Ta‘lim jarayonida o‘quvchilar bilimlar tizimini egallabgina qolmaydilar, balki bir qancha
ko‘nikma va malakalarni hosil qiladilar. (Davidov V.V)
Ko‘nikma – maktab o‘quvchilarining olgan bilimlariga asoslanib, quyidagi vazifalarni va
shartlarga binoan, bajariladigan harakatlarning yig‘indisidir. Ko‘nikmalar:
1.
O‘quv ko‘nikmalari
2.
Nutqiy faoliyatga oid ko‘nikmalar
3.
Badiiy faoliyatga oid ko‘nikmalar
4.
Muomila va o‘zini tutish ko‘nikmalari
5.
Mehnat ko‘nikmalari
6.
Kasbga oid ko‘nikmalarga bo‘linadi.
Malaka – ongli, xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Yoki malaka –
faoliyat jarayonida uning biror bir elementini (ongning eng kam nazorati ostida) bajarish
qobiliyatidir. Ko‘nikma, malakalar maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida shakllanadi.
Ta‘lim jarayonida bilimlar, ko‘nikma va malakalar bog‘lansada,avvalgiday bilimlar
yetakchi rol uynayveradi. Chunki o‘quvchilar bilimlar asosidagina ko‘nikma va malakalarining
ma‘lum darajasini egallaydilar.
Inson
ishi bilim bilan boshlansa,
Nainki ish qilsa tilakka yetadi
degan Yu.X.Xojib
Muqaddas ―Avesto‖ da: odamlarga va ularning avlodlariga baxt-saodat keltiradigan
ta‘limni amalga oshirsinlar deb ta‘kidlangan. Demak jamiyatni yosh avlodga ta‘lim berish
ilgaridan hal qiluvchi omil hisoblangan.
―Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas fazilatdir‖. Ilmsiz inson mevasiz daraxt
kabidir deb ta‘kidlaydi A.Avloniy. ―Beshikdan qabrgacha ilm izla‖, ―Yoshlikda olingan bilim
toshga o‘yilgan naqsh kabidir‖ deyilgan hadislarda. Ilmni avval o‘rganib, so‘ng boshqalarga
o‘rgatmaslik go‘yoki molu dunyoni yig‘ib,
uni sarf qilmay, ko‘mib qo‘yish bilan barobardir.
Ta‘lim – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o‘tkaziladigan, o‘quvchilarni bilim,
ko‘nikma, malakalar bilan qurollantiriladigan, shuning bilan ularning bilish qobiliyatlarini
o‘stiradigan, dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. Tarbiya esa bola tug‘ilgan vaqtdan
boshlanib, maktabni bitirgandan keyin ham davom etadigan adabiy jarayondir. Tarbiya deganda
olingan bilimlar, hayotiy tajribalar asosida kishida dunyoqarash va shu asosda xulq-atvorning
tarkib topishiga tushuniladi.
Ma‘lumot – ta‘lim-tarbiya natijasida olingan va sistemalashtirilgan bilim, hosil qilingan
ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarashlar majmui.
Shunday qilib, inson haqidagi fanlar tizimida pedagogikaning tutgan o‘rni shu bilan
belgilanadiki, u shaxsni rivojlantirish, shakllantirish, tarbiyalash, ma‘lumotli qilish va o‘qitish
qonuniyatlarini tadbiq qiladigan fan deb ta‘riflash to‘g‘ri bo‘ladi.
Pedagogika fanidagi asosiy tushunchalar, ularda aks etadigan hodisalar kabi, bir-biridan
ajralmasdir, ular bir-biri bilan chirmashib ketgan, qisman bir-biriga mos keladi hamda yagona va
bir butun pedagogik jarayonda o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Har qanday fanning ajralib turishi va
normal faoliyat ko‘rsatishi uchun uning o‘zida xususiy tushunishi apparati mavjudligi, muqarrar
shart bo‘lib hisoblanadi. Tarbiya, ta‘lim va o‘qitish fani sifatidagi pedagogikaning asosiy
tushunchalaridir. Tarbiya ijtimoiy munosabatning shunday bir turiki, unda shaxsni yo‘naltirilgan
holda shakllantirish maqsadida bir xil toifadagi boshqa birovlarga ta‘sir o‘tkazadi.
Pedagogika – tarbiya nazariyasi va san‘ati haqidagi fan. Yangi kishining dunyoga kelishi
faqat tug‘ilishdan iborat. Jismoniy hodisa emas. Bola tug‘ilgandan keyin o‘z zamonasining
ijtimoiy taraqqiyot darajasiga ko‘tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, ijtimoiy
munosabatlar tizimida o‘z o‘rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonning faol ishtirokchisiga
aylanishi, ya‘ni tarbiya olishi kerak. Demak, tarbiya hamma vaqt mavjud bo‘lgan jamiyatning
(hayotning) doimiy va eng zarur funksiyasidir. U qiyin va murakkab maqsadga faqat tarbiya
bilangina erishish mumkin. Mazkur muammoni ilmiy hal qilish uchun shu davrgacha yashab ijod
etgan buyuk pelagoglarning shu sohadagi ilmiy merosiga tayanishimiz shart. Tarbiyaning
jamiyat va har bir inson hayotidagi ijtimoiy ahamiyati haqida buyuk o‘zbek pedagogi A.Avloniy
―Al-hosil, tarbiya bizlar uchun – yo hayot, - yo mamot, - yo najot, - yo halokat, - yo saodat, - yo
falokat masalasidir‖ tarzida ta‘riflangan. Demak, tarbiya biz uchun hamma narsaga erishishini
ta‘minlovchi qudratli kuch ekan. Bunda tarbiyachining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi hal
qiluvchini anglash darkor. ―Tarbiya ishida o‘z-o‘zini takomillashtirish jarayoniga katta o‘rin
berilmog‘i lozim. Insoniyat faqat mustaqil o‘rganish tufayligina taraqqiy etgan‖ – degan
G.Spenser. ―Tarbiya avvalo o‘qituvchi bilan bolalarning doimiy ma‘naviy munosabatidir‖ –
degan Suxomlinskiy.
Qadimgi sharq maqollaridan birida shunday deyilgan: ―Agar o‘zingni bir yilga
ta‘minlamoqchi bo‘lsang sholi ek, o‘n yilga ta‘minlamoqchi bo‘lsang daraxt ek, yuz yilga
ta‘minlamoqchi bo‘lsang odam tarbiyala‖
Mashhur pedagog K.D.Ushinskiy ―Tarbiya san‘ati shunday xususiyatga egaki, deyarli
barchaga tanish va tushunarli, ba‘zilarga esa juda oson ish bo‘lib tuyuladi – odam bu ish bilan
nazariy va amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo‘lsa, unga bu shunchalik tushunarli va oson
bo‘lib ko‘rinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr-toqatni talab etishni e‘tirof qilishadi, ayrimlar
buning uchun tug‘ma qobiliyat va malaka ya‘ni ko‘nikma kerak deb uylaydilar: lekin juda kam
odam sabr-toqat tug‘ma qobiliyat va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida
ishonch hosil qilishadi‖ – deb juda o‘rinli ta‘rif bergan edi. Haqiqatan ham tarbiya jarayoni sabr-
toqat, ba‘zilar tug‘ma qobiliyat, ko‘nikma va malakadan tashqari maxsus bilimlar kerakligini
ko‘pchilik bilishmaydi. Buning uchun oliygohda ana shu maxsus bilimlarni egalash nihoyatda
muhimdir. ―Insoni inson qilib yetishtiruvchi narsa tarbiyadir‖ – degan Demokrit.
Tarbiya shaxsni shakllantirish omillaridan biridir. U shundan iboratki, kishilar turli
vositalar bilan ma‘lum bir maqsadga o‘z tarbiyalanuvchilarida ma‘lum holatni hosil qilish va
rivojlantirishni hoxlaydi. Tarbiya shaxsni shakllantirishning boshqa omillaridan sifat jihatdan
shu bilan farq qiladiki, tarbiyachi o‘z oldiga ongli suratda ma‘lum bir maqsad qo‘yadi va shu
maqsadiga erishishi uchun intilib, uni amalga oshirish vositalarini topadi. Shunday qilib, tarbiya
shaxsning muayyan yo‘nalishida shakllantirish maqsadi bilan turli odamlar bir-biriga ta‘sir
ko‘rsatadigan ijtimoiy munosabatlardir.
Tarbiyaning negizini tashkil etadigan qonuniyatlarni bilish bugungi kunda odamlar bilan
(yashaydigan) ishlaydigan har qanday mutaxassisning ishchanlik malakasini bildiradigan
belgilaridan bo‘lib qolmoqda.
Tarbiya hamma narsa tarbiyachining shaxsiga asoslanishi kerak. ―Shaxsning rivojlanishi
va shakllanishiga faqat shaxs ta‘sir ko‘rsata oladi, xarakterni faqat xarakter vositasi bilan
vujudga keltirish mumkin‖ – degan edi Ushinskiy. Haqiqatni ham odam odamga qo‘ygan
maqsad asosida o‘quvchilarga, yoshlarga o‘z xarakteri bilan, xarakterni shakllantiradi.
Yuqorida asoslangan pedagogika fanining asosiy kategoriyalari o‘zaro uzviy bog‘liq
holda olib borilib barkamol insoni shakllantiriradi. Demak, tarbiya jarayoni umuminsoniy miliy
va har bir shaxsnining o‘ziga xos qobiliyatlarini rivojlantiruvchi ijtimoyi jarayonlardir deb
xulosa chiqarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: