6. Darslikning tashqi ko‘rinishi, bezagi o‘sha sinf o‘quvchilari estetik didlariga mos kelishi
lozim.
Darsliklar bilan bir qatorda maktab ta‘limi jarayonida o‘quvchilar o‘quv materiali ustida
tizimli,uzluksiz, maqsadli ishlashlari hamda o‘zlarida ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishda quyidagi kitob va qo‘llanmalardan ham foydalanadi. Bular: badiiy, ilmiy,
ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy - ommabop adabiyotlar, lug‘atlar, atlaslar va kartalar,
masala va mashqlar to‘plami xrestomatiyalar, kundalik axborot, ensinlopediya, kinofilmlar
hamda internet axborotlari va h.k.
Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar
Maxsus ravshanda o‘quvchilar uchun yozilgan kitob darslik deb ataladi. Unda o‘quv
dasturining hamma materiali batafsil va izchillik bilan ochib beriladi.
Boshqa kitoblarga qaraganda darslikka oshirilgan talabalar qo‘yiladi. Darslikdagi fikrlar
lo‘nda qilib ifodalanishi, material esa tushunish uchun oson shaklda bayon qilinishi kerak.
Darslik har doim yaxshi qog‘ozda bosiladi, uning shrifti yetarlicha katta, bosmasi aniq bo‘lishi
lozim. Quyi sinflarga mo‘ljallangan darsliklarda rangli illyutrasiyalardan foydalaniladi. Eslab
qolishi talab etiladigan asosiy o‘rinlar va qoidalar qalin shrift bilan ajratiladi yoki ramka ichiga
olinadi. Har bir mavzu va bobning oxirida takrorlash uchun savollari beriladi.
Darsliklar o‘quv materialini tezroq, to‘laroq va chuqurroq egallab olishga yordam beruvchi
o‘quv qo‘llanmalari bilan to‘ldiriladi.
Yo‘nalishi va hal qilinadigan vazifalarga ko‘ra o‘quv qo‘llanmalarni quyidagilarga bo‘lish
mumkin.
- o‘quv materialini chuqurlashtiruvchi va uning eslab qolishiga yordam beruvchi
qo‘llanmalar (xrestomatiyalar, mashqlar to‘plami, ma‘lum predmet bo‘yicha o‘qish kitobi,
kontur kartalar);
- o‘rganilgan masalalarni illyustrasiyalovchi va bu bilan ancha aniq tasavvur hosil qilishga
yordam beruvchi qo‘llanmalar: (mulyajlar, rasmlar,
plakatlar, diogrammalar, atlaslar),
- ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga yordam beruvchi ko‘lanmalar (Bosma asosdagi
daftarlar, topshiriqlar kartochkasi);
- ma‘noni tushunishni yengillashtiruvchi qo‘llanmalar (lug‘atlar);
- ko‘p maqsadda ishlatuvchi qo‘llanmalar:
kinofilmlar, ensiklopediyalar va h.k.
Hozirgi davrda umumiy o’rta ta’lim, akademik lisey, kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun
darsliklar tayyorlashda anchagina muammolar mavjud. Bu muammolar O’zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»
hamda
uzluksiz ta’lim dasturi mazmuni tizimi uchun o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish
konsepsiyasi talablaridan kelib chiqib hal etishni taqozo etadi. Davlat ta’lim standartlari
asosida ilmiy, o’quv
darsliklar, o’quv qo’llanmalar hamda zamonaviy elektron darsliklar,
masofaviy o’qitish, internet tizimi bilan bog’liq axborot texnologiyalarini yaratish, tayyorlash
kabi pedagogik muammolar amalga oshirilishi darkor. Darsliklar yaratishda mualliflararo
raqobat sog’lom muhitni yuzaga keltirish ularning sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Ta’limning o’quv moddiy, nashriyot bazasini rivojlantirishda muammolar hal etilsa,
darsliklarning barqaror tizimi yaratiladi. Oqibatda barcha tipdagi ta’lim muassasalarida ta’lim
oluvchilarning bilim darajalarini takomillashtirib borishga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: