kuzatish yuzasidan olib boriladigan mustaqil ishlardir. Shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, ba‘zan uy
vazifalarini topshirishda qo‘pol holatlarga yo‘l qo‘yiladi. Uy vazifalarining muvaffaqiyatli
bajarilishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining puxta o‘qtirishiga bog‘liq. Uy vazifalarini dars oxirida
shoshma-shosharlik bilan topshirish yaramaydi.
Maktabda o‘quvchilarning mehnatdan, biologiyadan, jismoniy tarbiya fanlaridan
mashg‘ulotlar o‘quv ustaxonalarida, yer uchastkasida, sport maydonchalarida tashkil etiladi. Bu
mashg‘ulotlarni o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilarni olgan nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llash
ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. Bunday mashg‘ulotlar o‘ziga xos xususiyatlardan kelib
chiqib tashkil etiladi va ma‘lum pedagog talablar asosida o‘tkaziladi.
Maktabda o‘quvchilarni hayotga tayyorlashda va bilish qobiliyatlarini rivojlantirishda
sinfdan tashqari o‘qishini tashkil etish muhim rol o‘ynaydi. Sinfdan tashqari o‘qish barcha fan
o‘qituvchilari va kutubxonachilar tomonidan tashkil etmoqlari zarur. Unda ko‘zda tutilgan
maqsad dasturda ko‘zda tutilmagan keng hajmdagi qo‘shimcha materiallar o‘quvchilarning
o‘zlashtirishi uchun tavsiya etiladi. Darsdan tashqari munozaralar, konferensiyalar uyushtirilishi
ham mumkin. Eng asosiy o‘quvchilarning qiziqqan sohalari bo‘yicha bilishini rivojlantirish,
o‘qishga ishtiyoqini tarbiyalash, kitob bilan ishlashga o‘rgatishdan iborat. ―Odamlar o‘qishdan
to‘xtashlari bilan fikrlashdan ham to‘xtaydilar‖, - degan Dini Didro. Ta‘limni yodga qo‘yishning
dars, laboratoriya, ekskursiya, amaliy mashg‘ulot, kollekvium, uy vazifalari, qo‘shimcha
konsultasiya,
nazorat ishlar, topshiriq va hokazo shakllari mavjud.
Ekskursiyani tashkil qilish ta‘limning boshqa shakllaridan tubdan farq qiladi. Ekskursiya
4 yo‘nalishda uyushtiriladi:
1. Tabiatni kuzatish va o‘rganish maqsadida olib boriladigan ekskursiyalar.
2. Sanoat va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga oid ekskursiyalar.
3. Ijtimoiy va maishiy mazmundagi materiallar bilan tanishtirishga oid ekskursiyalar.
4. San‘at va adabiyot materiallari bilan tanishtirishga qaratilgan ekskursiyalar.
Ekskursiyaning muvaffaqiyatli chiqishi uni o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlikka
bog‘liq. Ekskursiya o‘quvchilarni reja bilan tanishtirish hamda obyekt ustida qisqacha ma‘lumot
berish bilan boshlanadi. Ekskursiya quyidagi tuzilishda olib boriladi.
1. Ekskursiya haqida ekskursiyavodning dastlabki kirish suhbati.
2. Marshrut bo‘yicha obyektni kuzatish.
3. Ekskursiyalar davomida kerakli materiallarni to‘plash.
4. Ekskursiyani yakunlash.
Dostları ilə paylaş: