhim kategoriya hisoblanadi.Unda o‘qituvchi va
o‘quvchilar jamoasi
manfaatlarining birligi, muallim va o‘quvchi maqsadining birligi aks etadi.
Yaxshilik fazilati ikkala tomonning ham yaxshi niyatli, xayrihoh, mehribon bo‘lishini
taqozo qiladi.
Shaxs axloqini xarakterlaydigan belgilaridan biri mas’uliyatdir. Uning mas’uliyati -
mas’uliyat tushunchasining butun mazmunini saqlagan holda muallimning faoliyati va ta’lim-
tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o’z ichiga oladi. O’qituvchi zimmasiga bola shaxsini
har tomonlama kamol toptirish mas’uliyati yuklanadi.
Muallim sinfda jamiyatning vakili sifatida o‘quvchilar jamoasi bilan yolg‘iz o‘zi ish olib
boradi.
Pedagogik odobga ega bo’lgan o’qituvchi, o’quvchilar orasida obro’ qozonadi. U
qanchalik ko’p obro’ qozonsa, ta’lim-tarbiya mohiyatan shunchalik, samarali ta’sir ko’rsatadi.
Xullas obro’ o’qituvchilik faoliyati uchun zarur xususiyatdir. Obro’ uning chuqur bilimi,
yuksak axloqiy sifatlari, hayot tajribasi, ilmiy tadqiqot va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi
tufayli
orttirilgan, ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan ta’siri, nufuzidir.
V.A.Suxomlinskiy “...faqat insonparvarlik, erkalatish, mehribonlik orqaligina...
haqiqiy
insonni tarbiyalash mumkinligiga ishonchim komil”, - degan.
Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijobiy xarakterga ega. Ma‘lumki, inson oldida
bular muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug‘iladi.
Pedagogik ijodkorlik manbai - bu pedagogik tajriba va izlanuvchanlikdir. U muammoli
vaziyatlarga boydir. Ilg‘or pedagogik tajriba deganda biz o‘qituvchining o‘z pedagogik
vazifasiga ijobiy yondashishni, o‘quvchilarning ta‘lim-tarbiyasida yangi, samarali yo‘l va
vositalarni qidirib topishni tushunamiz. Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish, unga asoslanib
yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni ochish o‘quv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli
o‘zgarishlar kiritadi.
Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o‘qituvchining ijodkor bo‘lishini, fanning
muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olish, fan yutuqlarini o‘quvchilarga yetkaza
olishi va nihoyat o‘quvchilarni ham ijobiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o‘rgata olishini talab
qiladi.
Kasb madaniyatining eng zarur sifatlari:
xushmuomilalik, e’tiborli bo’lish, mehribonlik, o’z-o’ziga talabchanlik, donolik,
insonparvarlik, mehnatsevarlik, o’z kasbi va burchiga sadoqat, ziyolilik, munozaraga kirisha
olish, mulohazali bo’lish, baynalminallik, tejamkorlik, yaxshi va yomonni tez farqlash, go’zallik va
xunuklikni ajrata olish, mustaqillik, o’zgalarga g’amxo’rlik qila olish, birovlarni tinglash, fikrini
bo’lmaslik, iboli, iymonli bo’lish, to’g’ri, pok, tashqi va ichki go’zallik, bilimdonlik va hokazo.
Dostları ilə paylaş: